Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish
asoslari” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning zamonaviy usullaridan
foydalanish, yangi informatsion va pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish
muxim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy
qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, texnologiyalar majmuasi, elektron materiallar,
virtual stendlar va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy darslarida mos
ravishdagi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.
7
1-MAVZU:
FANNING ASOSIY MAQSADI
VA VAZIFALARI
Reja:
1.
Metrologiyaning maqsad va vazifalari. Metruk tizim
haqida.
2. Metrologiyaning rivojlanish tarixiga oid ma’lumotlar.
3. Qadimiy, quhna o‘lchovlar va o‘lchash birliklari.
4. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar.
Tayanch iboralar:
metrologiya, amaliy metrologiya, nazariy metrologiya,
qonunlashtiruvchi metrologiya, metrik tizim, o‘lchash, antropometrik.
1. «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fanining maqsad
va vazifalari
«Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fani texnikaviy
ta’lim yunalishlarida bakalavrlar va mutaxassislar tayyorlashda o‘tilishi lozim
bo‘lgan fanlardan biridir. Oliy ta’lim standartlaridan kelib chiqib, ushbu fan
talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha zarur
va yetarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
Metrologiya so‘zi ikkita grek so‘zi
μετρоν – o‘lchov
va
λоγоζ – fan
degan
so‘zlarni anglatib,
o‘lchovlar to‘g‘risidagi fan, o‘lchovshunoslik
demakdir.
Quyidagi 1 – rasmda metrologiya va u shug‘ullanadigan masalalar sxema
ko‘rinishida berilgan.
|