3.1-rasm. Marketing strategiyasi
Marketinga strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani
foyda olishga yo’naltirish hisoblanadi. Uning echimini topishda jahon tajribasida
quyidagi yondashishlar mavjud.
«Porterning umumiy strategik modeli»
Bunda korxona barcha imkoniyatlarini bozordagi bir segmentga qaratadi,
tovar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga, mahsulotga past baho
belgilab iste’molchilarni ko’proq jalb etadi va sotish hajmini oshiradi. Boshqa
МАРКЕТИНГ СТРАТЕГИЯСИ
БЕШТА ТАЛАБ
Бозор бир хил эмас, у ўзига хос табақалар (сегментлар)дан иборат. Таклиф
қилинаётган товар ёки хизмат ҳамма истеъмолчилар талабига мос
келавермайди.
Корхона бозорда бир ёки бир неча сегмент талаблариии назарда тутиши
мумкин.
Фирма бозорда мустақил ёки бошқа корхоналар билан хамкорликда
фаолият кўрсатиши мумкин
Маркетинг воситасини танлашда, кўпроқ бир-бирига мос ва ўзаро вазифалари
билан бир-бирини тўлғизиб турувчиларни ишга солишни кўзда тутиш керак.
Корхонанинг бозорга чиқишида иқтисодий ҳолатни ҳар томонлама
ҳисобга олишни талаб ётади.
165
holatda esa, raqobatchilar yo’q bozorni yangi tovar assortimenti bilan egallab
oladi.
«Tovarlar (bozorlar imkoniyatlari qolipi (matritsasi))». Bu yondashishda
foydani ko’paytirish birinchidan - tovar harakatini o’zgartirmagan holatda bozorni
kengaytirish; ikkinchidan - hali talab qondirilmagap bozorlarga kirib borish;
uchinchidan - korxona bozorda yaxshi tanilgandan so’ng yangi tovar ishlab
chiqarish yoki modifikatsiyasini o’zgartirish; to’rtinchidan - yangi bozorlar uchun
yangi tovarlar ishlab chiqarish orqali erishiladi.
Marketing dasturi
Zamonaviy firmalar ichidan tashkilotlarni strategik boshqaruv faol marketing
konsepsiyalariga asoslangan. Strategik rejalarni realizatsiya qilish umumfirma
taktik yoki operativ rejalari tizimini tuzishni ko’zda tutadi. Masalan, ishlab
chiqarish rejasi, marketing rejasi, moliyaviy reja va boshqalar. Jamlangan (yig’ma)
reja ko’p hollarda biznes-reja ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
Bozorda aniq faoliyat ko’rsatishi uchun korxona biznes rejasining asosi –
marketing dasturini qo’llaydi. Marketing dasturini tuzishda boshqaruvning
marketingga oid rejalar xarakteri (marketing-menejment) bozor muhitini o’rab
olgan o’zgarishlarga moslashishni ta’minlabgina qolmasdan, bozorga faol ta’sir
etishga qodir va iste’molchilar talablarini firmaning o’z vazifalari va strategik
maqsadlariga mos holda shakllantira oladigan tadbirlarni ham o’z ichiga olishini
bildiradi.Marketing dasturi biznesning rivojlanishidagi ko’pgina muqarrar
muammolarning oldini olish va munosib kutib olishga yordam beradi. U o’z xatti-
harakatlarini o’ylab ko’rish imkonini beradi. U hodisalarni shunchaki, kuzatish
emas, oldindan tayyorlangan reja asosida boshqarish imkonini beradi. Marketing
dasturlarini
ishlab
chiqishda
korxonaning
imkoniyatlari
(resurslari)
tahlili,rivojlanish maqsadlarini aniqlash, strategiyalarni aniqlash, maqsadga
erishish rejalari va uni bajarilishini nazorat qilish kabi tadbirlari tizimi aks
ettiriladi.
166
Firmaning boshqa rejalariga nisbatan biznes-reja (marketing dasturi) tashqi
yo’nalganlikka ega, sotilishi maksimal imkoniyatli yutuq keltirishi lozim bo’lgan
o’ziga xos tovarga aylanadi.
Marketing dasturi endigina tuzilayotgan yangi korxona uchun ham, avvaldan
mavjud bo’lgan tashkilotning navbatdagi rivojlanish bosqichi uchun ham ishlab
chiqilishi mumkin.Tuzilgan biznes-rejaning darajasi tadbirkor va uning ishining
ishonchliligi va jiddiyligi ko’rsatkichi bo’ladi. Qoidaga ko’ra, biznes-reja tadbirkor
va ehtimoliy investor (masalan, bank) orasida muzokaralar boshlanishi uchun
asosiy nuqta hisoblanadi. Biznes-reja, ayniqsa, xorijiy firmalar bilan muzokaralar
o’tkazishda zarur bo’ladi. Aksariyat ko’plab firmalar tashqi moliyalashtirishga o’ta
ehtiyojmand. Biroq birorta bank, birorta xorijiy investor kreditdan samarali
foydalanishini, uni o’z vaqtida, foizi bilan qaytara olishini ishonchli isbotlab,
talabnomasini asoslay olmaydigan biznesmenga sarmoya .bermaydi.
Boshlovchi tadbirkor uchun biznes-reja – bu u investorlarning e’tiborini jalb
qilishi mumkin bo’lgan hujjatdir. Biznes-reja faraz qilinayotgan loyihaning
foydaliligini ko’rsatishga imkon beradi. U investorlarni, ko’zda tutilganlarni
muvaffaqiyatli
amalga
oshirishga
imkon
beruvchi,
ishlab
chiqarishni
rivojlantirishni jozibador (jalb etuvchi) imkoniyatlar topilganiga, korxona
loyihaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishning samarali, realistik va izchil
dasturiga egaligiga ishontira olishi mumkin. Investor o’z pulini yetarlicha ishonch
bilan unga foyda olishni kafolatlaydigan loyihagagina qo’yadi.
Marketing dasturi quyidagi muhim muammolarni hal qiladi:
-biznesning istiqbolini rivojlanishning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari
ko’rinishida tahliliy aniqlashtiradi;
-korxonaning yashovchanligi (gullab-yashnashi) va kelgusi barqarorligi
darajalarini aniqlaydi, tadbirkorlik faoliyati riskini pasaytiradi;
-e’tiborni jalb etadi va qiziqish uyg’otadi, firmaning potensial investorlari
tomonidan qo’llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Tashkilotning an’anaviy rejasidan farqli ravishda marketing dasturi
tashkilotning ichki maqsadlarinigina emas, shuningdek, yangi ishda foydasi tegishi
167
mumkin bo’lgan shaxslarning tashqi maqsadlarini ham hisobga oladi. Investorlar
bilan bir qatorda yangi biznesdan manfaatdor shaxslar potensial iste’molchilar va
firmaning mol yetkazib beruvchilari ham hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |