Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


 Marketing tadqiqotining yo’nalishlari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
2.4. Marketing tadqiqotining yo’nalishlari 
Marketing tadqiqotlarining yo’nalishlari, albatta bozorning rivojlangan 
darajasi, undagi raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashg’ul 
bo’lgan firmalarning katta-kichikligi, marketing axboroti va xabarnoma 
tizimlarining shakllanish sur’ati va boshqa omillarga bevosita bog’liq bo’ladi. Shu, 
jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlardagi firmalarning marketing tadqiqotlari 
yo’nalishlari, uyushtirish tartibi va shakllari bizning mamlakatimiz korxona va 
tashkilotlari uchun o’zgarishsiz qabul qilinishi xususida fikrlash birmuncha noo’rin 
bo’ladi. Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda 
uning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing tadqiqotlarini 
uyushtirishda ham sezilarli tarzda o’z aksini topmoqda. Hususan, firmalarning 
raqobatdorlik quvvati, bozordagi o’rni, lozim strategik maqsadlari, diversifikatsiya 
sari yo’l tutish taktikasi ko’pgina hollarda tadqiqotlarning yo’nalishi va ko’lamini 


34 
belgilaydi. F.Kotler firmalarning marketing strategiyalarini 4 ta asosiy turi 
mavjudligi va tadbirlar bir-biridan farqlanishini ta’kidlaydi. Jumladan firmalarning 
marketing strategiyalarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin.

peshqadamlikka intiluvchi (bozorda o’rtacha 30% ulushga ega);

hamqadam intiluvchi (bozorda 20% ulushga ega);

bozordagi «nisha»ni –«bo’shliq»ni egallovchi (bozorda 10% atrofida 
ulushga ega).
Ushbu strategiyani tanlagan va amalga oshirayotgan firmalarning bozordagi 
ulushi, kelgusi intilishlari tegishli muammolar bo’yicha marketing tadqiqotlarining 
yo’nalishlariga, jaddaligiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, bozorda peshqadam 
bo’lgan firma bozordagi kon’yunktura, yangi mahsulotni o’zlashtirish, sotish 
imkoniyatlarini oshirish, kommunikatsiya va reklama yo’nalishlari tadqiqotlariga 
ko’proq e’tibor qaratsa, bozordagi «nisha»ni egallovchi firma xaridorlar istagini 
o’rganish, raqobatchilar tovarlarini va narxlarni tahlil qilish bozor chegaralarini 
kengaytirish borasidagi tadqiqotlarni amalga oshiri bo’ladi. Jumladan, avtomobil 
bozorining shakllanishi va rifojlanishiga nazar tashlasak, ushbu fikrimizning to’g’ri 
ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. XX asrning 60-70 yillarida jahon 
avtomobil bozorida Yaponiya va Janubiy Koreya avtomobillarining nomi hali tilga 
olingani yo’q edi. Hozirgi paytda esa, ushbu davlatlarda yaratilgan avtomillar 
AqSh, Olmoniya, Frantsiya, Italiya kabi davlatlardagi mashhur firmalarning 
tajribasini o’rganish, avtomobillarni tadqiq qilish asosida rivojlandi.Hozirgi kunda 
Yaponiyaning Toyota, Nissan, Mittsibushi, Xonda, Janubiy Koreyaning Xunday, 
Deu kabi kompaniyalari ayrim davlatlar bozorlarida peshqadamlikka erishish 
strategiyalarini amalga ashirishga harakat qilmoqdalar. 


35 
Tadqiqotlarni turkumlash belgilari 
Tadqiqotlarning yo’nalishlari va ularni amalga 
oshirish xususiyatlari 
Tadqiqot maqsadlariga ko’ra 
Axtarish, tavsiflash, eksperiment o’tkazish 
yuzasidan tadqiqotlar 
Marketing elementlari bo’yicha 
Tovar, narx, distribyutsiya, kommunikatsiya 
yo’nalishidagi tadqiqotlar 
Bozordagi tadqiqotlarni amalga oshirish 
ko’lamiga ko’ra
Mahalliy, milliy, xalqaro miqyosida 
Tadqiqotlarni amalga oshiruvchi 
sub’ektlar ishtirokiga ko’ra 
Bevosita firma ishtirokida, 47 marketing vositachisi 
ishtirokida, 
tanlangan 
maxsus 
ishtirokchilar 
vositasida 
Tadqiqotlarni o’tkazish davriyligiga 
ko’ra
Bir marotabali, mavsumiy, favqulodda va boshqa 
jihatdagi tadqiqotlar 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin