Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix27.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#199323
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
XUDAYBERDIYEV DOSTON ABDULLA O‘G‘LI

2.3 Voleybolchining tezkorligi 
O’yinchi xarakat faoliyatining tezligi birinchi navbatda xarakatlarni 
koordinatsiya qiluvchi markaziy nerv sistemasining faoliyatiga munosib bo’lishi 
lozim. Voleybolchining tezkorligi aniq reaksiya tezligida, jadal siltanishda hamda 
to‘p bilan, to’psiz texnik usullarni bajarish tezligida aniq ifodalaydi. Tezkorlikni 
rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosepedda uchish va shunga 
o’xshash har xil maksimal darajaga yetkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis 
oshirib 
borib, 
xarakat 
amplitudasini 
kattalashtirish 
lozim. 
Tezkorlikni 
rivojlantirishga yordam beradigan yana ko’pgina mashqlarni keltirish mumkin: 
-
yonboshlab, orka bilan jadal yugurishni bajarish: 
-
tizzani yuqoriroq ko’tarib va qadamlarni maksimal chastotada qo’yib 
yugurish: 
-
25-80 m masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab xarakat qilish; 
-
maksimal chastotada aylantiriladigan kalta va uzun arg’amchi bilan 
sakrash, aylanib turgan arg’amchi tagidan yoki ustidan yugurib o’tish; 
-
o’rta masofaga yugurayotganda tempni to’satdan o’zgartirish; 
-
dastlabki yugurib borishdan so’ng 20-30 m masofada maksimal tezlikka 
erishish; 
Siltanish va tez yurishlar xar xil estafetalarda musobaqa uslubi bilan 
o’tkazilgani ma’qul. Bir mashg'ulotga muljalangan tezkorlikni rivojlantirishga 
qaratilgan trenirovka ishining hajmi uchun katta bo'lmasligi kerak. 
KUCH - bu tashqi qarshilikni yengish yoki «ushlab» turish ma’nosini 


28 
anglatadi. Kuch ikki turga bo'linadi: dinamik kuch va statik kuch. Dinamik kuch - 
bu o'zgaruvchan kuch. Statik kuch - bu bir xil vaziyatda ijro etiladigan kuch. 
Statik kuch 3 ga bо‘linadi : 
-
«yengib» olinadigan statik kuch: Masalan: yerda yotgan og‘ir toshni 
kcrtarib olib ushlab turish 
-
bir xil vaziyatda «saqlab» turiladigan statik kuch. Masalan: shu toshni bir 
xil holatda ushlab turish. 
-
qarshilikni «yenga olmaydigan» statik kuch. Masalan: shu tosh o‘ta og’ir 
bo’lgani sababli uni ko’tarish imkoniyati yo‘q. Lekin mushaklar taranglashadi va 
statik ish bajarib turadi. 
Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ortiqcha zo’riqish bilan bog’liq bo’lmasligi 
kerak, kuchlanish hollaridan umuman voz kechish maqsadga muvofiq. Bunday 
moxiyatga ega bo’lgan mashqlarni uncha og’ir bo’lmagan anjomlar bilan katta 
tezlikda bajargan ma’qul. 
Qiz bolalar guruhida bunday mashqlarni qo'llash alohida nazorat va 
ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. 
Tayyorgarlikning mazkur bosqichida chaqqonlikni rivojlantirish o'yin 
malakalarining texnikasini o'zlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bu sifatni tarbiyalash - turli to'plar bilan mashq qilish, gimnastika, 
akrobatika, sport o'yinlariga oid mashqlar yordamida amalga oshiriladi. 
Bunday mashqlarni asta - sekin murakkablashtirib borish zarur. 
Kuch zamonaviy sport trenirovkasi amaliyotida sportchining eng muhim 
jismoniy fazilatlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Chunki kuch ma’lum darajada 
o'yinchining maydonda xarakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi 
darajasini belgilaydi. 
Kuch 
O

Z
xarakteriga ko'ra: nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid» 
bo'lishi mumkin. 
Absolyut kuch - mushak (yoki mushaklar guruxi) o‘z og'irligidan qat’iy 
nazar qiskargan vaqtda maksimal kuchning rivojlanishi. 
Nisbiy kuch - o'yinchi tanasi og'irligining bir kilogrammiga tug'ri keladigan 


29 
miqdor. 
Portlovchi kuch - sport mashqi yoki o'yin harakati sharoitida 
reglamentlashtirilgan minimal vaqt ichida katta kuchlanishga erishishi qobiliyatini 
bildiradi. Bu kuchni voleybolchilar sakrashda, to'p kiritishda, zarbli urishda, tusiq 
qo'yishda aniq amalga oshiradilar. Shuningdek, «portlovchi» kuchning darajasi 
mushakning reaktiv qobiliyatiga bog'liq bo'ladi. Ishlayotgan mushaklar zarba bilan 
mexanik cho'zilgandan keyinrok muskul qisqarish samarasi yordamida katta 
xarakat kuchlanish xosil bo’ladi. Ko’zgalgan mushaklarning elastik o’zgarishni 
chaqiradigan dastlabki cho’zilish ularda kinematik energiyani o’ziga olishi tufayli 
bo’ladigan ayrim kuchlanish potensialining jamg’arilishini ta’minlab beradi. 
Sport mashg'ulotlarida muskullar o‘z uzunligini o'zgartirmasdan (statik, 
izometrik rejim) va o‘z uzunligini qisqartirgan holatda kuch ko'rsatadi. 
Mushaklar cho'zilganda ustun keladigan va to'siqsiz rejimlar birgalashib 
«dinamik rejim» tushunchasini hosil kiladi. Kuchni tarbiyalash jarayonida kuch 
qobiliyatlarning barcha turlarini rivojlantirish kerak. 
Kuchni og'irliklardan foydalanish xarakteri bo'yicha rivojlantirishga 
qaratilgan mashqlarni ikki guruhga bo'lish mumkin: tashqi og'irlanish yoki 
qarshilanish va o‘z og'irligi yoki badanning qisman og'irligi orqali bajariladigan 
mashqlar. 
Mashqlarning 
birinchi 
guruxi 
voleybolchining 
muskullarini 
rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. Og'irlanishlar va qarshiliklardan 
(gantellar, yadrolar, to'ldirma to'plar, og'ir toshlar, shtanga, raqibning og'irligini va 
qarshiligini yengish, espanderlar va xokozo) keng ko'lamda foydalanish va ularning 
turli tumanligi trenirovka nagruzkasining xajmini va intensivligini belgilab berishga 
sharoit yaratadi. Bunday kerakli mashqlar muskullar guruhining rivojlanishiga 
qaratilgan bo'lib u sportchini tezda katta kuchlanishlardan to'liq bo'shatish 
qobiliyatiga o'rgatishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda sherigi tomonidan 
ko‘rsatiladigan xar xil qarshiliklar orqali bajariladigan mashqlar sportchilardan 
katta iroda kuchini talab qiladi. Negaki ular fakat kuchdagina musobaqalashib 
qolmasdan, shu kuchdan oliy darajada samarali foydalana olishda ham 
bahslashadilar. 


30 
Ikkinchi guruh uchun o‘ziga xos, bu snaryadda bajariladigan gimnastik 
mashqlar. Arqonga chiqish, o'z vaznini kuch bilan ko'tarish, o'tirish -turishlar, 
oyoqlar tizzalari yarim bukilgan holatda yurish va xokozolar hisoblanadi. O'z 
og'irligiga qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar o'yinchilar uchun asta - sekin 
bajarishdan tez bajarishga oddiydan murakkabga o'tishga imkon yaratadi. Bu 
mashqlarni bajarishda muskul guruhlari ishga qanchalik kam jalb qilingan bo'lsa, 
badanning siljish yo’li qanchalik qisqa bo’lsa va badanning kamrok qismi og’irlik 
bo’lib qarshilansa, ularni shunchalik ko’prok takrorlash lozim. 
Oyok va tana kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan bosqichma- 
bosqich oshib beruvchi rejimda bajariladigan mashqlar samarali mashqlar 
hisoblanadi. Ana shunday mashqlardan biri - yelkaga qo’yilgan shtanga bildan 
o’tirib turish - tipik mashqdir. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin