Telekommunikatsiya texnologiyalari



Yüklə 87,39 Kb.
səhifə30/45
tarix02.01.2022
ölçüsü87,39 Kb.
#45896
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
2 5233399753047285202

Ikkinchidan, foydalanuvchi parolni kiritishi jarayonida, kuzatish orqali ham kiritilayotgan belgilarni ilg’ab olish mumkin.
Uchinchidan, agar foydalanuvchi parol qo’yishda murakkab, uzundan-uzoq belgilardan foydalanadigan bo’lsa, uning o’zi ham ushbu parolni esidan chiqarib qo’yishi extimoldan holi emas.
Va nihoyat, hozirda ixtiyoriy parollarni buzuvchi dasturlarning mavjudligi ko’zga tashlanib qoldi.
Yuqoridagi kamchiliklardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, axborotni himoyalashning parolli printsipidan foydalanish to’la samara bermayapti. Shu sababli ham hozirda axborotlardan ruxsatsiz foydalanishni cheklashning biometrik usullarini qo’llash dunyo bo’yicha ommaviylashib bormoqda va ushbu yo’nalish biometriya nomi bilan yuritilmoqda.
Biometriya – bu insonning o’zgarmaydigan biologik belgilariga asosan aynan o’xshashlikka tekshirishdir (identifikatsiya). Hozirda biometrik tizimlar eng ishonchli himoya vositasi hisoblanadi va turli xil maxfiy ob'ektlarda, muhim tijorat axborotlarini himoyalashda samarali qo’llanilmoqda.
Hozirda biometrik texnologiyalar insonning quyidagi o’zgarmas biologik belgilariga asoslangan: barmoqning papillyar chiziqlari, qo’l kaftining tuzilishi, ko’zning kamalak qobig’i chiziqlari, ovoz parametrlari, yuz tuzilishi, yuz termogrammasi (qon tomirlarining joylashishi), yozish formasi va usuli, genetik kodi fragmentlari. Insonning ushbu biologik belgilaridan foydalanish turli xil aniqliklarga erishishga imkon beradi. Biz ushbu maqolada hozirda keng qo’llanilayotgan barmoq izlari va qo’l kaftining tuzilishi bo’yicha insonni tanish masalalariga to’xtalib o’tishni lozim topdik.

Yüklə 87,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin