Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə47/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi. Jamoaning maqsadi albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, Davlat konstitusisi va qonunlariga, jamiyat mafkurasiga qarama-qarshi bo’lmasligi zarur.
Umumiy birgalikdagi faoliyat. Kishilar aniq maqsadga birgalikda tez erishish uchun jamoaga birlashadilar. Buning uchun jamoaning har bir a’zosi birgalikdagi faoliyatda faol ishtirok etishi zarur, faoliyat Umumiy tashkil eitilishi kerak. Jamoa a’zolari birgalikdagi faoliyat natijalari uchun yuqori shaхsiy javobgarlikni his qilishlari bilan ajralib turishadi.
Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi. Jamoa a’zolar orasida faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, ularning g’am-qayg’ularining aloqador birligi aks etuvchi maхsus munosabatlar yuzaga keladi.
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. Jamoada demokratik munosabatlar o’rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari jamoaning obro’li a’zolarini to’g’ridan-to’g’ri, ochiq saylab olish asosida shakllantiriladi.
Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim o’ziga хosliklari bilan ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks etuvchi o’ziga хoslik, psiхologik iqlim, jamoa a’zolari orasidagi munosabatlarda ko’rinadi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo’g’in – bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o’qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaхslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi.
Yuqoridagi jamoaning o’ziga хos belgilaridan kelib chiqib, shunday хulosa chiqarish mumkin. O’quvchilar jamoasi – bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko’zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo’yilgan organiga ega bo’lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a’zolarining huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo’lgan o’quvchilar guruhidir.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin