1.4. O’zbekistonda biznesni rivojlantirish to’g’risidagi qonunlar,
farmonlar va nizomlar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7
fevraldagi Farmoniga muvofiq qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
strategiyasi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini
oshirishda, ularning sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishda muhim
dasturilamal bo’lmoqda.
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi doirasida
respublikamizda investitsiya iqlimini yaxshilash, qulay ishbilarmonlik muhitini
yaratish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni
rag’batlantirishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlarning amalga oshirilayotganligi
natijasida O’zbekiston o’tgan qisqa fursat ichida biznes muhitini yaxshilash va
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha dunyodagi etakchi davlatlar
qatoridan o’rin oldi.
Bu borada olib borilayotgan ko’lamli islohotlarning samaralari Jahon
bankining «Biznesni yuritish» («Doung Buziness») xalqaro hisobotining so’nggi
nashrida ham o’z e’tirofini topdi.
16
Joriy yilning 31 oktabrida e’lon qilingan «Biznesni yuritish 2018: ish
o’rinlari yaratish uchun islohotlar» ma’ruzasiga ko’ra, O’zbekiston dunyoning 190
davlati ichida 74-o’rinni egallab, o’tgan yildagi mavqeini bir yo’la 13 pog’onaga
yaxshiladi. Mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish
bo’yicha islohotchi davlatlarning birinchi o’ntaligiga kirishga muvaffaq bo’ldi.
Jahon bankining «Biznesni yuritish 2018» hisobotidagi 10 ta indikatorning 6
tasi bo’yicha sezilarli o’sishning qayd etilganligi ham ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash
borasida
amalga
oshirilayotgan
chora-tadbirlar
ko’lami va
natijadorligidan darak bermoqda.
Shu o’rinda respublikamizda tadbirkorlik subektlarini davlat ro’yxatidan
o’tkazishning onlayn tizimi joriy etilganligini va buning natijasida ro’yxatdan
o’tish jarayoni avvalgi ikki ish kuni o’rniga atigi 30 daqiqani band etayotganligini
alohida ta’kidlab o’tish kerak. Bu O’zbekistonning korxonani ro’yxatdan o’tkazish
ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda 11-o’ringa ko’tarilishiga olib keldi. Buning
samaralarini mamlakatimizda joriy yilning 9 oyi davomida o’tgan yilning shu
davriga nisbatan 1,3 marta ko’p kichik biznes subektlari tashkil etilganligida ham
ko’rish mumkin.
Shu o’rinda, tadbirkorlik subektlariga «yagona darcha» tamoyili bo’yicha
davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari faoliyatining samaradorligini
alohida qayd etib o’tish zarur. Ularning faoliyati ruxsatnomalar va litsenziyalarni
rasmiylashtirishning oshkoraligi va tezkorligini ta’minlash, davlat organlari
o’rtasida o’zaro hamkorlikning elektron shakllarini joriy etish, qolaversa,
byurokratik to’siqlar va ariza beruvchilarning moliyaviy xarajatlarini sezilarli
darajada qisqartirish imkonini bermoqda. Buni 2017 yilda faqat «yagona darcha»
markazlari orqali ko’rsatiladigan davlat xizmatlari sonining 16 tadan 34 tagacha
etganligida ham ko’rish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 oktabrdagi
«Tadbirkorlik subektlariga faqat «yagona darcha» tamoyili bo’yicha yagona
markazlar orqali ko’rsatiladigan davlat xizmatlari ro’yxatiga qo’shimcha kiritish
to’g’risida»gi 864-sonli qaroriga muvofiq, elektron raqamli imzo kalitini (ERI)
17
ro’yxatga olish va sertifikat berish endilikda faqat «yagona oyna» markazlari
tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilganligi respublikamizda faoliyat
yuritayotgan tadbirkorlik subektlariga yanada qulaylik yaratishga xizmat qiladi.
So’nggi
yillarda
mamlakatimiz
rahbariyati
tomonidan
soliq
ma’muriyatchiligini soddalashtirish va tadbirkorlik subektlariga soliq yukini
qisqartirish masalalariga alohida e’tibor berilayotganligini ta’kidlab o’tish o’rinli
bo’ladi. Joriy yilning o’zida soliq tizimini takomillashtirishga oid
Prezidentimizning bir qator muhim farmon va qarorlari qabul qilindi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi
«Soliq ma’murchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish choralari to’g’risida»gi 5116-sonli
Farmoni va joriy yil 1 avgustdagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 3168-sonli qarori davlat
soliq organlari faoliyatini takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, soliq
to’lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subektlariga to’g’ridan-to’g’ri muloqotsiz
elektron xizmatlar ko’rsatishni ta’minlashda alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Amalga oshirilayotgan tizimli ishlar natijasida respublikamizda tadbirkorlik
subektlari tomonidan soliq hisobotlarini topshirishning to’liq elektron shakliga
o’tildi. Soliqlarni masofadan to’lash amaliyotining kengayishi soliqqa tortish
ko’rsatkichi bo’yicha mamlakatimiz reytingining sezilarli yaxshilanishiga olib
keldi va O’zbekiston bu borada ko’rsatkich bo’yicha 138-o’rindan 78-o’ringa
ko’tarildi. «Biznesni yuritish» jamoasi ekspertlari baholariga ko’ra, bugungi kunda
O’zbekistondagi tadbirkorlik subektlariga soliq yuki darajasi AQSh, Avstraliya,
Germaniya, Shvetsiya, Turkiya, Xitoy va Rossiya kabi davlatlardagidan ancha
pastdir.
Prezidentimizning 2017 yil 29 sentabrdagi «Fiskal xotirali nazorat-kassa
mashinalarini
qo’llash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi qarori ushbu yo’nalishdagi ishlar sifatini yanada yuksaltirish, yuridik
hamda jismoniy shaxslar tomonidan naqd pulga tovarlarni realizatsiya qilish, aholi
18
bilan hisob-kitobni tezkor amalga oshirish va tizim nazorat funktsiyasini
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo’mitasi tomonidan qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini
ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur qarorga muvofiq, 2018 yilning yanvaridan boshlab Toshkent, Nukus
shaharlari hamda viloyatlar markazlarida onlayn nazorat-kassa mashinalari tajriba-
sinov tariqasida amaliyotga joriy etiladi. 2018 yilning 1 iyulidan ushbu
hududlardagi yuridik shaxslar, 2018 yilning 1 dekabridan boshlab esa
mamlakatimizdagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni realizatsiya
qilish, ishlarni bajarish hamda xizmatlar ko’rsatishda aholi bilan naqd puldagi
hisob-kitoblarni majburiy tarzda faqat onlayn nazorat-kassa mashinalarini
qo’llagan holda amalga oshirishga bosqichma-bosqich o’tkazilishi ko’zda
tutilmoqda.
Respublikamizda ushbu yangi tizimni joriy etish orqali markazlashgan
tarzda elektron ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Natijada, davlat byudjetiga soliq
tushumlari ko’payadi. Soliqlar to’lashdan qasddan bo’yin tovlashning oldi olinadi.
Davlat
soliq
qo’mitasi tomonidan tizimda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ustuvor vazifa etib belgilangan va
ayni kunlarda bu borada izchil ish olib borilmoqda.
Davlat soliq xizmati organlarining my.soliq.uz – «Elektron soliq xizmatlari»
portali test rejimida ishga tushirildi. Bu aholi va tadbirkorlik subektlariga
ko’rsatiladigan elektron davlat xizmatlarini optimallashtirish, ularning sifatini
oshirish, xarajatlarni kamaytirish, pirovardida soliq to’lovchilarning xizmatlardan
qoniqish darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yangi portal soliq xizmati organlarining barcha elektron davlat xizmatlarini
yagona veb manbada qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir. Unda soliqqa doir
barcha elektron davlat xizmatlari interaktiv va axborot davlat xizmatlariga
saralangan bo’lib, bunda kerakli xizmatlarni tez va osonlik bilan topish mumkin.
Umuman bugungi kunda portalda davlat soliq xizmati organlarining 35 elektron
davlat xizmatlari amaliyotga joriy etilgan. Bundan tashqari, 5 yangi xizmat test
19
sinovida taqdim etilmoqda. Soliq to’lovchilarning toifasi va joylashgan joyidan
qat’i nazar, barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
2017 yilning 1 iyul holatiga o’tkazilgan monitoring natijalariga ko’ra,
O’zbekistonda «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati «Ochiqlik
indeksi»ning Reytingi» natijalariga ko’ra respublikamizdagi 52 ta davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari orasida Davlat soliq qo’mitasi 96 ball to’plagan
holda birinchi o’rinni egallaganligi, «ICTWEEK Uzbekistan – 2017» axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalari
haftaligida
«Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish bo’yicha eng yaxshi davlat organi» nominatsiyasida
g’olib deb e’tirof etilganligi ham tizimda olib borilayotgan islohotlar samarasidir.
Respublikamiz soliq xizmati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash,
soliq ma’murchiligini takomillashtirish yo’lida amalga oshirilayotgan ko’lamli
ishlar yagona maqsad – mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi
farovonligini oshirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |