Tarbiyaning bosh maqsadi — yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyt lashda xalqnmg boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib, amalda joriy etishdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifalari.
Tarbiyaning asosiy vazifasi — shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun:
yoshlarni erkin flkrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishni shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg'otish;
o'quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stiri'b-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab ularni rivojlantirish. Inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo’llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;
insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaxlikka, yolg‘onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo'llanishi lozim;
vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o‘zaro munosabat-muloqotni o'rganish, o‘z xalqi, davlati, uning himoyasi uchun hamisha shay bo'lib turish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga, Bayrog‘iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta’lim-tarbiya;
mustaqil davlatimiz – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ocbiq tashqi siyosatiga va o‘z xalqining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to‘g‘ri tushuntirmoq kerak;
turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondoshish fazilatlarini shakllantirish;
sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va riyojlantirish, munosib oila sohibi bo'lish istagini shakllantirish;
yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o‘rgatish.