Tabiat boyliklaridan foydalanishda, fan inson uchun asosiy “kompas” vazifasini o’taydi. Eng avvalo fan kishilarga: Tabiat haqida haqiqiy bilimni berish;
Tabiat bilan muomala qilishning forma va metodlarini o’rgatish;
Tabiatdagi predmet va hodisalardan ongli ravishda maqsadga muvofiq holda foydalanish imkonini beradi;
Tabiat boyliklarining miqdori haqida aniq ma’lumot beradi;
Insonga tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi aniq chegarani belgilab beradi;
Tabiatni sof holda saqlash va uni yaxshilash yo’llarini ko’rsatadi.
Fan asosida kishilar tabiat boyliklarining o’rnini bosadigan sun’iy material yaratib, tabiat boyligini tejaydi, ularni kelajak avlodlar uchun saqlaydi. Inson o’zi uchun zarur bo’lgan barcha narsalarni fan asosida bevosita yoki bilvosita tabiatda mavjud bo’lgan predmet va narsalarni qayta ishlagan holda undan oladi. Fan va texnika yutuqlariga tayangan holda inson yangidan-yangi materiallarn yaratmoqda. Inson ob’ektiv xarakterga ega bo’lgan tabiat qonunlarni to’g’ri bilib olgandagina u yordamida tabiat kuchlariga aktiv ta’sir ko’rsata oladi. Inson tabiat qonunlari haqida bilimni tabiiy fanlar – matematika, gefizika, geologiyani va x.k. ni o’rganib, uni amalga tadbiq etish natijasida oladi. Fan asoslariga tayangan holda olimlarimiz tomonidan tabiiy resurslarni chuqur o’rganib, jamiyat manfaati yo’lida keng foydalanilayotganligi bunga yaqqol misol bo’ladi. Olimlar yer, suv, havo, o’simlik hamda iqlim resurslarini tadqiq qilishda va ulardan sistemali, ratsional foydalanishda muhim yutuqlarni qo’lga kiritmoqdalar. Masalan: tuproqni ishlashni yahshilash, tuproq eroziyalariga qarshi kurash, sug’orish sistemasini takomillashtirish, madaniy o’simliklarni oziqlantirish va uni o’sishi hamda rivojlanishini jadallashtirish va boshqalar. Hozirgi vaqtda planetamizdagi tabiiy resurslar har tomonlama o’rganilib, undan ratsional foydalanish va uni qo’riqlash metodlari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilmoqda. Demak, rivojlangan jamiyatda tabiatga ongli munosabatda bo’lib, uni qo’riqlab va undan jamiyat manfaati yo’lida fan va texnika taraqqiyotiga tayangan holda ratsional foydalanilib, uni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda saqlab qolinadi. Buning uchun tabiat haqida tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabatlar haqida chuqur bilimga ega bo’lishi kerak bo’ladi.