Respublikamiz yillik yuza suv resurslari 99,5 km3 ga teng bo’lib uning faqat 12,2 km3 qismi shu o’lka territoriyasida hosil bo’ladi. Ma’lumki, suv resurslarini muhofaza qilish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchidan, uni miqdoriy jihatdan kamayishidan saqlash bo’lsa, ikkinchisi uning ifloslanish va minerallash darajasi oshib ketishining oldini olishdir. Hozirgi vaqtda o’lkamizda har ikki yo’nalish ham juda muhimdir. Iqlim resurslari. Atmosferadagi havo, shamol energiyasi iqlim resurslariga mansub. Atmosfera havosidan har qancha foydalanilgan taqdirda ham u tugamaydi boshqa narsaga aylanib qolmaydi. Hajmi ham deyarli o’zgarmaydi. SHu sababdan ham atmosfera havosi tugamaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Ammo havo insoniyatning turli faoliyati natijasida tez ifloslanib havfli manba bo’lib qolishi mumkin. Bu hol havoni muhofaza qilish lozimligini ko’rsatadi. Kosmik resurslarga quyosh radiatsiyasi, Yer va Oyning o’zaro tortishi natijasida dengiz hamda okeanlardagi suvning ko’tarilishi yoki pasayishi jarayonida hosil bo’ladigan energiyalar, olam fazosidagi yer sirtiga keladigan turli xil nurlar, meteorit oqimlar kiradi. Tabiat o’ziga ta’sir etmaydigan tabiiy omillarga bardosh berib, ularning ifloslanishidan o’z-o’zini himoya qilib turadi. TABIIY RESURSLARNI O’RGANISHDA VA ULARDAN FOYDALANISHDA FANNING ROLI
Inson foydalanadigan tabiiy resurslar tayyor holda bo’lmay balki uni inson tabiatdan oladi. Buning uchun inson ularning holatini, xossalarini, olish usullarini va ishlab chiqarishda foydalanish yo’llarini bilishi kerak. Buning uchun ma’lum malaka va o’quvga ega bo’lishi zarur. Faqat fan kishilarga, tabiat kuchlari ustidan hukmronlik o’rnatish vositalari va usullarini berish mumkin. Bu haqda ingliz olimi J.Bernal o’zining “Jamiyat tarihida fan” nomli asarida fanning tabiat kuchlarini yengishdagi muhim rolini xarakterlab “tabiatni tubdan o’zgartirmoq uchun fandan maksimal foydalanish kerak” degan edi.