Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


Umuminsoniy tarbiyaning mezonlari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə6/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

3.Umuminsoniy tarbiyaning mezonlari.
O’zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat azaliy milliy yondashuv sanaladi. Xalqimizga xos bo’lgan mehmondo’stlik, birodarlik, do’stlik, sadoqat umuminsoniy hamjihatlikning asosini tashkil etadi.
Mamlakatimizdagi ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy-siyosiy yuksalish, millatlararo tolerantlik asosida tinchlik va xotirjamlik, barqarorlikni soqlab qolish yo’lidagi matonatli kurash, bag’rikenglik va vijdon erkinligi, ma’naviy merosimizni tiklash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozla, taraqqiyot sari bosqichma – bosqich harakat hamisha va har qadamda umuminsoniy manfaatlar bilan integrallashuv negizida amalga oshirib kelindi. Mustaqillikning ilk yillaridanoq respublikamiz ravnaqiga eng katta to’siq – bu g’oyaviy bo’shliq ekanligi har qadamda sezilgan. Bugun jamiyatimizda yashayotgan inson O’zbekistoni, yoshlarimizning hayotda o’z o’rinlarini topishlari uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi asosida sog’lom muhit va keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Maktab, va oliy o’quv yurtlarida milliylikka asoslangan diniy qadriyatlar farzandlar ongiga singdirilmoqda. Ammo ma’lum bir sabablarga, ayniqsa “ommaviy madaniyat” ta’siri ostida axloqsizlik, ota-onaga nisbatan loqaydlik, kattalarga nisbatan hurmatsizlik, xudbinlik kabilarning avj olayotganiga diniy bilimsizlik ham sabab bo’layotgani sir emas. Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligini singdirish muhim ahamiyatga ega:
- yoshlarimiz ongiga nafaqat dunyoviy bilimlarni, balki milliy va diniy bilimlardagi ezgu qadriyatlarni singdirishni kengroq yo’lga qo’yish;
- milliy qadriyatlar asosidagi urf-odat, an’ana va marosimlarni mustaqillik davrida shakllangan yangi qadriyatlar bilan boyitish;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligini halollik, bag’rikenglik, millatparvarlik, vatanparvarlik, axloqiylik, ilm-fanga va vatanga fidoiylik kabi tushunchalarni targ’ib qiladigan asarlar, videofilьmlar, ko’rsatuv, eshittirish va tadbirlar orqali yoshlarimizga singdirish;
- jamiyatning ma’naviy yangilanishida Markaziy Osiyo Uyonish davri mutaffakkirlarining ma’naviy va ilmiy merosidan, jadidchilarimizning sabr – toqat bilan erishgan yutuqlaridan unumli foydalanish;
Oilalar va o’quv yurtlari hamkorligida mahallalarda milliy qadriyatlar ahamiyatini tahlil qilib beradigan tadbirlar o’tkazish;
- yoshlarga hayotning o’zi eng buyuk qadriyat ekanini ta’lim va tarbiya uyg’unligi asosida anglatib, inson jismonan va ma’nan sog’lom bo’lsagina oldida turgan barcha maqsadlarga erisha olishi to’g’risidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin