Tabiiy resurslardan foydalanishda kutiladigan muammolar va ularning yechimlari. Tabiiy resurslar turlari va ulardan foydalanish



Yüklə 42,61 Kb.
səhifə1/8
tarix27.03.2023
ölçüsü42,61 Kb.
#90525
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mo‘sinjonov Oyatillo SHuxratjon o‘g‘li


MAVZU: RESURSLARNING TURLARI VA ULARNING IFLOSLANISHI.

REJA:

  1. TABIIY RESURSLAR TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH.

  2. TABIIY RESURSLARNI O’RGANISHDA VA ULARDAN FOYDALANISHDA FANNING ROLI.

  3. TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHDA KUTILADIGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI.

TABIIY RESURSLAR TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH.


Tabiiy jismlar va energiya turlariga resurs (manba) lar deyiladi. Resurs so’zi fransuzcha bo’lib “Yashash vositasi” degan ma’noni anglatadi. Tabiiy resurslar insonlarning yashashi uchun zarur bo’lgan asosiy manbadir.
Tabiiy resurslarga: havo, suv, tuproq, turli xil rudalar, yoqilg’i va energiya manbalari ko’mir, neftь, gaz, turli xil yog’ochlar hamda yovvoi o’simliklar va hayvonlar kiradi. Bularning hammasi yer planetasida mavjud bo’lgan tabiiy resurslardir. Bundan tashqari kosmik resurslar ham mavjud. Kosmik resurslarga quyoshdan kelayotgan nur, meteoritlar va boshqalar kiradi.
Tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va uni muhofaza qilishni to’g’ri tushuntirish uchun ularni turlarga bo’lib o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy resurslar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Qazilma boyliklar;

  2. Iqlim resurslari;

  3. Suv va havo resurslari;

  4. Tuproq resurslari;

  5. O’simlik resurslari;

  6. Fauna (biror joy mamlakat yoki geologik davrga oid bo’lgan hamma hayvonlar) resurslari;

  7. Atom resurslari;

  8. Biosfera resurslari;

  9. Kosmik resurslar;

Foydalanish darajasiga qarab tabiiy resurslar:
a) tugaydigan
b) tugamaydiganlarga bo’linadi.
Tugaydigan resurslar. Bular o’z navbatida qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan resurslarga bo’linadi.
Qazilma boyliklar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi. Ulardan foydalanish natijasida miqdori va sifati kamaya boradi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklardan unumli foydalanish va uni qo’riqlash quyidagicha bo’lmog’i lozim: miqdori va sifatini hisobga olish, kompleks ravishda to’g’ri, tejab, o’rnida foydalanish, ularni qazib olish, tashish, qayta ishlash, ishlatishda nobudgarchilikka yo’l ko’ymaslik, chiqindi kam chiqarish choralarini ko’rish, yangi konlar topish, ayniqsa yerning chuqurroq qatlamlarini o’rganish zarur va nihoyat ularning o’rnini bosuvchi yangi sun’iy manbalar topish va boshqalar. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan oqilona foydalanilsa, ular kishilik jamiyati ehtiyojlarini uzoq muddatlargacha to’la ta’minlay oladi. Fan va texnika taraqqiyoti natijasida ba’zi foydali qazilmalar tugaguncha ularning o’rnini bosa oladigan yangi resurslar yaratish mumkin.
Qayta tiklanadigan resurslarga asosan, suv, tuproq, o’simliklar va hayvonot dunyosi kiradi. Masalan: tuproq, unda o’simlik o’stirib foydalanilishi natijasida tugab yo’q bo’lib ketmaydi. Tuproq shuning uchun ham tugamaydigan – qayta tiklanadigan resurslar jumlasiga kiritiladiki, madaniy o’simliklar undagi mineral ozuqa moddalar (azot, fosfor, kaliybirikmalarini va boshqalar) ni shimib oladi, ana shu ozuqa moddalar tiklab borilmasa, tuproqning unumdorligi yildan-yilga kamayib, dehqonchilik uchun butunlay yaroqsiz bo’lib qoladi. Tajribadan ma’lumki, tuproq unumdorligini doimo tiklab borish mumkin. Bu tiklanish tabiiy va sun’iy ravishda bo’lishi mumkin. Masalan: tuproq yo’qotgan mineral ozuqalarini o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida, tog’lardan oqib keladigan suvlar tarkibidagi turli birikmalar hamda kishilar tomonidan beriladigan tabiiy mineral o’g’itlar hisobiga qayta tiklaydi. Agar tiklanadigan resurslardan plansiz ravishda, vaxshiylarcha foydalanilsa ular tiklanmaydigan holga tushib qoladi. Bunga yer sirtida atom bombasini portlashi, konlar tugagandan so’ng o’z holiga tashlab ketishlar va boshqalar kiradi. Tuprog’ini suv yuvib yoki shamol uchirib ketgan joyni qayta tiklash mumkin. Ammo buning uchun ko’p mablag’, uzoq vaqt mehnat qilish kerak. Ekinlar ekiladigan joylarga ko’plab kimyoviy o’g’itlar solish ham, uni yaroqsiz holga olib keladi, oqibatda hech narsa o’smaydigan bo’lib qoladi.
Yer sharida o’rmonlar, o’simliklar dunyosi nihoyatda ko’p va rang-barang. O’simlik dunyosi tabiatda alohida ahamiyat kasb etadi. Darahtlar, o’rmonlar qirqilsa, uni qayta tiklash mumkin. SHu sababli darahtlarni shartli ravishda qayta tiklanadi deyiladi. O’rmonlarni qayta tiklash uchun 20-30 yil vaqt kerak bo’ladi.
Qayta tiklanishi mumkin bo’lgan tabiiy (boyliklar) resurslar sekinlik bilan, uzluksiz tiklanib boradi. Biroq ularning tiklanishi uchun ia’lum darajada tabiiy sharoit bo’lishi lozim. Agar ana shu tabiiy sharoit buzilsa, tabiiy resurslarning o’z-o’zidan tiklanishi sekinlashadi yoki batomom to’xtashi mumkin. Demak, inson qayta tiklanadigan (boyliklar) resurslaridan foydalanishda uning tabiiy holatiga alohida e’tibor berishi zarur.

Yüklə 42,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin