Toshkent moliya instituti



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#40403
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
ozbekiston respublikasi tijorat banklari zamonaviy xizmatlarini shakillantirish va rivojlantirish masalalari mavzusini oqitishda tadqiqiot metodini qollash

 

 


61 

 

Xulosa 

«Biz  oldimizga  qanday  vazifa  qo’ymaylik,  qanday  muammoni  echish 

zaruriyati  tug’ilmasin,  gap  oxir-oqibat  baribir  kadrlarga  borib  taqalaveradi. 

Mubolag’asiz  aytish  mumkinki,  bizning  kelajagimiz,  mamlakatimiz  kelajagi 

o’rnimizga  kim  kelishiga  yoki  boshqacharoq  aytganda,  qanday  kadrlarni 

tayyorlashga bog’liqdir»

20



       Mamlakatimizda 

amalga 


oshirilayotgan 

siyosiy, 

ijtimoiy, 

iqtisodiy 

o’zgarishlar,  islohotlar  ta’lim  standartlarini  o’zgartirishga,  yangi  fan,  o’quv 

kurslarini  kiritishnigina  emas,  balki  dars  o’tish  metodlarini  ham  o’zgartirishni, 

talabalarni darsga qiziqib, faol qatnashishlarini ta’minlaydigan metodlarni qo’llash 

ehtiyojlarini keltirib chiqardi.  

Shuning  uchun  jahon  pedagogikasida  asosiy  e’tibor  talabalarda  ana  shu 

xislatlarni  hosil  qilishga  qaratildi.  Tajriba  talabalarda  aynan  ana  shu  xislatlar, 

ko’nikmalarni hosil qilishda dars berishning interaktiv metodlarini qo’llash ijobiy 

natija berishini ko’rsatdi. Bu uslublar dars o’tishni dialog tarzda amalga oshirishga

ayniqsa, talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlashga qaratilgan.  

           Jahonning  etakchi  banklari  va  dasturchilari    tomonidan  ishlab 

chiqarilayotgan  yangi  zamon  talablariga  javob  bera  oladigan  banklarning 

zamonaviy  xizmat  turlari  mijozlar  uchun  ancha  qulayliklar  yaratmoqda. 

Respublikamizda  bugungi  kunda  internet  va  mobil-banking  xizmatlarini 

ko‘rsatayotgan  banklar  soni  sanoqli,  albatta.  Ammo  mamlakatimizda  internet 

foydalanuvchilari soni tobora oshib borayotgani banklar oldiga ushbu yo‘nalishni 

rivojlantirishga  jiddiy  kirishish  zaruratini  qo‘yadi.  Qolaversa,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2010  yilning  26  noyabrdagi  qaroriga  ko‘ra, 

O‘zbekistondagi  barcha  tijorat  banklari  2015  yilga  qadar  jismoniy  va  yuridik 

shaxslarga  internet-banking  xizmatlarini  ko‘rsatishni  boshlashlari  lozim. 

O‘zbekistonda  internet-banking  2007  yili  paydo  bo‘lgandi.  Avvalo,  korporativ 

mijozlar  uchun  yo‘lga  qo‘yilgan  ushbu  xizmat  keyinchalik  jismoniy  shaxslarga 

ham ko‘rsatila boshlandi.  

                                                           

20

 Karimov I. A. Barkamol avlod orzusi. T.: «Sharq», 1998, 83-bet 




62 

 

Global tarmoq orqali amalga oshiriladigan moliyaviy amaliyotlar, bank xizmatlari 



ko‘rsatish  jarayonida  xavfsizlik  masalasi  ham  asosiy  e'tiborda  turadi.  Hozirda 

tijorat  banklari  zamonaviy  hizmatlari  uzatilayotgan  axborot  xalqaro  kriptografiya 

formatidan  foydalangan  holda  shifrlash  yo‘li  bilan  himoyalanadi.    Aloqador 

tomonlar  buning  uchun  elektron  raqamli  imzodan  foydalanishadi.  Identifikatsiya 

tizimi 

amaliyotni 

bajarayotgan 

taraflarning 

haqqoniyligi 

tasdiqlanishini 

kafolatlaydi.Ma'lumki, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatlar 

qog‘ozda  chop  etilgan  va  taraflarning  imzolari  va  muhrlari  bilan  tasdiqlangan 

hujjatlar  bilan  bir  xil  yuridik  kuchga  ega.

  Bir  necha  millionlik  internet 

foydalanuvchilar  miqyosida  olib  qaralsa,  yuqoridagi  ko‘rsatkichlar  juda  kam. 

Biroq mazkur yo‘nalishni rivojlantirish uchun banklarimiz tomonidan ilk qadamlar 

tashlangan. Endilikda bu qadamlarni ildamlashtirish lozim, xolos. 

                   Dars  o’tishda  qo’llaniladigan  metodlarni  shartli  ravishda:  an’anaviy 

dars  o’tish  uslublari  hamda  talabalar  faolligini  oshiruvchi  interaktiv  metodlarga 

ajratish  mumkin.  An’anaviy  dars  o’tishda  darsning  asosiy  maqsadi  ko’proq 

tushuntirishga qaratilgan bo’lib, o’qituvchi - bilim beruvchi, o’quvchi-talaba bilim 

oluvchi  rolini  bajaradi.  Ularni  o’rganilayotgan  mavzuni  qay  darajada 

o’zlashtirganlarini  nazorat  qilish  jarayonida  bildirgan  fikrlariga  qarab  aniqlanadi.  

Pedagoglar,  pedagog-olimlar  dars  jarayonida  o’quvchi,  talabalar  o’rtasida  hamda 

ular  bilan  o’qituvchi  orasida  yuqori  darajada  hamkorlik  o’rnatilsa,  uni  interaktiv 

hisoblashadi.  

Odatda  bunday  hamkorlik  u  yoki  bu  muammoni  echish  yo’llarini  fikrlashib 

topishda,  qabul  qilingan  qarorni  qay  darajada  qo’llasa  bo’lishini  muhokama 

qilishda o’rnatiladi. Shunga alohida e’tibor berish kerakki, muhokama jarayoni uni 

javoblaridan ham muhimroq. Ta’lim interaktiv metodlarining maqsadi bilim berish 

emas,  balki  o’quvchi,  talabalarda  mustaqil  ravishda  o’qish,  izlanish,  savollarga 

javob topish, qaror qabul qilish ko’nikmasini shakllantirishdir.  

    Dars  o’tishning  talabalar  faolligini  oshiruvchi  interaktiv  metodlari  ayrim 

adabiyotlarda  noan’anaviy  dars  o’tish  metodlari  deb  ham  ta’riflanadi.  Hozirgi 




63 

 

paytda  butun  dunyoda  faol  interaktiv  metodlarni  qo’llashni  dars  o’tishning 



samarali metodi sifatida tan olinib, keng qo’llanilmoqda.  

   Interaktiv  metodika  o’zaro  hamkorlikning  nihoyatda  ko’p  usul  va  turlarini 

qamrab  oladi.  Lekin  metodik  usul  qanday  bo’lishidan  qat’iy  nazar,  o’quvchi 

talabalarning  tajribalari  asosiy  ta’lim  manbai  hisoblanadi.  Hamkorlik  asosida 

amalga  oshirilayotgan  metodlarning  asosiy  xususiyati  shundaki,  unda  o’quvchi, 

talaba o’zi uchun nimanidir kashf qiladi.  

Interaktiv metodlar «o’qishga va uqishga» o’rgatadi. U o’quvchi-talabalarning 

nihoyatda  katta  intellektual  potensialidan  foydalanish  imkonini  beradi,  ularni 

o’quv  jarayonida  faol  qatnashishlarini  ta’minlaydi.  O’quv  jarayonida  nafaqat 

hamkorlik, balki musobaqa, bellashuv elementlarini ham qo’llash imkonini beradi. 

    “O’zbekiston  Respublikasi  tijorat  banklari  zamonaviy  xizmatlarini  

shakllantirish va rivojlantirish masalalri” mavzusini o’qitishda tadqiqot metodidan   

foydalanishda dars o’tish samaradorligini oshirish  talabalarni o’z fikrini ifodalashi 

uchun  keng  imkoniyat  yaratib  beribgina  qolmay,  o’rtoqlarining  fikri,  asoslari, 

dalillarini  tinglab,  o’z  fikridan  qaytishi  yoki  fikrini  tamomila  o’zgartirishi  va 

yangidan yangi izlanishlanishlarni vujudga keltirishi  mumkin. Interaktiv metodlar 

boshqalarning  fikriga  hurmat  bilan  qarashga,  uni  sabr-toqat  bilan  eshitishga  ham 

o’rgatadi.  Auditoriyada  hamkorlik  muhitini  yaratishning  real  imkoniyatini 

yaratadi. 

     O’qituvchi  yaxshi  dars berishning  tayyor  resteptiga  emas, balki interaktiv 

metodlarga  asoslangan  ta’lim  texnologiyasiga  ega  bo’lishi  kerak.  U  ijodiy 

hamkorlikda ishlashga va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish uchun tayyor turishga 

o’rgatadi. 

“O’zbekiston  Respublikasi  tijorat  banklari  zamonaviy  xizmatlarini  

shakllantirish 

va 


rivojlantirish 

masalalri” 

mavzusini 

tadqoqot 

metodi                            

texnologiyasidan foydalanishda dars o’tish samaradorligini oshirish  pedagoglarda: 

·  darsda o’rganilayotgan mavzuga qiziqish uygotishni ta’minlaydi; 

·  o’quv materialini puxta o’zlashtirish imkonini beradi; 

·  o’quvchi, talabaning tahliliy fikrlashini rivojlantiradi; 



64 

 

·  barcha  o’quvchi,  talabalarni  o’quv  jarayoniga  tortish,  faolligini  oshirish 



uchun sharoit yaratadi; 

·  guruhda ko’ngildagidek ijobiy psixologik iqlim, muhit yaratadi.  

Dars berish jarayonida turli metodlarni qo’llashni hozirgi paytda keng targib 

qilinayotganiga  qaramay  hali  kutilgan  natijaga  erishilgani  yo’q.  Buning  qator 

sabablari quyidagicha:  

· dars  jarayonini  turli  metodlar  asosida  tashkil  etish,  metodlarni  qanday 

qo’llash bo’yicha metodik qo’llanmalarning yo’qligi; 

· tadqoqot 

metodlarni 

qo’llash 

bo’yicha 

o’tkaziladigan 

darslarga 

tayyorgarlikning ko’p vaqt  talab qilishi;  

· tadqoqot  metodlarni keng qo’llash uchun barcha oliy va o’rta maxsus o’quv 

yurtlarida moddiy bazaning etarli emasligi; 

·  tadqoqot metodlarni keng qo’llab, dars o’tish o’qituvchidan chuqur bilim va 

mahorat talab qilishi; 

· barcha o’qituvchilarni bunga birday jalb qilishning qiyinligi va hokazolar.  

  Bundan  tashqari,  o’quv  jarayonini  tashkil  etishdagi  qiyinchiliklar  va 

kamchiliklar ham turli metodlarni qo’llab, dars o’tishga to’sqinlik qiladi. 

O’qish jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar: 

a) butun o’quv jarayonini tashkil qilishga tegishli;  

b) o’quv materialining ma’lum bir qismiga tegishli bo’lishi mumkin.  

Kamchiliklar esa:  

1) umumiy xarakterga ega bo’lgan;  

2) o’quv jarayonidagi individual to’siqlar;  

3) guruh tufayli kelib chiqqan qiyinchilik; 

4)  dars  jarayonini  tashkil  qilishdagi  qiyinchiliklar  tufayli  kelib  chiqqan 

to’siqlar.  

Takliflarga  keladigan  bo’lsam  “O’zbekiston  Respublikasi  Tijorat  Banklari 

zamonaviy  xizmatlarini  shakillantirish  va  rivojlantirish  masalalari”  mavzusini 

o’qitish  uchun  talabalarda  avvalam  bor  infarmatika  va  axborot    texnologiyalari 

to’g’risida  etarlicha  bilimga  ega  bo’lishlari  shart  deb  hisoblayman.  Qolaversa 




65 

 

“Bank  ishi”  yo’nalishida  taxsil  olayotgan  talabalaning  dars  mashg’ulotlariga 



infoarmatika  va  axborot  texnoloiyalari  fani  soatlarini  ko’paytirish  kerak.  Sababi 

bank  tizimi  infarmatsion  texnologiyalari  bilan  uzviy  bog’liq  xamda  talabalarda 

axborot  texnologiyalari  to’g’risida  ma’lumotga  ega  bo’lsalar  mavzuni 

tushuntirishda o’qituvchida ortiqcha qiyinchiliklar bo’lmaydi.   

  Shu  bilan  birgalikda  darsni  tashkil  qilish  bilan  bogliq  qiyinchiliklar  - 

shovqin, dars paytidagi tanaffus, darsni boshqalar tomonidan buzilishi tufayli kelib 

chiqishi  mumkin.  Dars  jarayonida  qo’llanishi  kerak  bo’lgan  texnik  vositalar, 

darslik,  zarur  o’quv  qurollari  etishmasligi  kabilar  ham  qiyinchiliklar  to’g’diradi. 

O’qituvchininig  o’z  fanini  puxta  bilmasligi,  fanga  doir  yangiliklardan  xabardor 

emasligi,  o’zini biror-bir  aybi bor  yoki  biror narsa  etishmayotganday  tutishi  ham 

dars o’tishda qiyinchilik tugdiradi. 

Talabalarning  darsda  o’zini  tuta  bilmasligi,  o’zaro  raqobatlashuvi,  ham  dars 

o’tkazishga to’siq bo’lishi mumkin. 

 


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin