Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi


 Hujum texnikasi. Holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix27.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#199323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
XUDAYBERDIYEV DOSTON ABDULLA O‘G‘LI

 
1.2 Hujum texnikasi. Holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar 
Holatlar. Voleybol o'yinida o'yinchilar to'p bilan qisqa vaqt ichida harakat 
qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o'yin sharoitida o'yinchi to'p bilan o'ynashi 
uchun yuqori tayyorgarlik ko'rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat 
usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak. 
Hujum zarbasini berish va to'siq qo'yishda - baland, o'yinga kiritilgan to'pni 
qabul qilishda - o'rta, hujum zarbasini yoki to'siqdan pastlab qaytgan to'pni qabul 
qilishda - past (3-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy og'irlik 
markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bogiiq bo'ladi. Shuni ham 
ta'kidlash o'rinliki, o'yinchining bo'yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga 
sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bo'lishi 
kerakki, bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va 
faoliyat ko'rsatish imkoniyatini bera olsin. 
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo'llanilish xususiyatiga qarab statik 
(o'yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga 
o'tkazish bilan to'pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to'siq qo'yishni 
kutishda) holatlarda bo'ladi. Bu turish holatlarida qo'llar bel barobarida, barmoqlar 


10 
kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo'ladi. Gavda erkin holatda 
bo'lishi kerak
3

Harakatlanish. O'yinchi ma'lum bir texnik usulni bajarish uchun maydon 
bo'ylab harakatlanadi. Bunday usul va o'yinning vaziyatiga bog'liq holda, qadam 
tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli 
harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan 
harakatlar birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bo'ladi. Yon 
tomonga qadamlashdan ko'p hollarda katta bo'lmagan masofani bosib o'tish bilan 
to'siq qo'yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki to'siqdan o'z yo'nalishini 
o'zgartirib qaytgan to'pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli 
harakat yo'nalishiga yaqin bo'lgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish 
3
Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild)/ Toshkent / «NAVRUZ» nashriyoti, 2017. - 400 
bet 


11 
bilan bo'ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qo'llaniladi. 
Ko'rib chiqilgan harakatlardan ko'p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi. 
Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga 
tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi 
kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta'minlashi 
darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat'i nazar, dastlabki holatlar birmuncha 
statikligi bilan farqlanadi: to'pni uzatishdan oldin (4 a-rasm), pastdan to'pni qabul 
qilishda (rasm), to'siq qo'yishda (4 v-rasm) va hujum zarbasini berishda (4 g-rasm). 
rasm.
Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay sharoit 
yuzaga keltiriladi. To'pni: tayanch holatdan ikki qo'llab, sakrab ikki qo'llab, sakrab 
bir qo'llab, orqaga yiqilib turib ikki qo'llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan 
voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi. 
Yo'nalishi bo'yicha to'p uzatishlar (to'p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha 
bo'ladi: oldinga, o'z ustiga, orqaga. 
Uzunligi bo'yicha: uzun - zonalar osha; qisqa - zonadan zonaga; qisqartirilgan 
- zona doirasida. 
Balandligi bo'yicha: baland -2m dan yuqori, o'rtacha -2m gacha, past - 1 m 
gacha. Yuqoridagi ko'rsatkichlarga bog'liq holda to'pga sekin, tez va katta tezlanish 
beriladi. To'pni to'rga yaqin - 0,5 m gacha va uzoq - 0,5 m dan ortiq masofada 
berish mumkin. 


12 
To'pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo'lning to'pga qarama-qarshi 
harakati, amortizatsiya va to'pni yo'naltirishdan iborat bo'ladi. Dastlabki holatdan 
to'p tomon harakatlangandan so'ng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining 
bukilish darajasi to'p yo'nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog'liq holda, 
oyoq kafflari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo'lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz 
oldinda bo'ladi. Qo'llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan 
bo'ladi (rasm). 
Qo'llar to'p bilan yuz tepasida to'qnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy 
nagruzkani qabul qiladi, ko'rsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy bo'ladi. 
O'rta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan to'pni yon tomondan 
ushlab turishga xizmat qiladi. To'pga yo'nalish berishda qo'l, oyoq va gavda 
mushaklarini kuchlanishi o'zaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda 
gavdaning UOM birmuncha yuqoriga-oldinga ko'chadi va gavdaning og'irligi ikki 
oyoqning uchiga tushadi. Qo'llar to'pni uzatish oxirida to'liq to'g'rilangan holatda 
bo'ladi. 
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, to'p baland berilganda 
yoki to'pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to'p uzatish usulidan 
foydalaniladi. Bu holatda qo'llar bosh ustidan birmuncha baland ko'tariladi va 
qo'llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to'p uzatiladi. 
Xuddi shu holatda qisqa to'p uzatishda asosiy harakat qo'l barmoqlarining faol 
ishlashi hisobiga amalga oshiriladi (6-rasm). 


13 
To'pni orqa tomonga (mo'ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda o'yinchi 
to'pning tagiga kirib boradi. Bunda qo'lning orqa kaft qismi bosh orqasigacha 
ko'tariladi. To'p uzatish qo'llarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga bajariladi, 
gavda orqaga-yuqoriga harakatlanadi, bunda harakat umurtqa pog'onasining ko'krak 
va bel qismlarining bukilishi hisobiga bo'ladi (7-rasm). Sakrab orqaga to'p uzatish 
xuddi tayanchholatda orqaga to'p uzatish kabi bajariladi. To'p uzatishning eng 
murakkab usuli bu sakrab bir qo'l bilan to'p uzatishdir. Bu usul to'p to'r ustiga kelib 
qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qo'l tirsaklarda bukilib, oldinga 
chiqariladi (8-rasm). Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib, tarang holga 
keltiriladi. To'p uzatish tirsak bo'g'inining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin