Ikkinchidan, talabalarning darsni o‘zlashtirish, bilimni qabul qilish
54
qobiliyatlari har xil bo‘lib, turli uslublarni qo‘llashgina o‘tilayotgan mavzuni
talabalar tomonidan nisbatan to‘liq o‘zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, bilimni o‘zlashtirish jarayonida mavzuni tezroq anglashga bir xil
talabalarga bir uslub yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.
Uchinchidan,
dars o‘tish metodlari talabalarni fikrlash doirasini
shakllantirishga yordam beradi.
Shuning uchun ham barcha pedagoglar talabalarga bilim berishning eng
samarali yo‘li, dars o‘tishga turli metodlarni qo‘llash zarur degan fikr tarafdori
bo‘lib, aynan qaysi metod qaysi kategoriyadagi talabalar uchun qo‘llanilishi
ma’qulligi bo‘yicha esa yagona qolip yo‘q, Jahon pedagogikasi tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, tahliliy fikr yuritadigan talabalardangina muvaffaqiyat bilan
ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar(sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi.
Mavzuni o‘rganishda tadqiqot metodini qo‘llash talabalarning puxta bilim
olishlariga katta yordam beradi. Sababi, tijorat banklarining zamonaviy xizmatlari
doimo kishilarni oldiga tanlov muammosini qo‘yadi, chunki resurslar cheklangan,
ularni bir maqsaddagina ishlatish mumkin, uni ikkinchi maqsadda ishlatib
bo‘lmaydi. Masalan, yerga uy qurilsa, endi u yerga ekin ekib yoki yo‘l qurib
bo‘lmaydi. Resurslarning cheklanganligi tanlov bilan bog‘liq holda ulardan
samarali foydalanish yo‘llarini qidirishga majbur qiladi. Buni biz tadqiqot orqali
amalga oshiramiz. Tadqiqot nafaqat ilmiy bilishning balki bilim olishning ham
alohida ahamiyatga ega metodidir. Tadqiqotning deduktiv metodga asoslanishi
iqtisodiyotda qator tayyor qoida, qonunlar mavjudligi, ulardan qo‘yilgan
muammolarni yechishda foydalansa bo‘lishiga tayanadi. Bu qonun, qoidalar
talabalarga zarur axborotni keraksiz ma’lumotlardan ajratishga yordam beradi.
Tadqiqot jarayonida izlanishni to‘g‘ri yo‘ldan borishiga ko‘maklashadi. Induktiv
metodni qo‘llash yordamida talabalar ma’lumot, axborotga asoslanib, iqtisodiy
hodisa va jarayonlar haqida yangi ilmiy taxmin (gipoteza)larni ilgari surishi yoki
ilgari bildirilganlarini tekshirib ko‘rishi mumkin. Bunda, bir muqobil qiymat
ikkinchisi bilan solishtiriladi. Shuning uchun kishilarning xatti-harakati qanday
bo‘lishini va ma’lumotlarni sinchkovlik bilan o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
55
Bunga tadqiqot uslubi orqali erishish mumkin. Metodni qo‘llash uchun o‘qituvchi
puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim:
1. Darsda talabalarni qiziqtiradigan savol yoki masala qo‘yiladi.
2. O‘qituvchi talabalarga biron-bir gipoteza taklif qilishi yoki talabalarning
o‘zlari muhokama qilayotgan masalaning yechimini mumkin bo‘lgan
variantlarini taklif qilishlari, tushuntirishlari mumkin.
3. Talabalar ma’lumotlar, axborotlar to‘plashadi. Mustaqil ravishda
adabiyotlar o‘qib, jadval, grafik, videofilm va boshqalarni o‘rganib, shaxsan
tadqiqot o‘tkazadi yoki darsda tadqiqot o‘tkazishda qatnashadi.
4. Olingan ma’lumotlar asosida qo‘yilgan masala bo‘yicha xulosa chiqariladi.
5. Aytilgan gipoteza to‘g‘rimi yoki yo‘qligi, aniqlanadi. Noto‘g‘ri bo‘lsa
chiqarilgan xulosa bo‘yicha yangi ta’rif beriladi.
Iqtisodiy masalalar, muammolarni tadqiq qiliщda deduktiv taxminlar keng
qo‘llaniladi. Ular masalani, muammoni yechishda odamlarning sa’y-harakati
qanday bo‘lishi mumkin, ular nimani tanlashlari mumkin, buning sababi nimada
ekanligini tushunishga yordam beradi. Bu taxminlar odamlarning iqtisodiy fikrlash
tarzini qanday kechishi mumkinligi, u nimalarga bog‘liqligini anglay bilishimizga
bog‘liq. Tadqiqot o‘tkazishda ana shu taxminlardan foydalanamiz. Ular asosida
xulosa chiqaramiz.
Talabalarni o‘z fikrini qat’iy himoya qilishga, boshqalarning fikrini tahlil
qilishga, mantiqiy mushohada yuritishga undaydigan, darsda faol qatnashishlarini
ta’minlaydigan metodlardan biri darsni munozara metodi asosida tashkil qilishdir.
Darsni munozara metodi asosida tashkil qilishni turli usullari mavjud. Ulardan
keng qo‘llaniladigani yuqorida ko‘rsatganimizdek, o‘quv jarayonida munozara,
muammo qo‘yib, muhokama qilish mumkin. Bunda talabalar munozaraga
individual tarzda yondashadilar. Ochiq munozara qo‘yilgan muammoni
belgilangan qoida bo‘yicha muhokama qilinib, yechimini qabul qilish yoki
qilmaslikni plenumga topshirish bilan yakunlanadi. Bunda, masalan, quyidagicha
savol qo‘yish mumkin:
Aytishlaricha, Angliyada o‘z vaqtida mashhur bo‘lgan kema kapitani
56
muhtojlikka tushib, o‘ylab-o‘ylab, oxir-oqibat gazetada «Xatolarimni sotaman» -
deb e’lon bergan ekan. Odamlar taajjublanib, tavba, xatoni ham sotsa bo‘lar
ekanda, uni qanday ahmoq sotib oladi, deyishgan ekan. Lekin shunday kishi
topilibdi. Siz ham xatolarni sotib olgan odamni ahmoq, deb o‘ylaysizmi?
Har bir talabaning bildirgan fikri hamda qo‘yilgan muammoni yechish uchun
bildirgan fikriga qarab, ball beriladi.
Dars o‘tishning yana bir usuli kichik guruhlar o‘rtasida munozara olib
borishdir. Bu usulda qo‘yilgan muammo kichik guruhlar o‘rtasida muhokama
qilinib, ular o‘z takliflarini asoslab berishi zarur. Masalan, Davlat byudjeti
parametrlarini qabul qilishni Oliy Majlis fraksiyalari o‘rtasidagi munozara tarzida
tashkil qilish mumkin. Bunda har bir kichik guruh bir fraksiya rolini o‘ynashadi.
O‘z taklifini asoslash uchun eng muhim dalillarni keltirib, Oliy Majlisning boshqa
a’zolarini ham o‘z takliflarga ovoz berishga moyil qilishga intilishadi. Munozara
qatnashchilari qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishlariga ko‘ra baholanadi.
Munozara metodini qo‘llashning yana bir usuli «qarama - qarshi munozara»
bo‘lib, uni talabalarning o‘zi olib boradi. O‘qituvchi faqat munozara olib borish
uchun savol tayyorlab, darsni tashkil qiladi.
Qarama - qarshi munozarada qo‘yilgan savolga zid fikr, javob aytiladi. U guruh
o‘rtasida muhokama qilinadi. Har bir talaba «ha» yoki «yo‘q» deb javob berishi
hamda o‘z fikrini asoslashi kerak. Savolni quyidagicha qo‘yish mumkin.
Masalan, Hukumat importga to‘siqlar qo‘yishi kerakmi?
2-jadval
19
Ha
yo‘q
Dostları ilə paylaş: |