Nutq o‘stirish (132 soat)
(1-sinf uchun)
I chorakda
So‘zlashuv nutqini rivojlantirish. O‘qituvchi va do‘stlari bilan birgalikdagi faoliyatni olib borish uchun shakllanadigan kommunikativ bilimlarni shakllantirish.
I. Topshiriqni tushunish va bajara olish, o‘z xohish istaklarini, iltimosni tushuntira olish
1. Quyidagi maqsadlarda iltimos bilan murojaat qilish:
- ashyo va asboblarni olish;
- yordam olish;
- qiziqtirayotgan predmet va ish namunasi bilan tanishish;
- tegishli harakat namunasini olish;
- o‘qituvchining va sinfdoshining e’tiborini (o‘z so‘zlariga, harakatlariga
va ish natijalariga) tortish;
- topshiriqni bajarilmaganligini sababini bildirib yordam so‘rash.
2. Muayyan maqsadlarda ta’qiqlanishni bildirish.
3. Do‘stiga o‘qituvchining topshirig‘iga ko‘ra maqsadli murojaat qilish.
II. O‘qituvchining topshirig‘iga binoan yoki o‘z istagiga ko‘ra qilinayotgan faoliyat to‘g‘risida xabar qilish.
1. Birgalikdagi, hamkorlikdagi faoliyat to‘g‘risida.
2. O‘z faoliyati to‘g‘risida.
3. Do‘stining faoliyati to‘g‘risida.
Dostları ilə paylaş: |