Chok haqidan 2-3 mm 0,7 mm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi.
|
1.5. Belbog’ uchlarini o’ngiga ag’darish.
|
Dukcha.
| |
Belbog’ uchlari dukcha yordamida o’ngiga ag’dariladi.
|
1.6. Belbog’ uchidagi ziylarni ko’klash.
|
Igna, ip.
| |
Belbog’ uchlarining ziylari maxsus mashinada yoki qo’lda to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klanadi.
|
1.7. Belbog’ni dazmollash.
|
Dazmol.
| | Belbog’ uchlari va belbog’ni o’rtasidan uzunasi bo’ylab bukib dazmollanadi. Ko’klangan qaviqqator iplari izma ochib bo’lgandan keyingina so’kib tashlanadi. |
II. Belbog’ni yubka yuqori qirqimiga ulash
|
2.1. Yubka yuqori qirqimiga belbog’ni biriktirib tikish.
|
Universal mashina.
|
| Yubkani o’ngiga belbog’ni o’ngini qaratib, qirqimlarni, kertimlarni to’g’rilab to’g’nog’ichlar bilan to’g’nab qo’yiladi va 1 sm biriktirma chok bilan biriktiriladi. Belbog’ni biriktirayotganda, yubka old bo’lagining yon qirqimiga 2 sm yetkazmay, ilmoq qo’shib tikiladi. Ilmoq uzunligining tayyor holati 6-12 sm. |
2.2. Belbog’ ulangan chokni belbog’ tomonga yotqizib sirmalash va dazmollash.
|
Dazmol, ip, igna.
| |