Tanlanma reprezentativligi


Tanlanma tekshirish nazariyasi bunday va unga o`xshash imon komillikka mantiqiy asos yaratadi. Ularga mi



Yüklə 18 Kb.
səhifə2/4
tarix05.06.2022
ölçüsü18 Kb.
#60704
1   2   3   4
TANLANMA REPREZENTATIVLIGI

Tanlanma tekshirish nazariyasi bunday va unga o`xshash imon komillikka mantiqiy asos yaratadi. Ularga miqdoriy ifoda ham bag’ishlaydi.
O`rganiladigan to`plamdan etarli miqdorda birliklar maxsus yo`llar bilan tanlanib, ular ustida o`tkazilgan kuzatish ma`lumotlari asosida boshlang’ich to`plam haqida qoniqarli axborot olish imkonini beradigan usul tanlanma tekshirish deb ataladi.
Tanlanma tekshirish umuman quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi:

  1. vaqt va mablani tejash. Agar tanlanma kuzatishda bosh to`plamning, masalan, faqat 2 foiz birliklari qatnashsa, u holda kuzatish ishlarining hajmi 50 marta (100:2) kamayadi, sarflanadigan vaqt va mabla ham deyarli shuncha marta tejaladi;

  2. tekshirish jarayonida sifati buziladigan yoki foydalanish uchun butunlay yaroqsiz shaklga keladigan predmetlar (to`plam birliklari) sonini qisqartirish;

  3. kuzatish ob`ektini kengroq va to`laroq o`rganish, bu holda bevosita tekshiriladigan to`plam hajmi qisqarishi hisobiga kuzatish dasturini ob`ektlarning yangi muhim belgilari bilan boyitish va har bir birlik haqida to`la va batafsilroq ma`lumotlar to`plash imkoniyati tug’iladi; 4) yoppasiga kuzatish natijalarini nazorat qilish.

Tanlama tekshirish odatda sifatli axborotlar bilan ta`minlaydi. Chunki bu holda malakali mutaxassislarni jalb qilish, ularni kuzatish ijrochisi sifatida puxta tayyorlash va sinash uchun imkoniyat oshadi. Xo`sh, tanlanma kuzatish oldida qanday vazifalar turadi
Asosiy vazifa shundan iboratki, kam kuch va mabla sarflab, bosh to`plam haqida iloji boricha ko`p va sifatli axborot olishdir. Bu, o`z navbatida, ma`lumotlar xarakteri va ularni olish usullariga bog’liq.
Tanlanma kuzatishda bizni ko`pincha bitta yoki bir nechta to`plam belgilari qiziqtiradi.
Bunday hollarda boshlang’ich to`plamni ta`riflovchi barqaror ko`rsatkichlarni miqdoriy baholash bilan chegaralanamiz. Ko`pincha tanlanma tekshirish mana shunday echimlarni olish bilan yakunlanadi.
Shu munosabat bilan tanlanma tekshirish nazariyasining katta bo`limi tanlanma asosida bosh to`plamni ta`riflovchi barqaror ko`rsatkichlarni baholashga bag’ishlanadi. Tanlanma bo`yicha bosh to`plam ko`rsatkichlarini baholash usullari ko`p, ular bir-biridan yaxshi jihatlarga ega. Bunday masalalarni tadqiq qilish bilan baholash nazariyasi shug’ullanadi. U baholashlar oldiga qo`yiladigan talab va shartlarni belgilaydi, qanday sharoitlarda u yoki bu usulga ustuvorlik berish masalalarini echadi, baholash natijalarini qiyosiy tahlil qiladi. Ta`kidlash lozimki, tanlama asosida olinadigan bilimlar va axborotlar matematikadagi kabi qat`iy, shak-shubhasiz xarakterga ega emas, balki biroq gumonli ishonchsizroqdir. Demak, tanlanma tekshirish ma`lumotlari asosida boshlang’ich to`plam haqidagi fikr yuritish qat`iy aniqlikka ega emas, balki ehtimollarga tayanadi.

Yüklə 18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin