Tanlanma reprezentativligi



Yüklə 18 Kb.
səhifə3/4
tarix05.06.2022
ölçüsü18 Kb.
#60704
1   2   3   4
TANLANMA REPREZENTATIVLIGI

Tanlanma tekshirish nazariyasining boshqa vazifasi bosh to`plam ko`rsatkichlarini baholash natijalarini ishonchlilik darajasini iloji boricha ob`ektiv holda aniqlashdan iborat.
Tanlanmalar kichik hajmda bo`lganda, ularni tekshirish natijalariga asoslanib boshlang’ich to`plamda belgining chin qiymati yotadigan tor chegaralarni aniqlash juda qiyin. Bu holda tekshirish vazifasi boshlang’ich to`plamdagi korrelyatsiya me`yorini belgilash emas, balki me`yori qanday bo`lishidan qat`iy nazar, to`plamda korrelyatsiya mavjudligi aniqmi, boshqacha aytganda, tanlamada kuzatilgan korrelyatsiya muhimmi degan masalani oydinlashtirishdan iborat. SHuning uchun kichik tanlanmalarga bag’ishlangan ko`pchilik tekshirishlar o`ziga xos xususiyatga ega. Ularda statistik ko`rsatkichlarning aniqliligini baholash, ularning muhimligini aniqlash asosiy maqsad deb qaraladi. Bunday baholashlar uchun ishlab chiqilgan usullar katta tanlamalarda ham qo`llanishi mumkin va haqiqatda qo`llanadi.


. Tanlanmaning reprezentativligi va uni ta`minlaydigan tanlash usullari
Tanlanma kuzatish ma`lumotlari bilan bosh to`plamni xarakterlash ularning umumiylashtiruvchi ko`rsatkichlari orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tanlanma bosh to`plamning barcha muhim xususiyatlarini o`zida mujassamlashtirgan bo`lishi kerak. Agar tanlanmada bosh to`plamning muhim xususiyatlari namoyon bo`lsa, u reprezentativ deyiladi.
Tanlanma qanchalik reprezentativ bo`lishidan qat`i nazar bosh va tanlanma ko`rsatkichlar o`rtasida doimo tafovutlar bo`ladi. CHunki bosh to`plamda tanlanmaga kiritilmagan boshqa birliklar ham bor. Ana shu tafovutlar tanlanmaning reprezentativlik xatolari deyiladi. Reprezentativlik xatolari ikki turga bo`linadi:

  1. tasodifiy xatolar;

  2. sistematik (muntazam) xatolar.

Kuzatish jarayonida ko`rsatkichlarning miqdorlarini o`zgartirish ko`zlanmasdan, shuningdek, kuzatish usullari va asboblarining kamchiliklari bilan bog’liq bo`lmagan holda yo`l qo`yilgan xatolar tasodifiydir. Katta sonlar qonuniga binoan tanlanmaning miqdori oshgan sari tasodifiy xatolar kamayib boradi.
Muntazam xatolar o`z navbatida ko`zlanmagan va ko`zlangan bo`lishi mumkin. O`lchash asboblarining noaniqligidan, tanlash va kuzatish usullarining kamchiliklaridan ko`zlanmagan muntazam xatolar kelib chiqadi. Kuzatish natijalarini o`zgartirib ko`rsatish maqsadida qilingan xatolar ko`zlangan muntazam xatolardir. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifatini oshirib ko`rsatish uchun tanlanmada bosh to`plamga nisbatan sifatli mahsulotlarning salmog’ini sun`iy ko`paytirish natijasida muntazam xato hosil bo`ladi.
Statistikada tanlanmaning reprezentativligini ta`minlaydigan turlicha tanlash usullari mavjud bo`lib, ular avvalo individual va seriyalab (yoki guruhlab) tanlashga bo`linadi. Individual tanlashda bosh to`plamdan birliklar alohida-alohida, seriyalab tanlashda esa ular seriyasi (guruhi) bilan olinadi.

Yüklə 18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin