Tabiiy resurslardan foydalanishda kutiladigan muammolar va ularning yechimlari. Tabiiy resurslar turlari va ulardan foydalanish


Tugamaydigan resurslar. Bularga asosan quyidagilar kiradi



Yüklə 42,61 Kb.
səhifə2/8
tarix27.03.2023
ölçüsü42,61 Kb.
#90525
1   2   3   4   5   6   7   8
Mo‘sinjonov Oyatillo SHuxratjon o‘g‘li

Tugamaydigan resurslar. Bularga asosan quyidagilar kiradi:

  1. Suv resurslari;

  2. Iqlim resurslari;

  3. Kosmik resurslari.


Suv resurslari. Suv yer yuzida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. Suv manbalari hajmi, hosil bo’lishi va joylashish o’rniga qarab mahalliy, regional va global suv resurslariga bo’linadi.

Suvsiz inson hayotining tasavvur qilib bo’lmaydi. Suv o’simliklar, hayvonlar va odamlar uchun hayot hamda asosiy ozuqa manbai hisoblanadi. Suvning eng yaxshi tomoni shundaki, undan qaysi maqsadda va qaerda foydalanilmasin, u yo’q bo’lib ketmaydi. Faqat bir holatdan boshqa holatga o’tishi, bir jism tarkibidan boshqa jism tarkibiga o’tishi mumkin. Shu sababdan ham suv tugamaydigan, qayta tiklanadigan tabiiy resurs hisoblanadi.
Suv qayta tiklanish uchun:
1. Daryolar, yer osti suvlari, muzliklar zapasi asrlar davomida o’zgarmasligi;
2. Insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiiy suvlarning ifloslanish darajasi ularning sifat jihatidan o’z-o’zini tiklash imkoniyatidan katta bo’lmasligi lozim.
Inson faoliyati ta’sirida Yer sharining ayrim joylarida suv miqdori ancha o’zgarishi va ifloslanib yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Amaliy jihatdan olganda faqat okean suvlarigina tugamaydi. Ammo, okean suvlari ham neftь hamda turli chiqindilar ta’sirida o’zining suvlari ham neftь hamda turli chiqindilar ta’sirida o’zining tabiiy xususiyatini yo’qotadi. Bu hol esa hayvonlar va o’simliklar hayotini xavf ostida qoldiradi. Chuchuk (toza) suv miqdori yer sharida nihoyatda ko’p. Ammo Yer sharining ko’pgina joylarida uning miqdori kamaygan. Bu joylarda ekin maydonlarini sug’orish, kommunal ehtiyojlar sanoat xom ashyolari, ichish uchun toza suv yetishmaslik hollari sezilmoqda. Joylarda toza suvlarning kamayishiga sabab faqat unga bo’lgan talabning oshganligi bo’lmasdan, suv keladigan daryolarning, ko’llarning o’rmonlar kesilishi natijasida qurib qolishi va inson faoliyati natijasida suvning ifloslanishi kabi hollar ham sababchidir. Toza suv masalasi yildan-yilga eng muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Ifloslangan suv ichish uchun yaroqsiz bo’lib, u hatto tirik organizmlar uchun xavfli bo’lib qoladi. SHu sababdan undan ratsional foydalanish, uning tozaligini saqlash va muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Yüklə 42,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin