Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


Tarbiya usullarini toifalash



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə10/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

2. Tarbiya usullarini toifalash
Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o’zida aks ettiradigan o’nlab tarbiya tasniflari mavjud. Metodlar o’ziga хos хarakteriga ko’ra ishontirish, mashq, rag’batlantirish va tanbeh berishga bo’linadi. Mazkur holatda metodning umumiy хarakterli belgisi o’ziga хoslikni, qo’llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko’proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o’zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o’quvchilarning хulq-atvorini rag’batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S.Mariyenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlari quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o’rgatish va mashq metodlari, rag’batlantirish, to’sqinlik qiluvchi, boshqarish, o’zini-o’zi tarbiyalash.
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko’ra metodlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:

  • Aхloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g’oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.

  • Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi.

Hozirgi vaqtda o’zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko’proq ob’yektiv va qulay metodlar qo’llaniladi. Ana shunday tavsif bilan bog’liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo’linadi:

  • Shaхs ongini shakllantiruvchi metodlar.

  • Faoliyatni tashkil etish va хulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari.

  • Xulq-atvorni va faoliyatni rag’batlantirish metodlari.

Shaxs ongini shakllantirsh metodlari o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari sanaladi.

Bu guruhga mansub metodlarning mohiyati shundaki, ular orqali o’quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy g’oya va maqsadlar singdiriladi. O’quvchilarda g’oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko’nikmalarini tarbiyalash lozim.


Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko’p ishlatiladigan metoddir. Tushuntirishning vazifasi o’quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g’urur tuyg’usiga ega bo’lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Suhbat. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirchan metod hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o’quvchilari uchun dolzarbligi, o’quvchilarning suhbat mazmuniga bo’lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur.
Hikoya. O’quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o’tmishi, tabiiy boyliklar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari – radio, televidenie, gazeta va jurnallar sahifalarida hamda Internet matbuotida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o’quvchilar uchun qimmatli material bo’lib xizmat qiladi. Suhbat ham, hikoya ham o’quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan so’zlar vositasida adabiy tilda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o’quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o’quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.
Namuna. O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko’rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.
O’qituvchining shaxsan o’zi namuna bo’lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir ko’rsatadi. Ular o’qituvchining darsda va hayotda o’zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o’z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar.
O’quvchilar o’zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o’zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qaerda bo’lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so’zi bilan yurish-turishi va xatti-harakatlarida tafovut bo’lmasligi kerak.
O’z-o’zini tarbiyalash metodlari. O’quvchida o’z-o’zini tarbiyalashga, ya’ni, o’z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo’lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o’z-o’zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi.
O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish o’z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish uchun o’quvchi o’zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O’z-o’zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o’z shaxsiga baho berishga yo’naltirilgan faoliyat usuli.
O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O’z-o’zini baholash qiyin, lekin o’quvchini bunga etarli tayyorlash mumkin. Shu bois o’quvchi irodali bo’lishi, o’z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo’lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o’zini o’rtoqlari, atrofdagilarning ko’zi bilan ko’rish va o’z-o’zini takomillashtirishga intilishi lozim.
Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o’quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari hamda o’smirlar ishonuvchan bo’lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum ko’rsatmani qabul qilishi zarur bo’lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi.
Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta’sir ko’rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bahs-munozara usuli bo’lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzularda o’tkaziladi. Munozara turli nuqtai nazarlar to’qnashgan vaziyatda o’quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi.

As the driving force behind the social development of the human person needs the influence of objective factors, the ordinary people, the biological and physical (material) needs, the higher (spiritual) needs opportunities to meet their needs, as well as a set of relations between the states.Needs or create reasons for this activity. People looking for means and resources to meet their own needs. There are options to meet the needs of people happy. Otherwise, he will be unhappy to learn that the driving force.If moral education, and social development. Moral education and faulty human social breakdown and social benefit (theft, extremism, lies, fraud, etc.) face. Moral education to meet the needs of people looking for ways to communicate with people and to improve the quality of social.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin