O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIMI VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI 20.69 – guruh talabasi Anvarjonova Niginabonuning “Botanika” fanidan “Ochiq urug'lilar bo'limi” mavzusidagi
KURS ISHI
Kurs ishi rahbari: Akbarova M.
Farg’ona-2021
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………..……3
I BOB. Ochiq urug’lilar va ularning umumiy tasnifi …………………………7 1.1. Ochiq urug’lilar va ularning umumiy tasnifi…………………………….........7
1.2. Ochiq urug’lilar klassifikatsiyasi…………..…………………………...…..12
II BOB. Ochiq urug’lilarning ekologik ahamiyati va rivojlanishi….……..…18 2.1. Ochiq urug’lilarning ekologik ahamiyati................……………….…….......18
2.2. Ko’payishi va rivojlanishi.............................………..……………………....24
Xulosa…………………………………………..…………………...…..…........31
Foydalanilgan adabiyotlar…………………..……………………….......….....33
KIRISH Hozirgi kunda planetamizda 1 mln. ga yaqin hayvon va 500 mingga yaqin turli o‘simliklar borligi aniqlangan. Yer sharini umumiy maydoni 510 mln km2 bo‘lib, shundan 149 mln km2 ni quruqlik va 361 mln km2 ni okean va dengizlar tashkil yetadi. Ana shu quruqlikda va suvda o‘suvchi o‘simliklarni tuzilishini, ularni tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarini, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida bo‘ladigan hayotiy jarayonlar jumladan oziqlanish, nafas olish, ko‘payish, transpirastiya, fotosintez va hokozolarni. Ularning kelib chiqishini, yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini hamda o‘simliklar dunyosini ularning yaqin va uzoq belgilariga asoslanib ma’lum bir sistemaga (filogenetik sistema) solishni va nihoyat o‘simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish yo‘llarini botanika fani o‘rgatadi.
Hozirda botanika fanining oldida turgan muhim vazifalardan biri tabiiy sharoitda uchraydigan o‘simlik guruhlarini; cho‘l dasht, o‘rmon, o‘tloq va shu kabilar bo‘yicha o‘rganib, ulardan xalq xo‘jaligida ongli ravishda foydalanishdan iboratdir. 2. Yer yuzidagi o‘simliklar oziqlanish xususiyatlariga ko‘ra 2 guruhga: avtotrof va geterotroflarga bo‘linadi. Avtotroflar -xlorofill donachalariga ega bo‘lgan yashil o‘simliklar avtotrof o‘simliklar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi o‘simliklar oziqlanishi uchun kerakli organik moddalarni o‘zlari tayyorlaydi. Avtotroflar ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: yashil avtotroflar; xlorofilsiz avtotroflar. Yashil avtotroflarga quruqlikda, dengiz, okeanlarda hamda chuchuk suvlarda yashovchi barcha yashil o‘simliklar kiradi. Xlorofilsiz avtotroflarga kichik xlorofilsiz o‘simliklar kiradi. Ular oltingugurt, temir bakteriyalar hamda erkin azotni o‘zlashtiruvchi azot to‘plovchi bakteriyalar bo‘lib, o‘zlari uchun kerakli organik moddalarni sintez qiladi. Ammo bu jarayonda quyosh nuridan emas, balki oksidlanish natijasida ajralib chiqadigan kimiyoviy energiyadan foydalaniladi. Shuning uchun bunday usulda organik moddalarni hosil bo‘lishini xemosintez deyiladi S.V. Vinogradskiy (1856- 1953). Geterotroflar - bular tayyor organik moddalar hisobiga yashaydigan organizmlardir. Geterotroflarning bir qismi tirik organizm hisobiga oziqlanadi va ular parazitlar deyiladi. Masalan: inson, hayvon va o‘simliklar organizmlarida yashaydigan bakteriyalar va zamburug‘lar. Geterotroflarning yana bir qismi saporfitlar deyiladi. Ular o‘simlik va hayvon qoldiqlari yoki chirindilar hisobiga hayot kechiradi. Masalan: bakteriyalar va zamburug‘lar. Saprofitlar tabiatda va kishilar hayotida muhim ahamiyatga ega, chunki ular ishtirokida oqsilli organik moddalarni chirishi, ya’ni parchalanib mineral moddalarga aylanishi, sut kislotali, yog‘ kislotali achish va spirtli bijg‘ish jarayonlari bo‘lib turadi. Saprofitlarning bunday xususiyatlaridan yog‘i olingan qatiq, pishloq, sariyog‘, terilarni oshlashda, silos, non, vino, pivo tayyorlashda keng foydalaniladi. Aftotrof o‘simliklar anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qilsalar, geterotrof o‘simliklar esa uning aksini, ya’ni avtotrof o‘simliklar tomonidan tayyorlangan organik moddalarni parchalab mineral moddalarga aylantiradi. Ana shu ikki guruh o‘simliklar ishtirokida tabiatda biologik modda almashinish jarayoni bo‘lib turadi. 3. Botanika fani va uning asosiy bo‘limlari. Botanika fani bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. 1. O‘simliklar morfologiyasi. 6. Ekologiya. 2. O‘simliklar anatomiyasi. 7.O‘simliklar sistematikasi. 3. O‘simliklar fiziologiyasi. 8. O‘simliklar geografi- 5 yasi. 4.Biokimiyoviy. 9.Fitosenologiya. 5. Embriologiya. 10.Paleobotanika. Bulardan tashqari o‘simliklarni kompleks o‘rganadigan yana bir qancha xususiy bo‘limlar ham bor. Masalan: bakteriyalarni o‘rganadigan bakteriologiya, suv o‘tlari bilan shug‘ullanadigan algologiya, zamburug‘lar haqidagi mikologiya. Daraxt va butalarni o‘rganadigan dendrologiya shular jumlasidandir. O‘simliklar insonlar hayotida muhim rol o‘ynaydi. Yashil o‘simliklar barcha tirik organizmlarni kislorod bilan ta’minlaydi. Ular anorganik moddalarni organik moddalarga aylantiradi. O‘simliklar va hayvonlar o‘rtasidagi asosiy farq ularning oziqlanishidadir. Ma’lumki, hayvonlar (geterotrof o‘simliklar singari) tayyor organik modda hisobiga oziqlanadi. O‘simliklar esa yuqorida aytilganidek fotosintez jarayonida organik moddalar hosil qiladi. Deyarli hamma o‘simliklar ko‘payishida sporalar hosil qiladi. Hayvonlarda esa bu xususiyat juda kamdan- kam uchraydi. Tuban o‘simliklarni hayvonlardan keskin ajratuvchi boshqa belgilari deyarli yo‘q. Ayniqsa, dastlabki paydo bo‘lgan tuban o‘simliklarni hayvonlardan ajratish ancha mushkul. 4. O‘simliklarning sezuvchanligi. Ayrim o‘simliklarda sezish xususiyatlari juda ham yuqori bo‘ladi. Masalan: mimoza o‘simligida, hashoratxo‘r o‘simliklardan muxolovkada (Dionaea), rosyanka (Drosera), nepentesda (Wepenthes), puzirchatkada (utriculata). Mimoza o‘simligining yashnab turgan bargiga tegishingiz bilan barglari shalpayadi va butun o‘simlik so‘ligan ko‘rinishga ega bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tgach barglar yana o‘z holiga qaytadi. MDHning Yevropa qismidagi botqoqliklarda o‘sadigan rosyanka o‘simligi kichik bo‘lib, balandligi 10 -15 santimetrga yyetadi. Uning ildiz bo‘g‘izidagi barglar to‘dasida mayda suyuqlik chiqaruvchi tuklar joylashgan. Hashoratlar bargga qo‘nishi bilan ularni o‘rab oladi. Tuklar chiqargan suyuqlik tarkibidagi pepsin fermenti yordamida “asir” nobud bo‘ladi. Undagi moddalar parchalanib hazm bo‘lib kyetadi. Кeyin tuklar yana qayta ochilib navbatdagi o‘ljani ovlashga tayyorgarlik ko‘radi. Кalkuttalik hind olimi Boz o‘simliklar odamlarning eng sezuvchi organlari- til va ko‘ziga qaraganda ham o‘ta sezuvchan ekanligini aniqlay oldi. Lekin bu sezuvchanlik hamma vaqt ham hayvonlardagidek ko‘zga tashlanmaydi. O‘simliklarda sezuvchanlik sitoplazma orqali bir hujayradan ikkinchi hujayraga zudlik bilan o‘tadi. Mimozada bu tezlik sekundiga 20 mm tashkil qiladi. O‘simliklarda harakatdan tashqari hayvonlar arteriyasidagi pulsga o‘xshash avtomatik puls mavjudligini ham Boz aniqladi. U (desmodium gurans) o‘simliklardagi hatti- harakatni tekshirib shunday xulosaga keldi: o‘simlikning murakkab bargidagi bargchalar doimo harakatda ekan, ana shu harakat maxsus asboblar orqali yozib olinganda u insonning yurak urishiga o‘xshashligi ma’lum bo‘ladi. Yashil o‘simliklardagi xloroplastlar tuzilishiga ko‘ra hayvonlar qonidagi eritrosidlarga o‘xshash bo‘lar ekan. Kimiyoviyviy tarkibi jihatidan xlorofill gemoglobinga juda yaqin turadi. Azot to‘plovchi bakteriyalar bilan simbioz hayot kechiradigan ba’zi o‘simliklarninig tuganagida gemoglobin sintezi vujudga kelishi aniqlangan. O‘simliklarda zahira oziq modda sifatida to‘planadigan kraxmal, hayvonlardagi glikogen moddasiga juda yaqin turadi. Bakteriya va zamburug‘ hujayralarida zahira moddalar kraxmal emas, balki glikogen sifatida to‘planadi. Odatda o‘simliklar hujayrasi qattiq hujayra po‘sti bilan o‘ralgan bo‘ladi. Lekin o‘simliklar orasida shunday hujayralar, ba’zan butun organizmlar borki, ularda hujayra po‘sti yo‘q. Bularga suv o‘tlarning zoosporalari, shilimshiqlar va o‘simliklarning jinsiy hujayralari (gametalar) kiradi. Zamburug‘larning hujayra po‘sti tarkibida hayvonlar hujayrasida uchraydigan xitin moddasiga o‘xshash moddalar bo‘lsa, ba’zi bir hayvonlar hujayrasida (assidiy) kletchatka (o‘simliklar hujayrasida bo‘ladigan) uchraydi. O‘simliklar ham hayvonlar ham metobolizm (modda almashinish) natijasida uglevodlar, oqsillar va yoglardan ajralib chiqqan energiyadan foydalanadilar. Ana shu modda almashinish jarayonini o‘simlik va hayvonlarda fermentlar, gormonlar va vitaminlar tartibga solib turadi. Jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi, ularning hatti- harakati hayvonlar va o‘simliklarda deyarli bir xil, ularni hujayralarini fizikaviy va kimiyoviy tuzilishlari ham o‘xshashdir.
Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar pirovard natijada jahon talablari darajasidagi bilim va ko'nikmalarga ega raqobatbardosh kadrlami tayyorlashni ko'zda tutadi. Bu vazifalami amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlari, o'quv rejalari, hamda dasturlari boy dunyoqarashga, yuqori ilmiy saviyaga ega bo'lgan mutaxassislami shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Yer shari qobig’ining biologik tarkibiy qismlarini o'rganuvchi Botanika asoslari kursi fan bo’yicha yetuk mutahassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.