Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari
Tarbiyaviy vazifalar: O'quvchilarning mehnatda va o'zbek xalqining mustaqil davlat qurishdagi bunyodkorlik ishlarida ishtirokini ta’minlash.
Yoshlarni baynalmilal va boshqa xalqlarning qardoshlarcha do'stligi ruhida tarbiyalash.
O'quvchilarning o'zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va bartaraf etish choralarini belgilash.
O'quvchilarni umumiy o'rta ta’limdan keyingi bosqichga tayyorlash.
Yuksak ma’naviyat, iymon va e’tiqodli bo'1ish, istiqlol g'oyalarini singdirish.
Sinfdagi barcha o'quvchilarning bilim darajasini oshirishga erishish.
O'quvchilarning ongli intizomi uchun o'qishga va mehnatga to'g'ri munosabati uchun kurash olib borish.
8. 0‘quvchilar faoliyatini tashkil etishda ularning mustaqilligi va tashabbuskorligini oshirib borish.
“Bolalar va o‘smirlar uyushmasi”ga kirish uchun tayyorlash.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda oila va mahalla hamkorligi Oila - tarbiya o'chog'i. Oila - jamiyat negizi har bir insonda ilk yoshligidan boshlab ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyat, maslaklar, qadriyatlar takomil topadigan, mafkuraviy va ma’naviy tarbiya amalga oshiriladigan muhitdir. O‘zbek oilasi o'zida ko'p asrlik mustahkam ma’naviy qadriyatlarimiz ravnaq topadigan shunday maskanki, uning barqarorligi va mustahkamligi jamiyatimiz rivojining muhim omillaridan biridir. Agar oiladagi muhit sog'lom bo‘lsa, unda kamol topayotgan yosh avlod qalbi va ruhiga shu xususiyatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy istiqlol g'oyasini singdirish uchun qulay sharoit yaratilgan bo'ladi.
1998-yilning “Oila yili” deb e’lon qilinishi va shu yilning o‘zida “Oila” kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixida ilk bor tashkil etilgan Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi siyosatiga hamohang bo‘ldi. Shuningdek bu markaz oldida oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy an’analarni avaylab-asrash, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yo'li bilan oilani mustahkamligi, barqarorligini ta'minlash, oila a'zolarining huquqiy savodxonligini oshirish muammolarini ilmiy o'rganish, oilaviy hayotga bog'liq muammolarni tadqiq etish va fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berish bosh vazifa qilib qo‘yildi.
Markazning muhim maqsad va vazifalaridan biri - oila konsepsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishning uslub va vositalarini joriy etish orqali hukumatimizning ijtimoiy sohadagi insonparvar siyosatini amalda har bir fuqaro ongiga oila instituti orqali singdirishdan iboratdir.Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov oila haqida shunday degan edilar: “Oila haqida gapirar ekanmiz. Avvalambor oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanligini tan olishimiz darkor”. Mustaqillik yillarida oilaga ko'rsatilayotgan e’tibor, oilani mustahkamlash, nikohni qadriyat sifatida e’zozlashga qaratilgan chora-tadbirlar tom ma’noda yurtimizda oila va farzandlar hukumatning doimiy e’tiborida ekanligidan dalolatdir.Shuni alohida ta’kidlash lozimki “Oila konsepsiyasi”ni yaratish va bu bilan bog'liq ishlarning dolzarbligi hamda bajarilishining maqsadga muvofiqligi mustaqillik yillarida Respublika rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining oilani, ona va bolani ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilganligi, hukumat tomonidan oila manfaatlariga ajratilayotgan sarmoyalar bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-fevraIdagi “Ona va bola” Davlat dasturi to'g'risida”gi qarorida belgilangan vazifalarning muhimligi va dolzarbligi dan ham kelib chiqadi. Oila va jamiyat - mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari o'z aksini topadi. Shuning uchun ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a'zosi oila bag'rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o'zlashtiradi va insoniy fazilatlami namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o'z himoyasiga oladi. Oila qanday bo'lsa. Jamiyat ham shunday bo'ladi. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar. Avvalo, oila qadriyatlarini eng ilg'or an'analarini tiklashga qaratilgandir. Oilaviy tarbiya - oilada ota-onalar, vasiylar yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o'rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta’sirchan kuch - oilaviy tartibdir.
Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta'sir ko'rsatishga qodirdir va odatda ta'sir ko'rsatadi. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixoiogik ta’sir ko‘rsatishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg'uniashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta'sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo'g'iniga ham aylantiradi.
Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning o'ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, qo'ni-qo'shniligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro‘ligi va hokazolar bilan ta’minlanadi.
Ma’lumki, xilma-xil faoliyat sharoitida bolaning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, bolani oila va mahalladan boshqa qayerda ham faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish mumkin. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligi ahamiyati yana shundaki, kichik bolalik paytida oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota-onalarning bolalarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo'yilgan.
Oila va mahalla hamkorlikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir, ularga muvofiq o‘sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilani qo‘shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo'ladi va to'lqinsimon o‘zgaradi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni ko'ngildagiday olib borishda, o'sib kelayotgan yosh avlodni yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda oila va mahalla hamkorlikda ish olib borishi lozim. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarosi bo'lishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020 yil 12 fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, Mahalla raisining vakolat muddati uch yildan besh yilga o‘zgartirilishi, uning uch nafar o‘rinbosari lavozimi joriy etilshi, Profilaktika inspektori endilikda mahalla raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlashi, u ham 5 yil muddatga tayinlanishi, mahallalardagi turli yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan, biroq kutilgan samarani bermay kelayotgan 12 ta jamoatchilik komissiya va tuzilmalari ham optimallashtirilishi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mahallalar milliy mentalitetimiz ko‘zgusi ekanini, jamiyat hayotida katta o‘rin tutishini ta'kidlar ekan, Navro‘z bayramiga hamohang tarzda 22 mart sanasini «Mahalla tizimi xodimlari kuni» deb e'lon qilishni taklif etdi. 2020-yil 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va Oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son qarori qabul qilindi.