1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha
Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o'ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o’zining imkoniyatiga ko’ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo’lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini to’g’ri tanlash bir qator omillarga bog’liq.
Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo’yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o’zining tarbiyalanuvchilari bilan yo’l ochadigan o’rganilmagan so’qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo’llar – metodlarga aylanishi mumkin.
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara deganda ta’sir ko’rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig’indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko’rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi хatoni ko’rsatish – bu usullar. So’z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika, taqqoslash – usullar. Bu bilan bog’liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo’yilgan maqsadni muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo’ladi.
Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Xalq pedagogikasi o'zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o'zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-barang bo'lib, ko'p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Xalq pedagogikasida qo'llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
Tushuntirish (hikoya qilish, o'rgatish).
Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
Namuna (maslahat berish, uzr so'rash, yaxshiliklar haqida so'rash, o'rnak bo'lish).
Nasihat qilish, o'git (undash, ko'ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo’l tilash va hokazolar).
Qoralash va jazo (ta'kidlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo'rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).
Dostları ilə paylaş: |