qilish,
uning
barqarorligini
oshirish
va
yuqori
halqaro
reyting
ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida” PQ-1438 sonli
qarori dasturi-amal bo’lib xizmat qilmoqda.
49
Unga ko’ra: Respublikamizda moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada
chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi
faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o’zgartirish, hamma
tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash
ko’rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq
darajasiga chiqishni ta’minlash maqsadida:
o
etakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo’llaniladigan
xalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan hamda alohida banklar va
umuman bank tizimining butun dunyoda qabul qilingan yanada yuksakroq
baholash ko’rsatkichlari darajasiga chiqish yo’lidan olg’a siljib borishini xolisona
baholash imkonini beradigan tijorat banklari va butun moliya-bank tizimi
faoliyatini baholash va tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish;
o
moliya-bank
faoliyatining
normativ-huquqiy
bazasini
yanada
takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga
muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish
hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilish;
o
tijorat banklarining investistiyaviy faolligini kuchaytirish, investistiya
loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklari ishtirokini yanada kengaytirish,
loyihalarni ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimini takomillashtirish, kreditlar
bo’yicha muammoli qarzlarning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik borasida oldini
olish choralarini ko’rish yo’li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil
o’sishi hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash;
o
tijorat
banklarida
hisob-kitob
va
hisobotlarning
yangicha
yondashuvlarini shakllantirish hamda zamonaviy texnologiyalari va uslublarini
joriy qilish, moliya-bank axboroti saviyasi hamda sifatini oshirish, etakchi xalqaro
reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng ko’lamda foydalanishni
ta’minlash;
o
respublika tijorat banklari va moliya institutlarini dunyoda qabul
qilingan standartlar, uslubiyatlar va baholash ko’rsatkichlari tizimida ishlay
oladigan, professional tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan
50
mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari qo’yildi.
Yurtimizda aholiga plastik kartochkalardan naqd pul mablag‘larining
berilishini
yanada
yaxshilash
maqsadida
bankomatlar
soni
tobora
ko‘paytirilmoqda. Savdo maydoni 150 kvadrat metrdan ortiq savdo va xizmat
ko‘rsatish shoxobchalarini terminallar bilan ta’minlash ishlari izchil davom
etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qo‘mitasi
hamkorligida ishlab chiqilgan tegishli nizomda bank plastik kartochkalari orqali
to‘lovlar amalga oshirilganda tovarlar (ishlar va xizmatlar) narxlari asossiz
ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik qat’iy ta’kidlangan. 2012 yilning 6
avgustidan kuchga kirgan ushbu me’yoriy hujjatga binoan to‘lov terminallari avia
va temir yo‘l chiptalari sotiladigan kassalar, aholidan to‘lov qabul qilish
punktlarida majburiy tartibda o‘rnatilishi, uy-joy, kommunal xizmatlari
ko‘rsatadigan korxonalarda tashkil etilishi lozim. Shuningdek, telefon xizmatlari
uchun to‘lov qabul qiladigan punktlar, avtomobillarga yoqilg‘i quyish
shoxobchalari, savdo maydoni 150 kvadrat metrdan ortiq muqim savdo
do‘konlari, restoranlar, mehmonxonalar, aloqa bo‘limlari va boshqalar terminallar
bilan ta’minlanishi darkor. Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikamiz bo‘yicha 42
mingdan ziyod savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektida terminallar
o‘rnatilgan. Bu raqam kun sayin o‘smoqda. 2010 yilning 1 yanvarigacha ularning
soni 60 mingga yetishi ko‘zda tutilgan.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bunday chora-
tadbirlar natijasida to‘lovlar uchun hisob-kitoblarni plastik kartochkalar orqali
amalga oshirish tizimi va undan foydalanish ko‘lami tobora kengaymoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yil 3 avgustda qabul qilingan “Plastik
kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va shu yil 6 apreldagi “Tijorat banklari
depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni
yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari bu
51
borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitob
qilish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasida amalga
oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli islohotlar o‘z samaralarini bermoqda. Buni
davlat tijorat “Xalq banki” misolida ham ko‘rish mumkin.
– Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, bankimiz tomonidan muomalaga
chiqarilgan plastik kartochkalar qariyb 290 mingga yetgan. Bu o‘tgan yilning shu
davridagiga nisbatan plastik kartochkalar soni ikki barobar ko‘paydi, deganidir.
“Xalq banki” terminallarining asosiy qismi savdo va maishiy xizmat hamda
umumiy ovqatlanish obyektlariga o‘rnatilgan
18
.
Yurtimizda “elektron hamyon” orqali to‘lovlarni amalga oshirish yildan-yilga
rivojlanib borayotgani savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini terminnallar
bilan ta’minlashni yanada jadallashtirishni taqozo etmoqda. Buni hisobga olgan
“Xalq banki” jamoasi terminallarni ko‘paytirish choralarini ko‘rmoqda. Bank
tomonidan qo‘shimcha ravishda olingan 2500 donaga yaqin terminal ayni
kunlarda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalariga o‘rnatilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida mazkur moliya muassasasi tomonidan xarid
qilingan infokioska hamda bankomatlar joylardagi bank bo‘limlariga yetkazildi.
Infokioska – plastik kartochkaga o‘tkazilgan mablag‘larni kartochkaga yuklash,
“elektron hamyon” orqali amalga oshirilgan oxirgi 20 operatsiya bo‘yicha
ma’lumot olish va kommunal to‘lovlarni to‘lash imkonini beradi.
Yaratilayotgan bunday qulayliklar natijasida yurtimizda bank plastik
kartochkalaridan foydalanish izchil oshmoqda. Shu yilning 1 noyabr holatiga
ko‘ra, “Xalq banki” elektron to‘lov vositalari orqali amalga oshirilgan mablag‘lar
aylanmalari 2008 yilning shu davridagiga nisbatan 7,5 barobar ko‘paydi.
Dostları ilə paylaş: |