Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə3/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

3. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Tаrbiya mаzmuni dеgаndа, qo’yilgаn mаqsаd vа vаzifаlаr bilаn bоg’liqlikdа tа’lim оluvchilаrning egаllаshi lоzim bo’lgаn bilim, mаlаkа, e’tiqоd, shахs sifаti vа хаrаktеri, хulq-аtvоr tizimi tushunilаdi.

Tаrbiyaning umumiy vаzifаlаri:

  • jаmiyat а’zоlаrining mаqsаdgа yo’nаltirilgаn rivоjlаnishi hаmdа ulаrning qаtоr ehtiyojlаrini qоndirish uchun shаrt-shаrоit yarаtish;

  • jаmiyat rivоji uchun zаrur bo’lgаn ijtimоiy mаdаniyatgа mоs еtаrlichа hаjmdаgi “insоn kаpitаli”ni tаyyorlаsh;

  • mаdаniyatlаrni uzаtib turish оrqаli ijtimоiy hаyotning bаrqаrоrligini tа’minlаsh;

  • mа’lum jins yoshi vа ijtimоiy-kаsbiy guruhlаrning qiziqishlаrini hisоbgа оlgаn hоldа ijtimоiy munоsаbаtlаr dоirаsidа jаmiyat а’zоlаrining hаrаkаtini tаrtibgа sоlish.

4. Xorijiy mamlakatlarda ta’lim-tarbiya tizimi
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy tadqiqot muassasalari ish yuritmoqda. Germaniyada ularning soni 2000 dan ortiq. AQSH, Yaponiya, Frantsiya, SHvetsiya, Koreyada ta’lim – tarbiya nazariyasi bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitet, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqdalar. Ular faoliyatini turli xalqaro tashkilotlar, xalqaro ta’lim markazlari muvofiqlashtirib bormoqdalar. Ularning ko’pchiligini faoliyati o’quv dasturlarini takomillashtirish, rivojlantirish va qayta qurishga qaratilgan.
Rossiyaning boshlang’ich maktablarida ona tili va adabiyoti, matematika, atrof-muhit, san’at, ritorika, jismoniy tarbiya va mehnat tayyorgarligi, ayrim predmetlar tanlovga ko’ra, fakultativ mashg’ulotlar 1 sinfda 22 soat, 2 sinfda 25 soat, 3 va 4 sinflarda 27 soatdan darslar ko’zda tutilgan.
Boshlang’ich ta’lim shaxsni rivojlanishida asosiy yo’nalish:

  • Qiziqish madaniyatini;

  • Muloqat madaniyatini;

  • Axloqiy madaniyatini;

  • Estetik madaniyatini;

  • Mehnat madaniyatini;

  • Jismoniy tayyorgarlik madaniyatini oshirish ko’zda tutilgan.

Asosiy maqsad o’quvchini yozma, og’zaki nutqi, savodxonligini oshirish, keyingi sinflarda o’quv predmetlarini o’zlashtirish uchun ko’nikma va malakalarini rivojlanishiga zamin yaratiladi.
Umuman hozirgi paytlarda xorijiy mamlakatlarda o’quv dasturlariga integratsiyalangan kurslarni kiritish tobora keng tus olib bormoqda. SHu sababli integratsiyalashgan dasturiy kurslari boshlang’ich sinflardanoq o’quvchining u yoki bu kursga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirish uchun alohida predmetlarni chuqurlashtirib o’qitish tavsiya qilinmoqda.
Iqtisodiy jixatdan rivojlangan mamlakatlarda mehnat ta’limi hamda kasbga yo’naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning eng e’tiborga loyiqlari – shu ta’lim bo’yicha o’quv dasturlarini kengaytirish; professionalizmga yuz tutish; kuchli moddiy bazani barpo etish yo’lidir.
G’arbiy Yevropada bu sohada o’ziga xos innovatsion yo’nalishlar paydo bo’ldi. Masalan, Frantsiyada mehnat ta’limiga ajratilgan o’quv soatlari 1,5 barobar oshirildi. Buyuk Britaniyada “Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash” akti qabul qilingan. SHu aktga muvofiq maktablar bir qancha sohalar bo’yicha majburiy kasblar dasturlarini o’zlashtiradilar.
Mehnat ta’limi bilan bir qatorda kasbga yo’naltirishga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Dars soatlarida predmetlar kesimida o’qituvchilar kasb yo’nalishlari bo’yicha konsultatsiya punktlarida ish olib boradilar.
Xorijdagi ta’limning rivojlanishini quyidagi yo’nalishlarda olib borilmoqda:

  • Maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik ishlarini kuchaytirish.

  • O’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish.

  • Tarbiyaning yangi – yangi formalarida – o’quvchilar kengashi, maktab kengashlarida tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish, o’zini – o’zi boshqarish.

  • Maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasi – integratsiyasini mustahkamlash, takomillashtirish.

  • Maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish.

  • Tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga qo’yish, maxsus o’quv muassasalarini (ham iqtidorli, ham jismoniy, aqliy zaif o’quvchilar uchun) rivojlantirish.

  • Yangi – yangi informatsion – axborot texnologiyalarini joriy etish, ularni ta’limdagi salmog’ini oshirish, o’quvchini mustaqil o’qish, fikrlashini yo’lga qo’yish.

  • Sinf – dars tizimini zamonaviylashtirish, yangi texnologiya, interfaol o’qitish metodlari va innovatsiyalarni yo’lga qo’yish.

  • Innovatsion pedagogik g’oyalarni amalga oshirishda eksperiment tadqiqotlarni keng yo’lga qo’yishdan iborat.

Xorijiy mamlakatlardagi ta’lim tendentsiyasi shulardan iborat.
Endi bir qator xorijiy mamlakatlarda boshlang’ich ta’limni tashkil etilish tajribalariga to’xtalamiz.
AQSHda boshlang’ich maktab
AQSHning ta’lim tizimi tuzilishi quyidagicha:

  • Bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari.

  • 6 yoshdan 13 yoshgacha 1-8 sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar

  • 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar, 9-12 sinflardan iborat o’rta maktablar.

Boshlang’ich maktab
Boshlang’ich maktablarga bolalar 6 yoshdan boradilar va ularning vazifalari bolalarga to’laqonli bilim, ta’lim-tarbiya berish, ularning umuminsoniy, axloqiy xislatlariga ega bo’lib shakllanishini ta’minlashdan iborat.
Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan o’quv predmetlari va dasturlari bolalarning tabiatiga moslashgan bo’lib, ular o’quvchilarning umumiy savodxonligini (o’qish, yozish, so’zlash) ta’minlab berishdan tashqari ma’lum darajada kasb yo’nalishiga ham ega bo’ladilar.
Sinfdan – sinfga ko’chirish o’quvchining o’qish tezligi, yozuvi, xusnixati, arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san’at kabi predmetlarni boshlang’ich sinf dasturi hamda darsliklari doirasida qanday o’zlashtirib olganligiga qarab belgilanadi.
Amerika maktablarida o’quv – tarbiya ishlari bilan bog’liq masalalarni to’laligicha har bir shtat o’ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega. SHu bois boshlang’ich maktablarda o’quv davomiyligi turli shtatlarda turlicha belgilangan. Ya’ni boshlang’ich ta’lim 4, 5, 6, 8 yillik bo’lishi mumkin. O’quvchilar shu davr ichida ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiena, matematika, hunarmandchilik va san’at, badantarbiya va sport fanlaridan saboq oladilar.
Odatda o’quvchilarga dastlabki 6 yil davomida barcha o’quv predmetlari bo’yicha bir o’qituvchi bilim beradi. Keyingi 6 yil ichida esa har bir o’quv predmeti bo’yicha alohida o’qituvchi belgilanadi.
AQSH maktablarida o’qishlar har bir o’quvchi uchun faxr – iftixor bo’lishiga, o’quvchi bilish imkoniyati, nuqtai nazariga ishonch xissini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. O’quvchilarni maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo’lib qolishlari favqulotda salbiy holat hisoblanadi.
O’quvchini boshlang’ich ta’lim bosqichidanoq, o’quvchilar uchun turli to’garaklar, sayohatlar tashkil etiladi, xilma – xil ko’ngilochar tadbirlar o’tkaziladi. Lekin ular pullik bo’lib, unga oila byudjetining 10-16 foizi sarflanadi. Qo’li qisqa oila farzandlariga bu borada ba’zi imtiyozlar beriladi.
Ayrim maktablar o’quvchilarning o’quv predmetlarini o’zlashtirishlarida eng yangi o’quv vositalarini qo’llagani va o’rganilayotgan darslar programmalashtirishi tufayli katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdilar. Maktablarda qo’llanishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (poligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar), ta’lim televideniyasi, qo’lda ko’tarib yuriladigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, video uskunalar, kompyuterlar va hakozolardan iborat.
Yaponiyada boshlang’ich ta’lim
Ta’limning bosh pog’anasiga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadi. 1908 yildan boshlab, Yaponiyada boshlang’ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirilgan. Ta’lim – tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladi. 6 yillik boshlang’ich maktab va 3 yilgacha kichik o’rta maktab kursini o’taydi. 9 yillik ta’lim majburiy bo’lib, barcha bolalar bepul o’qitiladilar va tekin darsliklardan foydalanadilar.
Turli ta’limiy ko’nikmalarni bolalar ongiga singdirish yapon maktablariga xos fazilatdir. Masalan, 2 sinf o’quvchisi ko’pchilik oldida nutq so’zlash qobiliyatiga ega bo’lishi, 6 sinf o’quvchisi esa kamida 2 ta cholg’u asbobida kuy chala bilishi, boshlang’ich sinf o’quvchisi suvda bemalol suza olishi kerak. Mana shulardan kelib chiqib, yapon muallimi nimalarni o’rgatishi lozimligini bilsa bo’ladi. O’qituvchi cholg’u asboblarida kuy chalishi, qo’shiq aytishi, notiqlik san’atini egallagan va yaxshi sportchi bo’lishi talab etiladi.
Yaponiyaliklar to’g’ri va halol, sog’lom turmush tarzini qadrlaydilar. 1 sinfdan to 9 sinfgacha axloqiy tarbiya maktab faoliyatining zaruriy shartidir. O’qituvchi o’z o’quvchilari bilan birga bo’lish uchun ko’proq vaqtini ajratadi.
Yapon bolalari tashkilotchilik ishlariga ham maxsus o’rgatiladilar. Bolalarning o’zlari ekskursiyalar uyushtiradilar, majlislar tayyorlaydilar va o’tkazadilar. Bolalar xulq – atvoridagi barqarorlik Yaponiyada bebaho boylik va qadriyat sanaladi. Bolalarning o’zlari o’qish – o’zlashtirish, o’z – o’zini tarbiyalashni muhokama qiladilar.
Axloqiy normalar aniq ishlab chiqilib, uni ro’yobga chiqarish uchun darslarning ma’lum bir qismi ajratiladi. Axloqiy jixatdan aybdor bola uchun eng oliy jazo o’qituvchining o’quvchidan ixlosi qaytishi bo’lib, bu ixlosni qaytadan barpo etish uchun o’quvchi va uning ota-oansi ancha – muncha hamkorlikda ishlashi kerak.
Yaponiyada har bir vakant o’rniga 5 davogar o’qituvchi to’g’ri keladi. O’qituvchilarning mavqei juda baland. Yapon maktab o’qituvchilarinng olayotgan maoshi amerikaliklarinikadan biroz ortiq. Bukoviev “Yaponiyada o’qituvchi – shoh va xudodir” degan fikrni bildiradi.
Yapon o’qituvchisi o’quvchining eng yaqin maslakdoshi, maslahatgo’yi, murabbiysidir. O’qituvchi o’z o’quvchisi bilan hatto ta’til paytlarida ham aloqasini uzmaydi.
Yaponiyada o’qituvchi kadrlar tayyorlash sifatiga juda katta talablar qo’yadilar. Ular o’z kasb – mahoratlarini takomillashtirish ustida tinimsiz izlanishlar olib boradilar, har yili ishga tushishlaridan oldin 7-10 kun kunduzgi tayyorlov kurslaridan o’tadilar.
Ota-onalar maktab hayotining barcha sohalarida faol ishtirok etadilar. O’z farzandlariga barcha sohada o’rnak – namuna ko’rsatadilar. Ular bolalari o’qishida yordam berish uchun juda ko’p o’qiydilar, maktab dasturlarini mukammal o’rganib oladilar.
Bolalar tarbiyasida onalarning roli va mas’uliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining oqil, dono, muloyim, odil, mehnatsevar bo’lib o’qishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o’zlarini mas’ul deb hisoblaydilar. Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko’plab metodik qo’llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko’plab metodik maslahatlar berib boriladi.
Maktabdagi tarbiya yoshidagi bolalar uchun ota-onalar oyiga o’rtacha 2-3 ta kitob oladilar. SHu yoshdagi bolalar uchun oyiga 40 nomdan ortiq jurnallar nashr qilinadi. Ota-onalarning mutlaq ko’pchiligi bu jurnallarga obuna bo’ladilar. Bolalar maktabga borgunga qadar o’qishni, yozishni, oddiy hisoblash ko’nikmalarini egallaydilar. Tayyorlov kurslariga qatnaydigan 4 yoshlik yapon bolalarining 90% harf va sonlarni biladilar, chunki uylarida o’rganadilar.
Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U mukammal, yon tomonida muxofazalangan qurilma bo’lib, parta ustida kitob javoni, yoritgich, soat, qalam, qog’oz, mikrokalkulyatorlar va boshqa zaruriy ashyolar, kerak bo’lib qolganda ota-onasini chaqiradigan signal tugmachalari o’rnatilgan.
Xulosa qilib aytganda, Yaponiya ta’lim tizimi islohati asosiy uchta fundamental g’oya – baynalmilantirish, informatizatsiya va to’laqonli shaxsni tarbiyalash va shaklalntirishni tashkil etadi.
Frantsiyada boshlang’ich ta’lim
Frantsiyada ta’lim tizimining dastlabki bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni “onalar maktabi” deb ham yuritiladi. Bundan ko’zlangan maqsad, bolalarning maktabdagi sharoitini uy sharoiti bilan uyg’unlashtirish, ularga oiladagi iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Ularni mustaqil holda ham, maktablarning boshlang’ich sinflari bazasida ham tashkil qilinadi.
Frantsiya ta’limida bolalarning go’daklik chog’idayoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. Ular uch bosqichda tayyorlanadi.

  • Kichik guruh – 2 yoshdan 4 yoshgacha

  • O’rta guruh – 4 yoshdan 5 yoshgacha

  • Katta guruh – 5 yoshdan 6 yoshgacha

5-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo’lib, Frantsiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan.
Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar, qo’llanmalar mavjud. Frantsiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb etiladi. Boshlang’ich maktablar fuqarolarning qanday millatga, boshqa fuqaroliklarga mansub bo’lishidan qat’iy nazar majburiy va bepuldir.
Boshlang’ich maktab bosqichiga qo’yiladigan asosiy talablar o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iborat.
Frantsiya ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chet el fuqarolariga mansub kishilarning farzandlariga ularning vatani, xalqi, tarixi, tili va adabiyotini o’rganish uchun fakultativ kurslar tashkil etish ham ko’zda tutiladi.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin