5-ilova
Mavzu yuzasidan tezkor savollar.
Direktor o’rinbosari deganda kimni tushunasiz?
Uning vazifalari nimalardan iborat?
DTS nima?
O’quv reja nima?
O’quv dastur nima?
Darslik deganda nimani tushunasiz?
Ma’naviyat ishlari boyicha direktor o’rinbosari qanday tartibda tayinlanadi va bo’shatiliadi?
Direktor o’rinbosari bo’lish uchun kamida necha yillik pedagogik stajga ega bo’lish lozim?
6-ilova
“Muammoli vaziyat”
|
Yechim
|
Maktabdan bir o’quvchi tuman bosqichidagi olimpiadada qatnashishi lozim, lekin u qattiq betob bo’lib qoldi. Bunday vaziyatda direktorning ma’naviy ishlar boyicha o’rinbosarining vazifalari nimadan iborat va u qanday chora ko’rishi mumkin?
|
|
Drektor o’rinbosari o’quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogic jamoasiga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo’lgan holda ish tutishda va muntazam o’z ustida ishlab sabr bardoshli, o’z fikrlarini puxta bayon qilib, o’zgalarni o’ziga jalb qila oladigan xislatlarni o’zida mujassamlaydi.
Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini, Prezident asarlarini yaxshi bilishi, uni o’quvchi yoshlar oorasida targ’ib eta olishi, xalq pedagogikasi an’analarini, o’zbek xajqi milliy urf-odatlari, qadriyatlari, allomalari o’gitlarini yaxshi bilish lozim.
Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o’z faoliyatida hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda yangicha usul va metodlarini yaxshi bilishi;
Radio, televideniya va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan eng so’ngi yangiliklardan boxabar bo’lishi hamda ularning mohiyatini o’quvchilarga yetkaza olishi;
Sinfdandan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o’tkaza bilishi;
Tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosidao’tkaziladigan tadbirlarda ishtirok eyishi;
Maktabda o’quvchiar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik tavsiyalar berib borishi ;
Muntazam ravishta o’z malakasini oshirib turishi,o’z soxasi bo’yichao’tkaziladigan seminarda ishtirok etishi.
Nizomda belgilangan vazifalar bilan bog'liq ravishda tegishli pedagogik xodimlarga ko'rsatma beradi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda ma`naviy ishlar bo’yicha maktab raxbari o’rinbosarining faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:
1.Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish.
2.Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.
3.Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash.
4.Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Maktab direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosarini lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi.
O’quv jaryonini tashkil qiladi, ta’lim standartlariga muvofiq o’quv tarbiyaviy rejalar va dasturning bajarilishini ta’minlaydi;
Pedagogic kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda ishtirok etadi, pedagogik jamoaning o’quv metodik ishlariga rahbarlik qiladi, o’qituvchilarning ilg’or tajribalarini o’rganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni joriy qilishni tashkil etadi.
Pedagogik xodimlarga metodik yordamni, jamoaning va o’quvchilarning pedagogic faoliyatini tahlil qilishni tashkil qiladi va amalga oshiradi.
O’quvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarinitasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi, o’quvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib boradi, darslar, imtihon jadvali va boshqa o’quv tadbirlarini ishlab chiqadi.
Maktabda nazorat ishlarini tashkil etadi, ta’lim standartlari talablari bajarilishining, o’quvchilarning o’zlashtirishi va hulqining monitoringini
amalga oshiradi, fakultativ mashg’ulotlar va fanlar to’garaklarining ishlashini tashkil qiladi.
O’quv xonalarini namoyish va texnik ta’lim vositalari bilan, kutubxonalarni esa kitoblar, jurnallar, gazetalar va boshqa axborot manbalari bilan jihozlanishiga rahbarlik qiladi.
O’quv fanlari bo’yicha metodik materiallar ishlab chiqilishini, yosh mutaxasislarga metodik yordam berishni, o’qituvchilarmalakasini, kasbiy mahoratini oshirish ishlarini olib boradi, o’quvchilarning o’quv yuklamasini takomillashtiradi.
Sinf jurnallarining yuritilishini va saqlanishini ta’minlaydi, Guruh rahbarlari faoliyatiga faoliyatiga rahbarlik qiladi, o’quv ishlari holati va natijalari to’g’risida hisobotlarni tuzadi, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil qiladi.
Texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiena tartibiga, pedagogik xodimlar mehnatini va o’quvchilarni muxofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlaydi.
Direktor yoqligida uning lavozim va vazifalarini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |