4. Хo’jalik mablag’lari va ularning manbalari tasnifi
Хo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun
ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul
mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi.
Korxona mablag’larining manbalari- davlat jamg’armasidan, aksiyalarni chiqarish
va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa
korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan
tashkil etiladi. Хo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday
mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbalari va
maqsadlarini bilish kerak.
Shunga qarab korxonaning barcha mablag’lari ikki qismga guruhlanadi:
birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil
topish manbai va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab.
Mablag’larni turlari va joylanishi bo’yicha guruhlash korxonaning xo’jalik
faoliyatini xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag’lar bo’lishi kerak.
Undan tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida
ishlatiladigan mablag’larga ega bo’lishi kerak. Odatda korxonalar o’z
xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi
mablag’larga ham ega bo’ladi. Shunday qilib, korxona mablag’lari o’zlarining
turlari va joylashishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: iishab chiqarish
vositalari; operatsiya sohasidagi mablag’lar; noishlab chiqarish sohasidagi
mablag’lar.
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat
bo’ladi.
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o’z ta’sirini
o’tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish
qurollari yetakchi rolni o’ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar
mehnat buyumlarining tashqi ko’rinishini o’zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar
va mehnat mahsuliga aylantiradilar. Mehnat vositalariga, shuningdek imoratlar,
inshootlar, transport vositalari va xo’jalik jihozlari ham kiradi. Ular ishlab
chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni
to’g’ri tashkil etishga yordam beradi.
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni
tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko’plab ishlab
chiqarish jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o’z tashqi ko’rinishlari,
xususiyatlarini o’zgartirmasdan saqlab qoladilar. Ayni bir vaqtda mehnat vositalari
o’z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar
tannarxiga, davr xarajatlariga o’tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatining
kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aktivlarga ega bo’lib, kapital
qo’yilmalar hamda uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni amalga oshirishlari
mumkin.
Nomoddiy aktivlar o’z egalariga uzoq muddatli huquqlar yoki afzalliklar
beradi. Ularga patentlar, mualliflik huquqlari, firmaning bahosi, savdo markalari,
alohida imtiyozlar, litsenziyalar, formulalar, texnologiyalar, nou-xau, kompyuter
dasturlari va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar ham asosiy vositalar singari
foydalanish muddatlarida o’zlarining qiymatini mahsulot ishlab chiqarish tannarxi
va davr xarajatlariga asta-sekin o’tkazib boradi.
Korxonalar uzoq muddatli xarakterga ega bo’lgan boshqa aktivlarga ham
kapital qo’yilmalar qilishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib
olish, yangi obyektlarni qurish va hokazolarni kiritish mumkin.
Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga
hamda boshqa korxonalarga qarz berish uchun bo’sh qolgan pul mablag’larini
qo’yishdan ham iborat.
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlashda boshlang’ich materialdan iborat.
Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan
ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruhga yordamchi materiallar va yoqilg’ilar ham
kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat
birgina ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinib, o’zlarining qiymatini
tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o’tkazadi.
Хom ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik
zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning ehtiyot qismlari
tayyorlanadigan metalning har xil turlari tushuniladi.
Yordamchi materiallar asosiylardan farqli o’laroq, tayyorlanayotgan
mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi.
Bunda ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga
qo’shish yo’li bilan ularga sifat o’zgarishlarini kiritish uchun yoki mehnat
jarayoniga xizmat qilish uchun binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli
sanitariya va gigiyenasini ta’minlab turish uchun ishlatiladi.
Yoqilg’i o’z mohiyatiga ko’ra yordamchi materiallarning bir turidir,
yordamchi materiallar singari, ular mehnat vositalari tomonidan iste’mol qilinadi
yoki asosiy materiallarga qo’shiladi hamda mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun
ishlatiladi. Hisobda yoqilg’i yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga
ajratilgan. Yordamchi materiallarning ko’pchilik qismi singari, yoqilg’ining bu
xosiyati natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan
yoqilg’ining qiymati yordamchi materiallarning qiymatiga o’xshab, ishlab
chiqarish chiqimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
Yarim tayyor mahsulotlar, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o’tgan, lekin hali
tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati
shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi barcha ishlov operatsiyalarini
o’tgan bo’lsalar xam, lekin ishlov yoki yig’ish uchun navbatdagi bosqichga
yo’naltirilishi kerak bo’ladi.
Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar o’z ishlab
chiqarishining yarim tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari, sotib
olingan yarim tayyor mahsulotlar ham bo’lishi mumkin. Sotib olingan yarim
tayyor mahsulotlar xom ashyo va asosiy materiallar guruhiga kiradi. Bu guruhga,
shuningdek, ehtiyot qismlar va idish materiallari ham kiradi.
Тugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda joylashgan mehnat
buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham yarim tayyor mahsulotlarga o’xshab,
ba’zi bir ishlov bosqichlarini o’tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan
mehnat buyumlaridan iborat bo’ladi. Lekin yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda
barcha ishlovlardan to’la o’tgan bo’lsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda
joylashgan mehnat buyumlari bu yerda hali ishlanishi kerak bo’ladi.
Buxgalteriya hisobida inventar va xo’jalik jihozlari alohida guruhga ajratilgan
holda hisobga olinadi. Ularga, xizmat qilish muddatidan qat’i nazar qiymati 50 ta
minimal ish haqi miqdorigacha bo’lgan va qiymatidan qati nazar, bir yildan kam
xizmat qiladigan buyumlar kiradi.
Operatsiya doirasidagi mablag’lar, ya’ni operatsiya buyumlari, pul
mablag’lari, debitorlik qarzlari va boshqa operatsiyada xizmat qiluvchi
mablag’lardan iborat.
Operatsiya buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun
mo’ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyiga qarab muomala
buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo’natilgan tovarga bo’linadi. Ortib
jo’natilgan tovarlarni operatsiya buyumlariga qo’shilishining boisi shundaki,
xaridor uning uchun pul to’lagunga qadar ular mazkur korxonaning mulki
hisoblanadi. Hisoblash usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo’natilgan
mahsulot uni ishlab chiqaruvchi korxonaning mulki bo’lmay, balki sotib oluvchi
korxonaning mulki hisoblanadi va to’lovning yo’qligi debitorlik qarzning yuzaga
kelganligini anglatadi. Ushbu holda mazkur obyekt operatsiya doirasidan hisob-
kitobdagi mablag’larga o’tadi.
Pul mablag’lari har xil to’lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Pul
mablag’lari yordamida korxona mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qiladi,
o’z xodimlariga ish haqi to’laydi, davlat daromadlariga har xil to’lovlar va
ajratmalar qiladi. Pul mablag’lari korxonaga xaridorlardan ularga sotilgan
buyumlar uchun, banklardan-kreditlar ko’rinishida, yuqori tashkilotlar hamda
yuqori kompaniyalardan vaqtinchalik moliyaviy yordam tartibida kelib tushadi.
Pul mablag’lari o’zlarining joylashgan joyiga qarab taqsimlanadi. Korxonalar
o’zlarining pul mablag’larining asosiy qismini bankdagi hisob-kitob yoki valuta
schyotlarida saqlaydilar. Bunda hisob - kitob schyoti korxonalarning faqat bo’sh
pul mablag’larini saqlash uchun mo’ljallangan bo’lmay, u egasining barcha asosiy
hisoblashuvlarini mol yetkazib beruvchilar hamda xaridorlar, kredit muassasalari,
tashkilotlar va hokazolar bilan amalga oshirish uchun ham mo’ljallangandir.
Korxonaning kechiktirib bo’lmaydigan, masalan, mehnat haqi, nafaqa
to’lovlarini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan naqd pul zaxiralari uning
kassasida joylashgan bo’ladi. Naqd pullar kassaga asosan hisob-kitob schyotidan
kelib tushadi. Foydalanilmay qolgan naqd pullar hisob-kitob schyotiga belgilangan
muddatlarida qaytarib topshiriladi.
Korxonaning hisob-kitob schyotidagi ma’lum mablag’lar boshqa xo’jalik
yuritish subyektlari yoki shaxslarining qarzlaridan ham iborat bo’ladi. Bunday
mablag’larga, birinchi navbatda, mazkur korxonadan xaridor tomonidan sotib
olingan mahsulotlar uchun qarzlari hamda korxona xizmatchilariga har xil
xarajatlarini qoplash maqsadida hisoblashish sharti bilan berilgan pul summalari
bo’yicha hisob-kitoblar kiradi. Тopshiriqni bajarib bo’lgandan keyin, xodim
tomonidan olingan summalarning sarflanganligi to’g’risida bo’nak hisoboti
topshiriladi va ishlatilmay qolgan pullar korxona kassasiga qaytariladi. Bunday
hisob-kitoblar hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar deb ataladi. Korxonaga
qarzlar boshqa operatsiyalar bo’yicha ham bo’lishi mumkin. Ularga, mol yetkazib
beruvchilarga taqdim etilgan da’volar bo’yicha qarzlari, ishchi va xizmatchilarning
o’z extiyojlari uchun olgan bo’nak summalari bo’yicha qarzlari kiradi. Bunday
qarzdorlar boshqa debitorlar deb nomlanadi.
Operatsiya sohasiga xizmat qiluvchi mablag’lar shu sohada xizmat qiladigan
har xil binolar, asbob-uskunalar va jihozlardan iborat. Bunday mablag’larga tayyor
mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli
savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar kiradi.
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag’larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-
joy xo’jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo’ljallangan va sog’liqni saqlash
vositalari kiradi. Bular turar joylar, kinoteatrlar, bolalar bog’chalari, oromgohlar va
dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriyalar,
tibbiyot punktlarining binolari, shu binolarda joylashgan asbob-uskunalari va
inventar hamda ulardan foydalaniladigan materiallar, dori-darmonlardan iborat. Bu
mablag’larning barchasi korxona xodimlariga xizmat qilish hamda ularga zarur
bo’lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo’ljallangan. Buxgalteriya hisobida
mablag’lar va ularning kelish chiqish manbalari alohida-alohida guruhlarga bo’lib
hisobga olinadi.
1.1-chizma. Mablag’lar tarkibi
Har bir korxona tashkil qilinish daqiqasida o’z faoliyatining hajmi va
xarakteriga qarab mablag’larini shakllantiradi. Agar ularda qo’shimcha mablag’ga
vaqtinchalik ehtiyoj tug’ilib qolsa, unda mablag’larni muayyan manbalardan
olishlari mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki
maxsus
maqsadlarda
jamg’arilgan
zaxiralardan,
davlat
grantlari
va
subsidiyalaridan foydalanadi. Shunday qilib, korxona mablag’larini hosil qilish
rejali xarakterga egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan
mablag’lari ma’lum maqsadlar uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Korxona mablag’larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga
mo’ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga
oshiriladi. Mablag’lar manbalarining tusi mulkchilikning shaklini aks ettiradi.
Korxonalar eng avvalo o’zining butun yashash davri uchun umumdavlat
jamg’armasidan yoki o’zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona,
tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag’lar oladi.
Shunday qilib, korxona mablag’larining tashkil topish manbalari qanday
maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: o’z va
qarzga olingan mablag’lar manbalari.
O’z mablag’lari manbalari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida
beriladi va unga biriktirib qo’yiladi.
Davlat korxonalarining mablag’laridan farqli o’laroq, boshqa mulkchilik
shaklidagi korxonalarning o’z mablag’lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning
qo’shma yoki individual mulkidan iborat bo’ladi.
Davlat korxonalarining o’z mablag’lari budjetdan moliyalash, zaxiralar,
taqsimlanmagan foyda va boshqa o’z mablag’lar manbaidan iborat.
Mablag‘lar (Aktivlar)
Uzoq muddatli aktivlar
Joriy (mablag‘lar) aktivlar
Asosiy
vosi
tala
r
Uz
oq muddatli
mol
iyaviy
qo‘yilm
alar
Nomoddiy
akti
vlar
Moddi
y a
ylanma
mabla
g‘la
r
P
ul m
ablag‘
lar
i
Qisqa
muddatli
mol
iyaviy qo‘
yil
mala
r
Joriy his
ob
-kit
obda
gi
mabla
g‘la
r
Tugallanmagan kapital
qo‘yilmalar
Kapitallar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning
ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali va zaxira kapitalidan tashkil topadi.
Ustav fondi, korxonaga uni tashkil qilish paytida umumdavlat zaxirasidan
kelib tushgan mablag’larni ifodalab, u davlat korxonalari miqyosida
foydalaniladigan buxgalteriya atamasidir. Ustav kapital esa aksincha,
muassislardan kelib tushgan mablag’lardan iborat bo’lib, u nodavlat sektoridagi
korxonalarning buxgalteriya hisobida foydalaniladigan iqtisodiy atamadir.
Korxonalarga ishlab chiqarish vositalari, operatsiya sohasining ba’zi bir mablag’lar
turlari va noishlab chiqarish sohasining mablag’lari beriladi. Korxona tashkil
qilinayotgan paytda hosil qilgan barcha o’z mablag’larining puldagi ifodasi ustav
kapitalining hajmini ifodalaydi. Ustav kapitalining hajmi korxonaning Nizomida
ko’rsatiladi.
Хo’jalik faoliyati jarayonida ustav kapitalining hajmi o’sadi yoki kamayadi va
bunda tegishli o’zgarishlar ustav hamda zaxira kapitalida tegishli qismlari bo’yicha
aks ettiriladi.
Ilgari, foyda hisobidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish
xarajatlari, ya’ni yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash
va avtomatlashtirish, asosiy fondlarni yangilash, ishlab chiqarishni texnikaviy
takomillashtirish, moddiy rag’batlantirish - xodimlarni mukofotlash, ularni alohida
muhim topshriqlarni bajarganliklari uchun rag’batlantirish, ularga yakka tartibdagi
yordam ko’rsatish; ijtimoiy - madaniy tadbirlar, turarjoylar va madaniy - maishiy
muassasalarni qurish, ularni kapital tuzatish hamda xizmatchilarga madaniy -
maishiy xizmatlar ko’rsatishni yaxshilashga qilingan sarflar hisobot davrida sodir
bo’lgan xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Budjetdan moliyalash - bu davlat korxonasi tomonidan o’z faoliyatini
kengaytirish uchun qo’shimcha ravishda oladigan mablag’lar manbaidir. Budjetdan
moliyalash tartibidagi mablag’lar davlat korxonalariga yangi mehnat vositalarini
sotib olish yoki moddiy boyliklar zaxirasi, aylanma mablag’larning o’sishi va
to’ldirilishini moliyalash hamda boshqa extiyojlarga, bolalar va madaniy - maorif
muassasalarini saqlash, ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarish, kadrlar tayyorlash va
boshqalar uchun beriladi.
Qarzga olingan mablag’lar korxonaga vaqtinchalik foydalanish uchun ma’lum
bir vaqtga ma’lum shartlar asosida beriladi va uning muddati tugagandan keyin
ular o’z egalariga qaytarilishi kerak. Ularning manbai uzoq muddatli kreditlar va
qarzga olingan mablag’lar, qisqa muddatli kreditorlik qarz va taqsimotga doir
majburiyatlar hisoblanadi.
Kreditlar va jalb qilingan mablag’larga banklarning qisqa muddatli, uzoq
muddatli hamda yuridik va jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag’lari kiradi.
Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzga olingan mablag’lar korxonaning
vaqtinchalik ehtiyojlari uchun qo’shimcha mablag’larning asosiy manbai
hisoblanadi. Bu tovar - moddiy boyliklar, yo’ldagi hisob-kitob hujjatlari va
boshqalar yuzasidan olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli kreditlash tartibida,
ya’ni uncha uzoq bo’lmagan muddatga, shu muddatning o’tishi bilan ularni bankka
albatta qaytarish sharti bilan beriladi.
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari korxonaga vaqtinchalik asosiy
vositalarni sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlar, yangi texnikani joriy etish,
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash texnologiyasini yaxshilash; yangi mahsulot
turlarni yaratish, ularning sifatini, ishonchliligini va chidamliligini ko’tarish, o’z
mablag’lari hisobidan moliyalash o’rniga kapital sarflarga va boshqa ehtiyojlarga
xarajatlar qilish uchun beriladi.
Uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag’lar ham muddatli,
qaytariladigan xususiyatlarga ega bo’lib, bir necha yilga beriladi.
Shunday qilib, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar hamda qarzga
olingan mablag’lar uchun umumiylik - ularning muddati va qaytarilishi
hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida bank kreditlari va qarzga olingan mablag’lar korxonalar
tomonidan ehtiyojlari uchun boshqa tashkilotlardan vaqtinchalik qo’shimcha
mablag’lar olishning muhim manbaidir.
Kreditorlik qarzlarining guruhi - mol yetkazib beruvchilar va boshqa
kreditorlarga bo’lgan qarzlarni o’z ichiga oladi.
Mol yetkazib beruvchilar deb, korxonaga moddiy boyliklarni sotadigan
tashkilotlarga aytiladi. Moddiy boyliklar bo’yicha qilinadigan hisob -kitob tizimiga
binoan, boyliklarni olish vaqti bilan ularga xaq to’lanishi o’rtasida bir qancha vaqt
o’tadi. Shu davr davomida mazkur korxona o’zlarining mol yetkazib beruvchilari
oldida qarzdor bo’lib qoladilar. Natijada mol yetkazib beruvchilarga bo’lgan qarz
ushbu korxona mablag’lari uchun vaqtinchalik qo’shimcha manbaga aylanadi.
Boshqa kreditorlarga - korxonaga boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzdor
bo’lgan tashkilotlar kiradi. Ularga ijtimoiy sug’urta tashkidotlariga, pensiya, ish
bilan ta’minlash jamg’armalariga va hokazolarga qarzlar, boshqa hisob-kitoblar
kiradi. Bular - ishchi va xizmatchilarga ularning o’z ehtiyojlari uchun berilgan
ssudalar, sud tashkilotlarining qarori asosida ishchi va xizmatchilarning ish
haqlaridan har xil tashkilot va ayrim shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar,
ishchi va xizmatchilar tomonidan o’z vaqtida talab qilib olinmagan ish haqlari
bo’yicha korxonaning qarzlaridir.
Mol yetkazib beruvchilarga va boshqa kreditorlarga bo’lgan qarzlarning
xususiyati shundan iboratki, olinadigan mablag’lar korxonaning biznes-rejasida
nazarda tutilmaydi va korxona ularni juda cheklangan muddatga oladi.
Тaqsimotta doir majburiyatlar guruhiga ishchi va xizmatchilarga ish haqi,
kasaba uyushmasi tashkilotlariga ijtimoiy sug’urta ajratmalari, pensiya, ish bilan
ta’minlash jamg’armalari va moliya muassasalariga - budjetga to’lovlar bo’yicha
majburiyatlar kiradi. Jalb qilingan mablag’larning bu guruhi milliy daromadni
taqsimlashning ba’zi shakllarini aks ettiradi.
Jumladan, ishchi va xizmatchilar oldidagi majburiyatlar korxonada yaratilgan
zaruriy mahsulotni taqsimlashning shaklini anglatadi. Gap shundaki, qabul
qilingan qoidaga ko’ra, ishchi va xizmatchilarga ish haqi ularning korxonada
ishlagan davri tugab, bir necha kun o’tgandan keyin beriladi. Shu munosabat bilan
ishchi va xizmatchilar oldida ish haqini berishda uziladigan majburiyatlari yuzaga
kelib turadi.
Ijtimoiy sug’urta, pensiya va ish bilan ta’minlash jamg’armalari bo’yicha
majburiyatlar qo’shimcha mablag’larning taqsimlanishini aks ettiradi. Korxonalar
har oyda ijtimoiy sug’urtaga, pensiya, ish bilan ta’minlash jamg’armalariga
ajratmalar qiladi va hisoblangan summalarni tegishli schyotlarga o’tkazadilar. Bu
mablag’lar o’tkazilishiga qadar ular korxona ixtiyorida bo’ladi. Shu munosabat
bilan uning yana tegishli summalarni o’tkazish bo’yicha doimo majburiyatlari
paydo bo’lib turadi.
Moliya tashkilotlari oldidagi majburiyatlar ham qo’shimcha mablag’lar
taqsimlashni tavsiflaydi. Korxonalar vaqti-vaqti bilan belgilangan to’lovlarni
davlat daromadiga topshirib turadi. Demak, ularda ma’lum muddatlarda moliya
tashkilotlari oldida shu to’lovlarni o’tkazishga doir majburiyatlari paydo bo’lib
turadi. Shu to’lovlar bo’yicha summalarni hisoblash daqiqasidan to’lash
davrigacha ular korxona ixtiyorida bo’ladi.
Тaqsimot bo’yicha majburiyatlarning umumiyligi shundan iboratki, bu
manbalardan mablag’lar chetdan olish yo’li bilan emas, balki hisoblash yo’li bilan
hosil qilinadi.
Yalpi daromad - bu korxonada olingan sof daromadning bir qismidir.
Ma’lumki, yalpi foyda amalda sotilgan mahsulot qiymati va ishlab chiqarishga
ketgan xarajatlar o’rtasidagi farq sifatida namoyon bo’ladi. U markazlashtirilgan
davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga bo’linadi. Markazlashtirilgan
davlat sof daromadi qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i va foydadan
ajratmalardan hosil bo’ladi. Qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i korxona
mahsulotining sotishsi jarayonida qat’iy me’yorlar bo’yicha undiriladi, foydadan
ajratmalar korxona tomonidan uni taqsimlash paytida davlat budjetiga kiritiladi.
Foydaning boshqa qismi korxonaning ixtiyorida qoldiriladi va davr xarajatlari,
moliyaviy faoliyatdan talofotlar, dividendlarni to’lash va boshqa ehtiyojlar
xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
2-chizma. Mablag’lar manbalari tarkibi.
Shunday qilib, korxona tomonidan olingan yalpi foyda ikki tomonlama
yo’nalishga ega: uning bir qismi davlat daromadiga ajratiladi, boshqa qismi esa
korxona ixtiyorida qoldiriladi. Shuning uchun uni taqsimlanishiga qadar o’z
mablag’lari yoki jalb qilingan mablag’lar manbaiga kiritish mumkin emas va shu
sababdan u alohida guruhga ajratiladi.
Korxona foyda yoki zararini yaratilgan mahsulot sotishdan, ortiqcha moddiy
boyliklarni sotishdan, moliyaviy faoliyatdan, jarimalar va peniyalar ko’rinishida,
valuta va qimmatli qog’ozlar bo’yicha oladi.
Buxgayateriya hisobi mazkur korxona va uning xo’jalik bo’linmalari
tasarrufida bo’lgan mablag’lari va ulardan foydalanish sur’atini kerakli axborot
bilan ta’minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak.
Yuqorida harakatdagi kapital manbalari chizmasi keltirlgan (1.2-chizmaga qarang).
Dostları ilə paylaş: |