Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə13/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

2-MODUL. SINF RAHBARI
4-MAVZU: SINF RAHBARINING MAKTAB JAMOAT TASHKILOTLARI BILAN OLIB BORILADIGAN ISHLARI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
1. Sinf o‘quvchilar tarbiyachisi.
2. Sinf rahbari ishining asosiy qismlari.
3. Tarbiyaviy ish-faoliyat samardorligini oshirish shart-sharoitlari
4. Sinf rahbarining “Yoshlar ittifoqi” jamoat tashkilotlari bilan olib boradigan ishlari

Tayanch so’zlar: sinf rahbari, yoshlar siyosati, yoshlar kelajak bunyodkori, Temurbeklar maktabi, Prezident maktablari, “Mard o’g’lon” davlat mukofoti, sinf rahbari, qobiliyati, tashkilotchilik, ibrat-na’muna, Yoshlar ishlari agentligi




1. Sinf o‘quvchilar tarbiyachisi..
O’quvchi hali zimmasidagi mas’uliyatni to’liq his etmasligi, ilm olishning ahamiyati-yu o’zining qanday qobiliyatga egaligini bilmasligi mumkin. Shu bois o’g’il-qizlarimiz mustaqil hayot yo’lini tanlagunga qadar kattalar ko’magiga, g’amxo’rligiga muhtoj. Ularning asosiy vaqti maktabda o’tishni e’tiborga olsak, bu borada sinf rahbari zimmasidagi vazifalar ko’lami naqadar kengligi oydinlashadi. Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish, sinfda ahil jamoani shakllantirish, qobilyatini to’liq namoyon etishi uchun o’quvchilarga zarur sharoit yaratishda sinf rahbarining o’rni katta. Chunki u yoshlar taqdiriga daxldor xalqlar, ota-onalar, fan o’qituvchilari, maktab psixologi, umuman, har bir mas’ul odamning ta’lim-tarbiya maqsadlarini birlashtiruvchi asosiy vositachidir. Yoshlarda borliqni anglash, fan sirlarini egallash, kelajakda yetuk shaxs bo’lish ishtiyoqi kuchli. Ammo maqsadga qay yo’l bilan erishish lozimligi xususida yetarli tajribaga ega bo’lmaganlari bois ularni to’g’ri yo’lga boshlash lozim. Buning uchun, avvalo, sinf rahbari o’quvchilarga shaxsiy namuna bo’lsin. Chunki bola muallimning xatti-harakatlarini doimo kuzatib yuradi, shaxsiy hayotiga qiziqadi. Kiyinish va muomala mada­niyati bilan mahalla-ko’yda, oilada o’quvchilarga o’rnak bo’lgan, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turgan pedagog o’quvchilar ishonchi va hurmatini qozonadi.
Masalan, o’tmishda saxovatpesha va donishmandlikda mashhur olim bo’lgan ekan. Kun kelib, olamdan o’tar chog’i o’g’illarini yoniga chorlab, ularga eng nodir adabiyotlar, bitmas-tuganmas xazina – kutubxona va bir dunyo boylikni meros qoldiribdi. Ota hayotdan ko’z yumgach, katta o’g’il mol-dunyoni tanlab, boyligiga boylik qo’shish maqsadida savdo karvonlari bilan safarga otlanibdi, kichigi esa umrini ilmga baxshida etibdi. Oradan yillar o’tib, katta o’g’ilning karvonini qaroqchilar tunab, o’zi ularning changalidan bazo’r qochib qutilibdi. Bilimli, kamolga yetgan kichik o’g’il esa o’z aql-zakovati ila farovon hayot kechiraveribdi. Chunki ilmni qaroqchi ham, o’g’ri ham tortib ololmaydi-da. Boylik sarflangan sari kamayadi, bilim esa, aksincha, ortib boraveradi.
Bu kabi rivoyatlar o’quvchilarning maktabdagi eng muhim vazifasi faqat o’qib-o’rganish ekanini tushuntirishda asqatadi. Gohida ayrim yosh pedagoglar bolalarni fanga qirziqtirish uchun sinf rahbari ko’magiga ehtiyoj sezadi. Bunday paytda sinf rahbari o’quvchilarini o’z farzandlaridek yaxshi bilsagina, kim bilan qanday ishlash kerakligini fan o’qituvchisiga aniq ayta oladi. Boshqaruvchilik qobiliyati bor o’quvchilarni sinf sardori, obodonlashtirish ishlari noziri, ,,Kamalak“ va “Yoshlar ittifoqi” sardori, qatorboshi, o’g’il bolalar klubi yetakchisi, orasta qizlar malikasi etib tayinlash ham yaxshi samara beradi.
Obodonlashtirish ishlari noziri sinfning doimo orasta va tartibli saqlanishini ta’minlasa, qatorboshilar bolalarni darslarda faol ishtirok etishga undaydi. Klub yetakchisi va qizlar malikasi esa tengdoshlarining maktab formasida bo’lishi va xulqini jamoatchilik asosida nazoratga oladi. Ularning boshqa bolalar bilan munosabati hukmronlikka emas, aksincha, do’stona muloqotga, hamkorlik, hamjihatlikka asoslanishini ta’minlash sinf rahbaridan o’ta hushyorlikni talab etadi. Chunki sinfda sog’lom raqobat muhitni yaratish juda muhim.
Teatr, muzeyda tarixiy obidalar bo’ylab sayohatlar uyushtirish bolalarning tasavvur doirasini, dunyoqarashini kengaytiradi, ahil guruhni shakllantirishda qo’l keladi. Umuman, mohir rahbar qanday yo’l bilan bo’lmasin, jamoani misoli inoq oilaga aylantiradi. Sog’lom muhit hukmron sinfda hamma bir-birini qo’llab-quvvatlaydi. Bola darslarda sustkashlikka yo’l qo’ya boshlasa, demak, oilada, o’rtoqlari orasida biror muammo yu­zaga kelgan yoki sog’ligi yomonlashgan bo’lishi mumkin. Bun­day vaziyatda sinf rahbari ota-onalar bilan ishlashi zarur. Ota-ona hamda o’quvchilarning ma’naviy-madaniy, iqtisodiy qiziqishlari bo’yicha so’rovnomalar o’tkazib, flkrlarini o’rganish kerak. Shunday ekan, sinflarning zimmasidagi mas’uliyatni chu­qur his eta oladigan har jihatdan munosib pedagoglarga biriktirish ta’lim-tarbiya samadorligini oshiruvchi muhim omillardan desak, mubolag’a bo’lmaydi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin