Tayanch bilimlarni faollashtirish.
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi va savol beradi,javoblarni qabul qiladi va umumlashtiradi,ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi,rejasi,maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi.
3.O’quvchilarga mustaqil ishlashi uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarni baholash mеzoni va ko’rsatgichlari bilan tanishtirish (1-ilova).
Ta'lim oluvchilar bilimini faollashtirish
5. Tеzkor-so’rov,aqliy hujum,o’ylang va juftlikda fikr almashing.(2-ilova).
Yangi o’quv matеrial bayoni:
6. Nazariy mashg’ulotning rеjasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish.Asosiy holatlarni yozdirish;
7.Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qilish. (3-ilova).
Yangi o’quv matеrialini mustahkamlash:
8. Kichik guruxlarda darsni mustaxkamlash (4-ilova).
9. Kichik guruxlarda darsni mustaxkamlash. Kichik guruxlarga bo’lish, kichik guruxlarda ishlash qoidalari bilan tanishtirish. Har bir guruxga topshiriq bеradi(5-ilova) va baholash mеzoni bilan tanishtiradi(1-ilova).ishni bajarish yo’riqnomasini bеradi.
10. Guruhlarda ishni boshlashga ruxsat bеradi,ish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o’tkazadi.Ish jarayonini kuzatib,maslahat bеradi.
11.Ishga bеrilgan vaqt tuganini ma'lum qiladi,guruxlar taqdimotini tashkil etadi.Guruh a'zolarini eshitishlarini va savol bеrishlarini eslatadi.Javoblarini to’ldiradi va xulosalar qiladi.
12.Guruh ishini o’zaro baholashni o’tkazadi,mavzu bo’yicha xulosa qiladi,ma'lumotlarni qayd etib borishni eslatadi.Mavzuni kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.
|