Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


 Marketing tadqiqotining bosqichlari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

2.5. Marketing tadqiqotining bosqichlari 
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri bo’lib bu – 
tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur bo’lgan 
ma’lumotlar va axborotlarni to’plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov 
o’tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumotlar va 
manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta 
ishlash mumkin. Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli baxs 
eng ko’p qullaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli 
bosqichlarida samarali axborot to’plash, uni qayta ishlash, texnik vositalaridan 
samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli 
va bort-kompyuterli avtomobilga bo’lgan boshlag’ich talabni baholash tadqiqotini 
olib ko’raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobil 
bozoridagi munosabatlari, ko’nikmalarini baholash mumkin. So’rov uslubida esa 
aniq bir xaridorning «yangi jihozlarga» bo’lgan qiziqishlari, ularga qo’yadigan 
talab va istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida 
avtomobillarning kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish 
mumkin. Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o’zaro bog’liqlik, 
aniqlik, takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan reja 
malaiy jihatdan quyidagi savollarga javob berishlari lozim.
1. qanday ma’lumotlar to’planishi kerak?
2. Ma’lumotlarni kim to’playdi?
3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?


37 
4. Ma’lumotlarni to’plashda qanday uslublar qo’llaniladi?
5. Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi?
6. Ma’lumotlarni to’plash qachon va qaerda amalga oshiriladi.
7. Ma’lumotlarni to’plash uchun qanday harajatlar ko’zda tutiladi?
Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi, 
mazmunan va mantiqan bog’liqligi ta’minlanadi. Bu o’z navbatida tadqiqotning 
keyingi bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan kamchiliklar va 
xatoliklarning vujudga kelishiga yo’l qo’ymaydi. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi 
tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar 
yordamida ularni qayta ishlash, tayinli artibga solish vazifasini ham bajaradi. 
Chunki jamlanadigan ma’lumotlar qaerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan 
samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi. So’nggi 
vaqtlarda ma’lumotlar va axborotlarni to’plash kompyuter dasturlaridan 
foydalanish yuqori samara bermoqda. Chunki to’plangan ma’lumotlar- bu hali 
natija emas, balki tayyorlangan dastlabki bir xomashyodir. Shu tufayli 
ma’lumotlarni to’plash, ularni tahlil qilish va taqdim qilish bosqichlarini ancha 
osonlashtirish maqsadida maxsus kompyuter dasturlaridan foydalaniladi. Bunda 
asosiy e’tibor faqat jadval shaklidagi ma’lumotlarga emas, balki grafik, 
diogramma, chizma shaklidagi natijaviy ma’lumotlarga qaratilmoqda. Marketing 
tadqiqoti ma’lumotlarni imkoni boricha qisqa, ayni mazmuni va zudlik bilan 
taqdim etilishi tayinli mahsulot xususida bozorda qaror qabul qilish ancha 
osonko’chadi. Shu sababdan taqdim etilgan marketing tadqiqoti natijalari 
umumlashtirilgan va umumiy xulosalar keltirilgan qismga ega bo’lishi talab etiladi. 
Tadqiqot davomida olingan barcha ahamiyatdagi ma’lumotlar, jadval va 
diogrammalar kengaytirilgan shaklda va barcha tafsiloti bilan maxsus 
bo’linmalarda keltiriladi. Demak, marketing tadqiqotlarining yo’nalishlari, uning 
maqsadlari asosida muayyan uslublar tanlanadi. qullaniladigan uslublar istakdagi 
natijaga erishish yo’lida bir-birini to’ldirish, aniqlash, xatoliklarni o’z vaqtida 
bartaraf etish uchun xizmat qiladi. Tadqiqot qurollari esa, xoh anketa, xoh texnik 


38 
vositalar tarzida bo’lsin axborotlarni zudlik bilan to’plash, ularni qayta ishlash, 
kelgusi faoliyatda unumli foydalanish vazifasini bajaradi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin