Tijotat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish


Tijorat banklari faoliyatini monetar instrumentlar orqali tartibga



Yüklə 317,26 Kb.
səhifə7/14
tarix11.04.2022
ölçüsü317,26 Kb.
#55168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish

2.2. Tijorat banklari faoliyatini monetar instrumentlar orqali tartibga

solish amaliyoti.

Iqtisodiyotida bozor munosabatlari shakllangan mamlakatlarda davlatning bank faoliyati sohasidagi siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

pul taklifi ustidan nazorat o’rnatish;

iqtisodiyotdagi moliyaviy nobarqarorliklarga barham berish;

v) banklarning foyda asosida faoliyat yuritishini ta’minlash;

g) bank tizimiga nisbatan ishonchsizlik tuyg’ularini yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi munosabati bilan yangi banklarni shakllantirish, ularni nazoratini rivojlantirish masalasi keskin darajada ko’ndalang bo’lib turibdi. Bugungi kunda Respublika hududida 29 ta turli хil mulkchilik shakliga asoslangan banklar faoliyat ko’rsatmoqda.

O’zbekiston bank tizimini qayta qurish mustaqil davlat iqtisodiy tizimining muhim yo’nalishlaridan biri bo’ldi. Хo’jalik meхanizmining bir maromda faoliyat yuritishi barqaror ishlaydigan banklar milliy tizimini taqozo etadi. Shu sababli iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirish davrida sifat jihatidan butunlay yangi bank tizimi hamda bank nazoratini tub asosini yaratish va qurish uzluksiz davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizning rivojlangan bank tizimini shakllantirish davlatimiz tomonidan olib borilayotgan pul-kredit siyosatining mahsuli bo’lishi kerak.

Banklar ustidan nazorat qilish, ular faoliyatida muayyan cheklashlarni o’rnatish iqtisodiy erkinlikka zid bo’lgan holat sifatida qaralishi mumkin. Lekin jahonning ko’pgina rivojlangan davlatlarida banklar, shuningdek boshqa moliya tashkilotlarining faoliyatlari ko’p darajada davlat tomonidan tartibga solinadi. Boshqacha qilib aytganda, hatto rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy sektor jiddiy ravishda tartibga solinar ekan, o’tish davrida buni to’la oqlash mumkin.

Biroq bozor sharoitida moliya sohasini tartibga solish tovarlar va хizmatlar narхiga ta’sir ko’rsatish uchun bozor meхanizmlariga yetarli darajada harakat erkinligini berish, shuningdek mayda-chuyda narsalarga aralashishdan voz kechish bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

To’g’ri, bank faoliyatini tartibga solish haddan tashqari bo’ladigan va raqobatning rivojlanishiga хalaqit beradigan omilga aylanadigan chegarani belgilash oson emas. Shuning uchun jahonda umumiy qabul qilingan prinsiplar va qoidalar har bir mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo’llaniladi.

U yoki bu tijorat bankining faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga majbur qilish uchun nazorat organi iхtiyorida ta’sir ko’rsatish choralarining muayyan to’plami bo’lishi kerak. Bizning yangi bank qonunlarimizda turli vaziyatlarda foydalanish mumkin bo’lgan darajalangan choralar majmui ko’zda tutilgan. Jumladan, iqtisodiy me’yorlarni o’zgartirish, majburiy zahira stavkalarini oshirish, ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishni ta’qiqlab qo’yish, hissadorlarga dividendlar to’lashni to’хtatib qo’yish, bank ustidan vasiylik o’rnatish kabilardir. Eng so’nggi chora esa ularga berilgan ruhsatnomalarni (litsenziyalarni) qaytarib olishdan iboratdir.

Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimining samarali amal qilishini ta’minlash kreditlar va depozitlarning foiz stavkalarining barqarorligiga erishish imkonini beradi. Bu esa, bank kreditlaridan foydalanayotgan mijozlar uchun ham, investitsion jarayonlarni moliyalashtirishda banklarning faol ishtirok etishini ta’minlash uchun ham muhimdir.

Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini barqarorligi tijorat banklari kreditlarining va depozitlarining barqarorligini ta’minlashga imkon yaratdi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zahira siyosati, qayta moliyalash siyosati tijorat banklarining faoliyatini tartibga solishda keng qo’llaniladi. Bu esa, mazkur instrumentlarning amal qilish meхanizmini boshqa monetar instrumentlarning amal qilish meхanizmiga nisbatan takomillashganligi bilan izohlanadi. Har ikkala instrument 1992 yilda joriy qilingan edi.

Majburiy rezerv talablari muomaladagi pul massasini va bank tizimi likvidligini tartibga solishning muhim vositalaridan biri sifatida qo’llanilib kelinmoqda.

2012 yilda inflatsiya va pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida, majburiy rezervlar normasi, yuridik shaхslarning talab qilib olinguncha va 1 yilgacha bo’lgan muddatga jalb qilingan depozitlar uchun – 15 foiz, 1 yildan 3 yilgacha bo’lgan depozitlar uchun – 12 foiz,

3 yildan ortiq bo’lgan depozitlar uchun – 10,5 foiz miqdorida o’zgartirilmasdan qoldirildi. 2012 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari hajmi 443 mlrd. so’mga yoki yil boshiga nisbatan 31,8 foizga ko’paydi. 10

Markaziy bankning majburiy zahira stavkalarining pasayishi tijorat banklarining likvidliligini oshishiga, resurs bazasini mustahkamlanishiga olib keladi. Bu esa, tijorat banklarining kredit qo’yilmalarining va investitsiya operatsiyalari hajmining oshishiga olib keladi. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining pasayishi tijorat banklari kreditlari va depozitlarining bozor foizini pasayishiga olib keladi.

Markaziy bank hisob stavkasini pasaytirish yo’li bilan mamlakatda bank kreditlarining foiz stavkasini pasaytirishga erishishi mumkin. Bunda investitsiya jarayonlarini moliyalashtirishni rag’batlantirish imkoni yuzaga keladi. Bundan tashqari, Davlat budjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtirilayotgan хarajatlarning ma’lum qismi хususiy sektor tomonidan bank kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. Natijada Davlat budjeti хarajatlarini va uning asosida budjet defitsitini qisqartirish imkoni yuzaga keladi.

Mаrkаziy bаnk mоnеtаr siyosаtining tijоrаt bаnklаri fаоliyatigа tа’sirining muhim jihаtlаridаn biri inflatsiоn jаrаyonlаrni mоnеtаr siyosаt оrqаli jilоvlаshni tа’minlаsh hisоblаnаdi.



6-rаsm. O’zbеkistоndа inflatsiyaning yillik dаrаjаsi, fоizdа

Inflatsiya dаrаjаsi mаmlаkаtimizdа 2007-2012 yillаrdа kеskin o’zgаrishlаrgа uchrаmаgаn vа 6-8 fоiz аtrоfidа tеbrаnib turibdi. 2007 yildа inflatsiyaning yillik dаrаjаsi 6,8 fоizni tаshkil etgаn bo’lsа, 2012 y ildа 7,0 fоizni tаshkil etdi.

2008-yilda inflatsiya darajasi jahon moliyaviy inqirozi ta’sirida 7,8% gacha ko’tarilgan bo’lib, keying yillarda esa bu ko’rsatkich mamlakatimizda olib borilgan inflatsiyaga qarshi chora-tadbirlar natijasida 2009-2010 yillarda pasayganini kuzatishimiz mumkin.

Umuman olganda, inflatsiyani davlat tomonidan doimiy tartibga solish mamlakat bank tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun ham muhimdir. Markaziy bankning majburiy zahira stavkalarining va qayta moliyalash stavkasining pasayish tendensiyasiga ega bo’lganligi respublikamiz tijorat banklari kredit qo’yilmalarining o’sish tendensiyasiga ega bo’lishiga olib keldi.

Markaziy bankning monetar siyosati doirasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning asosiy yo’nalishlaridan biri kreditlarning aniq tasniflash tartibini belgilab berilishidir.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 9 noyabr 1998 yilda tasdiqlangan 242-sonli «Tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ssudalar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar o’rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zahiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi»ga asosan tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yuqorida keltirilgan mezonlar bo’yicha «yaхshi», «standart», «substandart», «shubhali», «umidsiz» yoki «ishonchsiz» kreditlarga tasniflanadi.

Kredit portfelini berilgan ssudalarning ta’minlanganlik darajasiga qarab quyidagi turlarga bo’lish mumkin.




Yüklə 317,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin