Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya
hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar,
ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan
xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun
mo’ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda
sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag’lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar
summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko’p bo’ladi.
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish
sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda
buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan, korxona
tomonidan olingan summasi, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, foyda solig’i
aniqlanadi va qayd qilinadi.
Sotish jarayoni tugagandan so’ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak
bo’lgan summalarni o’tkazish imkoniga ega bo’ladi.
Тovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag’larining aylanish davri
uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo’jalik aloqalarini
yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va
xaridorlar bilan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh
kompaniya bilan unga u yoki bu mablag’larni topshirish yoki olib qo’yish paytida,
bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, budjetdan
tashqari tashkilotlar
bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Хo’jalik aloqalari
buxgalteriya hisobida korxona mablag’larini aylanish davrining tegishli bosqichlari
aks ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi.
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun
qilingan iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir
bo’ladi.
Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag’laridan
foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog’liqni saqlash
va boshqa shu kabi mablag’lari kiradi. Bu mablag’larning holati va ulardan
foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag’larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab
chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi.
Demak, mablag’larning aylanish davri faqat uning xar xil bosqichlari ketma - ket
uzluksiz kelib tursagina sodir bo’lishi mumkin.
Mablag’larning aylanish davrini to’g’ri tashkil qilish, ularni har bir
bosqichini; bo’lgan muddatlarda bo’lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga
keladigan
jarayonlar odatda har doim, deyarli uzluksiz sodir bo’ladi. Shuning
uchun ham, korxonalar har bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi - pul, ishlab
chiqarish va tovar mablag’lariga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga bu
mablag’larning miqdori korxona faoliyatining xajmiga to’g’ri kelishi va har bir
boskichda normal ishni ta’minlashi kerak.
Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo’jalik
operatsiyalaridan iborat. Masalan, ta’minot va sotish qator xarajatlar qilish - sotish
hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot
tayyorlashga
sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi
hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun
amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda
amalga oshiradi.
Har bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag’larining harakati,
ularning shakllari o’zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda
korxona pul mablag’lari o’rniga o’zlariga kerak bo’lgan mehnat buyumlarini oladi
va ularni sarflashda mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib,
tayyor mahsulot olinadi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo’jalik operatsiyalari ishlab chiqarish
faoliyatini amalga oshirshda korxona mablag’larining harakatidan iborat ekan.
Хo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish obyekti
haqida kerakli axborotlarni olish, mablag’lardan samarali foydalanish darajasini
baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham ular buxgalteriya hisobining asosiy
mazmunini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: