Tibbiyot institutlari talabalari uchun


VIII Bob Endokrin tizimi va modda almashinuvi



Yüklə 7,49 Mb.
səhifə34/43
tarix12.08.2023
ölçüsü7,49 Mb.
#139224
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Tibbiyot institutlari talabalari uchun

VIII Bob Endokrin tizimi va modda almashinuvi.
Endokrin sistema to’grisida tushuncha .
Endokrinologiya - ichki sekresiya bezlaining faoliyati ,ularning boshqarilishi ,to’qima metabolizmi jarayonida qatnashishi ,bir yoki bir necha tur gormonlarning etishmovchiligi yoki me'yoridan ortiq ishlab chiqadigan kasalliklar ularning diagnostikasi, davolashni o’rganadigan fan.
Endokrinologiya so’zi grekcha 'endon'-ichki, 'krinen'-ajratmoq, 'logos'-fan sozlarining birikmalaridan hosil bolgan.
Bu terminni birinchi bor 1909 yilda italyan olimi Pende qo’llagan.
Gormon so’zi esa ilgariroq 1905 yilda Beylis va Starling tomonidan ishlatilgan bolib ular ichki sekresiya bezlarining mahsulotearini shunday nomlashgan(grekcha gormon- ta'sirlayman, qo’zg’ataman degan ma'noni bildiradi).
Inson tanasida 8ta secretor organlar bo’lib, ulardan 7tasi faqat ichki sekresiya :gipofiz ,epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezlari, ayrisimon, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va oshqozon osti bezi endokrin qismi. Gormonlar faqat periferik endokrin bezlarida emas, balki gipotalamus va gipofizda ham ishlab chiqariladi.
Gipotalamusda gipofizning tropin gormonlarning sekretsiyasini regulyasiya qiluvchi gormonlar- liberinlar ishlab chiqariladi.
Gipofizdan aralib chiquvchi gormonlar periferik ichki sekretsiya bezlariga ta'sir etib ularning faoliyatini muvofiqlaydilar.Endokrin bezlar va ularning agratadigan gormonlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Garmonlarning sintezi va sekretsiyasi bir necha qismlardan iborat bo’lib: u qonda aylanib yuruvchi gormonlar, gipofizning tropin gormonlari va lirizing gormonlaridir
Periferiyadagi gormonlar miqdori quydagi mexanizm bilan boshqariladi: ya'ni qondagi gormonlar giperproduksiyasi gipotalamusdan liberin gormonlarni ham ishlab chiqarilishiga , unga hos tropin gormonlarining giposekretsiyasiga, ular esa periferik gormonlarni regulyasiyasini amalga oshiradi. Qonga ajralgan gormonlar plazma oqsillari bilan birikib, qondagi gormonlarni ba'zi qismini nofaol ravishda saqlab turadi, va transport vasifasini bajaradi.

Endokrin beslar va ularning gormonlari. jadval-1




Endokrin beslar


Gormonlar va ularning nomenklaturalari
(Yangi)

Gormonlar va ularning nomenklaturalari
(O'zgartirilgan)

Gipofiz oldingi bo'lagi (adenogipofiz)

Kortikotropin, Somatotropin Tirotropin, Follitropin, Lyutropin, Prolaktin(prl)

Adrenokortikotrop(aktg), somatotrop, (stg) tirotrop (ttg) follikulostimullovchi (fsg) lyutinirlovchi (ltg) laktatrop (ltg)

Oraliq qismi

Melanotropin

melanostimullovchi (msg)

Orqa qismi (neyrogipofiz)

Vasopressin (vp) Oksitotsin (okst)

antidiuretik (adg) oksitotsin (okst)

Epifiz

-

Melaninadrenoglomerulo-tropin

Qalqonsimon bez

tiroksin, triyodtironin,

tiroksin, triyodtironin,

Qalqonoldi bez

kalsitonin

tirokalsitonin

Ayrisimon bez(timus)

paratirin

paratgormon

timozin

tsf

Oshqozon-osti bezi endokrin qismi

insulin, glyukogon,

insulin, glyukogon

somatostatin

(giperglikemik factor-ggf )

Buyrak usti bezi-miya

adrenalin, noradrenalin,

adrenalin, noradrenalin

dofamin

dofamin

-po'stloq qismi

mineralkortikoidlar,

mineralkortikoidlar,

aldosteron, kortikosteron

aldosteron, kortikosteron




glyukokortikoidlar,

glyukokortikoidlar,

-tutamli qismi

kortikosteron, kortizon

kortikosteron, kortizon

androgenlar, esterogenlar,

androgenlar, esterogenlar,

progesteron

progesteron

Jinsiyu beslar







Tuxumlar

Androgenlar (testosterone,

Androgenlar (testosterone

androstendiol, androsteron)

androstendiol, androsteron)

Esterogenlar

Esterogenlar

Tuxumdonlar

Esterogenlar (esteron,
estradiol)

Esterogenlar (esteron, estradiol)

Progestinlar (progesterone)

Progestinlar(progesteron)

20-digidroprogesteron, 17-oksiprogesteron)




Androgenlar

Androgenlar

Bosh miya po'stloq qismining endokrin bezlar faoliyatiga ta'siri gipotalamus orqali amalga oshiriladi. Gipotalamusning jarohatlanishi periferik endokrin bezlarining faoliyatini kuchaytirib yoki susaytirib endokrin kasalliklarini keltirib chiqaradi. Endokrin faoliyatining fiziologik strukturasini quyidagicha tasowur qilish mumkin :


1) endokrin bezlarda gormonlarning sintez va sekretsiyasi
2) endokrin bezlarning boshqarish va o'zaro boshqarilishi
3) qonda gormonlarning transporti
4) gormonlarning periferiyada metabolizmi, uning ekskretsiyasi
5) xos to'qimalarning gormonlar bilan o'zaro ta'siri.

Qalqonsimon bez kasalliklari.


Tireoid gormonlar barcha a'zo va to'qimalarga, modda almashinuvi jarayoniga murakkab, serqirra ta'sir ko'rsatadilar. Ular issiqlik hosil bo'lish, oksidlanish jarayonlar, to'qimaning kislorodni yutishda, mitoxondriyalarda fosforlashuv jarayonlariga ta'sir ko'rsatadilar. Fizologik dozalarda qolqonsimon bez gormonlari hujayra ichi oqsilining sintezini ta'minlasa , ortiqcha ishlab chiqarilganda dissimulyatsia jarayonini tezlatadi, manfiy azot balansi hosil qiladi, azoturiya va kreatinuriyani keltirib chiqaradi. Tireoid gormonlar to'qimalarning o'sishi va differentsiyasiga ta'sir ko'rsatishi javobli, ularning tanqisligi bo'y va ruhiyatning og'ir etishmovchiligiga olib keladi.
Qalqonsimon bezning faoliyati gipotalomo-gipofizar tizimda tiriotropin -rilizing gormonning gipotalamusdan ajralib gipofiz beziga ta'sir etishi,qalqonsimon beziga ta'sir etuvchi tirotropinning ishlab chiqarilishi,u esa o'z navbatida tireoid garmonlarning biosintezini ta'minlash bilan kechadi. Qalqonsimon bezning nerv regulyatsiyasi to'g'ridan-to'g'ri (gipofiz orqali) va paragipofizar bo'ladi. Qalqonsimon bezga to'g'ridan-to'g'ri simpatik nerv sistemasi ta'sir ko'rsatadi. Qalqonsimon bez faoliyatiga somatotropin, kortikotropin,Ca ionlari, prostoglandinlar, davomiy ta'sir etuvchi tireoid stimulyator-DDTS kiritiladi.
DIFFUZ TOKSIK BO'QOQ
Diffuz toksik bo'qoq (Bazedov,Grevs,Tlayani,Perry kasalliklari)-qalqonsimon bez giperfunktciyasi, giperplaziyasi va gipertrofiyasi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Boshqa a'zo va to'qimalardagi o'zgarishlar tireoid garmonlarning ortiqcha ta'siridan kelib chiqadi. Kasallik 20-50 yoshlik ayollar orasida ko'p tarqalgan bo'lib, erkak va ayollar orasidagi munosabat 1:5-7 ni tashkil etadi.
KLINIKA: DTB bilan kasallangan bemorlarning shikoyatlari : sabablari aniqlanmagan (sutka davriga, tana holatining o'zgarihiga, ruhiy va jismoniy yuklamalarga bog'liq emas) yurak urishining tezlashuvi, tananing titrashi, ishtaha saqlangan holda tana vaznining kamayishi, issiq havoni ko'tara olmaslik, ko'p terlash, "qizib turish", asabiylik, jahldorlik , ko'z olmasining chaqchayib chiqishi, ich ketishi, uyquning buzilishi, xotiraning pasayishi, hayz ciklining buzilishiga.
Suhbatlashganda va ko'zdan kechirganda shoshma-shosharlik, ko'p harakatlilik, fikrlash, harakat va nutqning tezlashuvi, tananing, qo'llarning titrab turishi, sergaplik, yig'loqilik, eyforiya, cho'chib turgandek ko'z qarashi kuzatiladi.
Terilari iliq, nam, ba'zi bemorlarda tana bo'ylab pigmentaciya (ikkilamchi buyrak usti bezi etishmovchiligining belgisi) ko'zga tashlanadi. Ko'pincha bu pigmentaciya qovoqlar atrofida joylashadi. Sochlar nozik, sinuvchan, to'kiluvchan bo'lib qoladi. Ba'zi hollarda boshdagi sochlar umuman to'kilib ketadi.
Qalqonsimon bezning kattalashuvi -DTB ning xarakterli belgilaridan biri hisoblanadi. Odatda bo'yinning old va yon tomonlarida tekis kattalashgan, elastik , turli qattiqlikdagi qalqonsimon bez paypaslahadi. Agar bir yoki bir nechta tugunla paypaslasa arala toksik bo'qoq deb ataladi. Ba'zi holatlarda bo'qoq bezining kattalashuvi traxeya atrofida uzuksimon bo'qoq, to'sh orqasida (ichki bo'qoq) sifatida qaraladi.
Qalqonsimon bezning kattalashuvi tireotoksikozning darajasiga bog'liq emas deb hisoblanadi.

Qolqonsimon bez kattalashuvining 5 darajasi tafovut etiladi:


0- qolqonsimon bez kattalashmagan ;
1- qalqonsimon bez paypaslanadi;
2- kattalashgan qalqonsimon bez paypaslanadi va yutinishda ko'zga tashlanadi;
3- ko'zga yaqqol tashlanadigan qalqonsimon bez -" yo'g'onlashgan bo'yin"
4- bo'yin konfiguraciyasi o'zgargan, bo'qoq yaqqol ko'zga tashlanadi;
5- juda kattalashib ketgan bo'qoq ,.



30-Rasm- Endemik bo’qoq

Qalqonsimon bezni etapli paypaslash:


1) Shifokor bemorni orqatomonida turadi, 2-,3-,4-,5- barmoqlarning yumshoq qismini qalqonsimon bez ustiga qo'yiladi;
2) Bosh barmoqlar bo'yinning orqasiga joylashtiriladi;
3) Shifokor bemordan bir necha bor yutinishni taklif etadi va shunda palpaciya harakatlarni bajaradi.
4) Qalqonsimon bez palpaciyasi natijalari uning konsistenciyasi, tugunlar borligi harakatchanligi aniqlanadi.
Ko'z simtomplari diffuz toksik bo'qoq bilan xastalanganlarning ko'pchiligida uchraydi.
* Ko'z tirqishi katta ochilgan, hayratli yoki qo'rqinch ifodali - Delrimpe symptom,
* ko'zning pastga qaraganda yuqori qovoq va qorachiq orasida masofa akkomodatciyani tutolmaslik -Mebius simptomi,
*qovolarning jigar rangli pigment dog'larning paydo bo'lishi- Yelinnek simptomi,
*qovoqlarning kam pirpirashi-Shtelvag simptomi;
*qoshni yuqoriga ko'targanda peshonada ajin hosil bo'lmasligi-Loffina simptom , va boshqalar kuzatiladi.
* Eng ko'p uchraydigan va yaqqol ko'zga tashlanadigan symptom-ekzoftalm ,bo'lib u bir yoki ikki tomonlama, turli darajada ifodalangan bo'ladi. Ko'z olmasining orbitadan, tashqariga chiqishi ham turli darajada ifodalangan bo'lib u 2 barobargacha kattalashgan bo'lishi mumkin.
Ko'z simptomlari ko'z olmalari tonusining ortishi, ko'zni harakatlantiruvchi yadrolarning jarohatlanishi, simpatoadrenal asab sistemasi faoliyatining ortishi, retrobulbar klechatkada glikozaminlarning yig'ilishi, ularning shishi autoimmun jarayonlar kuzatiladi.


Yüklə 7,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin