Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


Maktab o‘quvchilarining bilimga qiziqishini oshirish



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə21/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

Maktab o‘quvchilarining bilimga qiziqishini oshirish. Bolalarning bilimga va o‘quv mehnatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishning turli shakl va metodlaridan muvaffaqiyatli foydalanish hozirgi kunda maktablarimizda odat tusiga kirib qolgan bir holdir. Chunki o‘quvchilarning bilimga bo’lgan qiziqishini oshirishda har bir fandan o‘tiladigan dars samarali, qiziqarli, imkoni boricha muammoli va qolaversa, sermazmun bo’lsa, shak-shubhasiz, bu o‘zining yaxshi natijasini beradi. Bundan tashqari, har bir darsda ko‘rgazmalilik va texnika vositalaridan unumli foydalanilsa, o‘quv xonalari turli-tuman, fanga oid ko‘rgazmalar bilan jihozlansa, ozoda, pokiza bo’lsa, ko‘zlangan rnaqsadga erishiladi.

Uy vazifalarining bajarilishini tashkil etishda bolalarga yor­dam ko‘rsatish. Ayrim o‘quvchilarning yomon o‘qishlarining sababi uy vazifalarini bajarishni to‘g‘ri tashkil eta olmasliklaridandir. Bunday o‘quvchilar uy vazifalarini bajarishda saranjom-sarishtalikka ahamiyat bermaydilar, dangasalik qiladilar, tirishqoqlik bilan vazifa bajarishga intilmaydilar. Shuning uchun ayrim sinf rahbarlari “O‘qishni o‘rgan”, “To‘g‘ri yoz”, “Bilim – bizning qurolimiz” kabi ko‘rgazmalar tashkil qiladilar.
Sinf rahbarlari tomonidan bolalarga uy vazifalarini to‘g‘ri bajarishda yordam berish maqsadida tuzilgan quyidagi ko‘rgazma maqsadga muvofiqdir:

  • Har kuni uy vazifani kundalik daftarga batafsil yozib bor.

  • Uy vazifasinj ma’lum bir vaqtda bajarishga o‘rgan.

  • Vazifani maxsus darsxonangda tayyorla.

  • Ish joyingni to‘g‘ri tashkil qilishga o’rgan, stoldan ortiqcha narsalarni olib qo‘y.

  • Dars tayyorlashni o‘rta qiyinchilikdagi fandan boshlab, sekin-asta qiyin fanga o‘t, so‘ng oson fan vazifasini bajar.

  • 40-50 daqiqadan keyin 10 – 15 daqiqalik dam olish uchun tanaffus qil.

  • Dars tayyorlash vaqtida diqqatingni bo‘lma, radio eshitma, televizor ko‘rma, atrofdagi gaplarga aralashma.

  • Yozma ishlarni bajarganingdan keyin uni sinchiklab tekshirib chiq.

  • Agar notanish so‘z uchrab qolsa yoki masalaga tushunmasang, o‘qituvchidan, o‘rtoqlaringdan so’rab ol.

  • Har kuni ilgari o‘tilgan dars materialini qaytarib bor.

  • Darsni tayyorlab bo’lganingdan keyin dam ol, ochiq havoda aylan va uy ishlarida kattalarga yordam ber.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin