Toshkent moliya instituti



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#40403
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
ozbekiston respublikasi tijorat banklari zamonaviy xizmatlarini shakillantirish va rivojlantirish masalalari mavzusini oqitishda tadqiqiot metodini qollash

Ikkinchidan,  talabalarning  darsni  o‘zlashtirish,  bilimni  qabul  qilish 


54 

 

qobiliyatlari  har  xil  bo‘lib,  turli  uslublarni  qo‘llashgina  o‘tilayotgan  mavzuni 



talabalar  tomonidan  nisbatan  to‘liq  o‘zlashtirishga  olib  keladi.  Tadqiqotlar  shuni 

ko‘rsatadiki,  bilimni  o‘zlashtirish  jarayonida  mavzuni  tezroq  anglashga  bir  xil 

talabalarga bir uslub yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.  

Uchinchidan, 

dars  o‘tish  metodlari  talabalarni  fikrlash  doirasini 

shakllantirishga yordam beradi. 

Shuning  uchun  ham  barcha  pedagoglar  talabalarga  bilim  berishning  eng 

samarali  yo‘li,  dars  o‘tishga  turli  metodlarni  qo‘llash  zarur  degan  fikr  tarafdori 

bo‘lib,  aynan  qaysi  metod  qaysi  kategoriyadagi  talabalar  uchun  qo‘llanilishi 

ma’qulligi  bo‘yicha  esa  yagona  qolip  yo‘q,  Jahon  pedagogikasi  tajribasi  shuni 

ko‘rsatadiki,  tahliliy  fikr  yuritadigan  talabalardangina  muvaffaqiyat  bilan 

ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar(sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi.                

Mavzuni  o‘rganishda  tadqiqot  metodini  qo‘llash  talabalarning  puxta  bilim 

olishlariga katta yordam beradi. Sababi, tijorat banklarining zamonaviy xizmatlari 

doimo kishilarni oldiga tanlov muammosini qo‘yadi, chunki resurslar cheklangan, 

ularni  bir  maqsaddagina  ishlatish  mumkin,  uni  ikkinchi  maqsadda  ishlatib 

bo‘lmaydi.  Masalan,  yerga  uy  qurilsa,  endi  u  yerga  ekin  ekib  yoki  yo‘l  qurib 

bo‘lmaydi.  Resurslarning  cheklanganligi  tanlov  bilan  bog‘liq  holda  ulardan 

samarali foydalanish yo‘llarini qidirishga majbur qiladi. Buni biz tadqiqot  orqali 

amalga  oshiramiz.  Tadqiqot  nafaqat  ilmiy  bilishning  balki  bilim  olishning  ham 

alohida  ahamiyatga  ega  metodidir.  Tadqiqotning  deduktiv  metodga  asoslanishi 

iqtisodiyotda  qator  tayyor  qoida,  qonunlar  mavjudligi,  ulardan  qo‘yilgan 

muammolarni  yechishda  foydalansa  bo‘lishiga  tayanadi.  Bu  qonun,  qoidalar 

talabalarga  zarur  axborotni  keraksiz  ma’lumotlardan  ajratishga  yordam  beradi. 

Tadqiqot  jarayonida  izlanishni  to‘g‘ri  yo‘ldan  borishiga  ko‘maklashadi.  Induktiv 

metodni  qo‘llash  yordamida  talabalar  ma’lumot,  axborotga  asoslanib,  iqtisodiy 

hodisa va jarayonlar  haqida yangi  ilmiy taxmin (gipoteza)larni ilgari surishi  yoki  

ilgari    bildirilganlarini  tekshirib  ko‘rishi  mumkin.  Bunda,  bir  muqobil  qiymat 

ikkinchisi  bilan  solishtiriladi.  Shuning  uchun  kishilarning  xatti-harakati  qanday 

bo‘lishini  va  ma’lumotlarni  sinchkovlik  bilan  o‘rganish  muhim  ahamiyatga  ega. 



55 

 

Bunga tadqiqot uslubi  orqali  erishish mumkin. Metodni qo‘llash uchun o‘qituvchi 



puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim: 

1. Darsda talabalarni qiziqtiradigan savol yoki masala qo‘yiladi. 

2.  O‘qituvchi  talabalarga  biron-bir  gipoteza  taklif  qilishi  yoki  talabalarning 

o‘zlari  muhokama  qilayotgan  masalaning  yechimini  mumkin  bo‘lgan    

variantlarini    taklif    qilishlari, tushuntirishlari mumkin. 

3.  Talabalar    ma’lumotlar,  axborotlar    to‘plashadi.  Mustaqil  ravishda 

adabiyotlar  o‘qib,  jadval,  grafik,  videofilm  va  boshqalarni  o‘rganib,  shaxsan 

tadqiqot o‘tkazadi yoki darsda tadqiqot o‘tkazishda qatnashadi. 

4. Olingan ma’lumotlar asosida qo‘yilgan masala bo‘yicha xulosa chiqariladi. 

5.  Aytilgan  gipoteza  to‘g‘rimi  yoki  yo‘qligi,  aniqlanadi.  Noto‘g‘ri  bo‘lsa 

chiqarilgan xulosa bo‘yicha yangi ta’rif beriladi. 

Iqtisodiy  masalalar,  muammolarni  tadqiq  qiliщda  deduktiv  taxminlar  keng 

qo‘llaniladi.  Ular  masalani,  muammoni  yechishda  odamlarning  sa’y-harakati 

qanday  bo‘lishi  mumkin,  ular  nimani  tanlashlari  mumkin,  buning  sababi  nimada 

ekanligini tushunishga yordam beradi. Bu taxminlar odamlarning iqtisodiy fikrlash 

tarzini qanday kechishi mumkinligi, u nimalarga bog‘liqligini anglay bilishimizga 

bog‘liq.  Tadqiqot  o‘tkazishda  ana  shu  taxminlardan  foydalanamiz.  Ular  asosida 

xulosa chiqaramiz.  

Talabalarni  o‘z  fikrini  qat’iy  himoya  qilishga,  boshqalarning  fikrini  tahlil 

qilishga,  mantiqiy  mushohada  yuritishga  undaydigan,  darsda  faol  qatnashishlarini 

ta’minlaydigan metodlardan biri darsni munozara metodi asosida tashkil qilishdir. 

Darsni munozara metodi asosida tashkil qilishni turli usullari mavjud. Ulardan 

keng  qo‘llaniladigani  yuqorida  ko‘rsatganimizdek,  o‘quv  jarayonida  munozara, 

muammo  qo‘yib,  muhokama  qilish  mumkin.  Bunda  talabalar  munozaraga 

individual  tarzda  yondashadilar.  Ochiq  munozara  qo‘yilgan  muammoni 

belgilangan  qoida  bo‘yicha  muhokama  qilinib,  yechimini  qabul  qilish  yoki 

qilmaslikni  plenumga  topshirish  bilan  yakunlanadi.  Bunda,  masalan,  quyidagicha 

savol qo‘yish mumkin:  

Aytishlaricha,  Angliyada  o‘z  vaqtida  mashhur  bo‘lgan  kema  kapitani 



56 

 

muhtojlikka  tushib,  o‘ylab-o‘ylab,  oxir-oqibat  gazetada  «Xatolarimni  sotaman»  -



deb  e’lon  bergan  ekan.  Odamlar  taajjublanib,  tavba,  xatoni  ham  sotsa  bo‘lar 

ekanda,  uni  qanday  ahmoq  sotib  oladi,  deyishgan  ekan.  Lekin  shunday  kishi 

topilibdi. Siz ham xatolarni sotib olgan odamni ahmoq, deb o‘ylaysizmi?  

Har  bir talabaning bildirgan  fikri hamda  qo‘yilgan  muammoni  yechish uchun 

bildirgan fikriga qarab, ball beriladi. 

Dars  o‘tishning  yana  bir  usuli  kichik  guruhlar  o‘rtasida  munozara  olib 

borishdir.  Bu  usulda  qo‘yilgan  muammo  kichik  guruhlar  o‘rtasida  muhokama 

qilinib,  ular  o‘z  takliflarini  asoslab  berishi  zarur.  Masalan,  Davlat  byudjeti 

parametrlarini qabul qilishni Oliy Majlis fraksiyalari o‘rtasidagi munozara tarzida 

tashkil qilish mumkin. Bunda har bir kichik guruh bir fraksiya rolini o‘ynashadi. 

O‘z taklifini asoslash uchun eng muhim dalillarni keltirib, Oliy Majlisning boshqa 

a’zolarini  ham  o‘z  takliflarga  ovoz  berishga  moyil  qilishga  intilishadi.  Munozara 

qatnashchilari qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishlariga ko‘ra baholanadi.  

Munozara metodini qo‘llashning yana bir usuli «qarama - qarshi munozara» 

bo‘lib,  uni  talabalarning  o‘zi  olib  boradi.  O‘qituvchi  faqat  munozara  olib  borish 

uchun savol tayyorlab, darsni tashkil qiladi. 

Qarama - qarshi munozarada qo‘yilgan savolga zid fikr, javob aytiladi. U guruh 

o‘rtasida  muhokama  qilinadi.  Har  bir  talaba  «ha»  yoki  «yo‘q»  deb  javob  berishi 

hamda o‘z fikrini asoslashi kerak. Savolni quyidagicha qo‘yish mumkin. 

Masalan, Hukumat importga to‘siqlar qo‘yishi kerakmi? 



2-jadval

19

 

Ha 


yo‘q 


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin