Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


-MAVZU: SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNI REJALASHTIRISH METODIKASI



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə43/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

10-MAVZU: SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNI REJALASHTIRISH METODIKASI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:

  1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning umummaktab rejasi bilan bog‘lqligi

  2. Ma’naviyat ishlari bo'yicha direktor o‘rinbosarining ish rejasi bilan tanishish.

  3. Sinf rahbarlari va ota-onalar komiteti hamkorligi ishini o‘rganish



Tayanch so’z va iboralar: ish reja, choraklik, yarim yillik, bir yillik, sinf rahbari, rejalashtirish, rahbarlik qilish, izchillik, talab, maqsad, ta’til, tadbir.



  1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning umummaktab rejasi bilan bog’liqligini o’rganish.

Tarbiya jarayonining mohiyatini chuqur bo’lib, uni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatish, ishbilarmonlik va epchillik, barcha yangi va ilg‘or narsalarni amalda samarali qo‘llay bilish maktab o‘quvchisi shaxsini rivojlantirish jarayoniga rahbarlik qilish prinsiplaridan biridir. Samarali rahbarlik uslubini maktab hayoti va faoliyatiga tatbiq etishning namunasi bo‘lgan jamoaviy va yakka rahbarlikning birga qo‘shib olib borilishi bolalar taqdiri, ular­ning tarbiyasiga pedagoglar jamoasi javobgarligini va direktorning shaxsiy javobgarligini ta’minlaydi. Rejalilik direktorga tarbiyaning barcha masalalarini aniq amalga oshirish istiqbollarini namoyon qiladi.
Mazkur ta’limotga asosan maktabdan tashqari ishlarni reja­lashtirish va uning amalga oshirilishiga rahbarlik hamda nazoratni uyushtirib borish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning umummaktab rejasini ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida, sinf rahbarlari, metodik birlashmasi, tajribali o‘qituvchilar, maktab kutubxonasi, o‘quvchi-yoshlar tashkiloti, o‘quvchilar uyushmasi, ota-onalar qo‘mitasi hamda to‘garak rahbarlarining faol ishtirokida tuzish hamda uni maktabning yig‘ilishida muhokamadan o'tkazib tasdiqlash maqsadga muvofiqdir. Direktor o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar va o‘quvchilarga nisbatan tutgan tizimida birlik bo'lishiga erishilgach, maktabning oila, kattalarning mehnat jamoalari, jamoat tashkilotchilari bilan uzviy hamkorlik qilishiga intiladi.


  1. Yüklə 1,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin