7
1-MAVZU:
FANNING ASOSIY MAQSADI
VA VAZIFALARI
Reja:
1.
Metrologiyaning maqsad va vazifalari. Metruk tizim
haqida.
2. Metrologiyaning rivojlanish tarixiga oid ma’lumotlar.
3. Qadimiy, quhna o‘lchovlar va o‘lchash birliklari.
4. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar.
Tayanch iboralar:
metrologiya, amaliy metrologiya, nazariy metrologiya,
qonunlashtiruvchi metrologiya, metrik tizim, o‘lchash, antropometrik.
1. «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fanining maqsad
va vazifalari
«Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fani texnikaviy
ta’lim yunalishlarida bakalavrlar va mutaxassislar tayyorlashda o‘tilishi
lozim
bo‘lgan fanlardan biridir. Oliy ta’lim standartlaridan kelib chiqib,
ushbu fan
talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha
zarur
va yetarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
Metrologiya so‘zi ikkita grek so‘zi
μετρоν – o‘lchov
va
λоγоζ – fan
degan
so‘zlarni anglatib,
o‘lchovlar to‘g‘risidagi fan, o‘lchovshunoslik
demakdir.
Quyidagi 1 – rasmda metrologiya va u shug‘ullanadigan masalalar sxema
ko‘rinishida berilgan.