Variant №1 Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati



Yüklə 107,67 Kb.
səhifə29/40
tarix22.06.2023
ölçüsü107,67 Kb.
#134145
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
4-5-6

17variant
1. Nazorat yordamida teskari aloqa amalga oshiriladi, bu esa menejerlarning mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish va ta'minlash jarayoniga samarali aralashuvi uchun ob'ektiv asos bo'lishi kerak. Boshqaruv tsiklini amalga oshirishda sifat va raqobatbardoshlikni oshirish va ta'minlash jarayonlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va tartibga solish asosiy rol o'ynaydi. Qayta aloqa orqali ishni tashkil etish va muvofiqlashtirishga asoslangan ishlab chiqilgan tuzatuvchi (tartibga soluvchi) harakatlar jarayonlarning rejalashtirilganidan kutilmagan real og'ishlarini (xatolarini) tezda bartaraf etishga yordam beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, umumiy boshqaruv funktsiyalari haqiqatda qat'iy ketma-ketlikda emas, balki ketma-ket parallel va shunga mos ravishda yanada murakkab to'g'ridan-to'g'ri va teskari aloqalar bilan amalga oshiriladi.
Top-menejerlar tomonidan shakllantirilgan maqsadlar tizim sifatini boshqarishning yakuniy natijasini olishga qaratilgan. Ular ham sifat, ham miqdoriy jihatdan ifodalanishi kerak. Maqsadlarga erishish mezonlarini (tugatish, vaqt va resurslar) aniq belgilaydigan miqdoriy tur eng afzal ko'riladi. Sifat sohasidagi siyosat va majburiyatlar ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan o'zi qo'ygan maqsadlarga qarab shakllantiriladi. Barcha sifat maqsadlari bir-biri bilan va boshqa tizimlarning maqsadlari bilan o'zaro bog'liq bo'lishi kerak. Masalan, tashqi bozorga chiqish va u yerda ma’lum turdagi mahsulot bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallashni korxonaning iqtisodiy mavqeini mustahkamlash va barqarorlashtirish maqsadi bilan birgalikda ko‘rib chiqish mumkin. Korxonaning sifat sohasidagi majburiyatlari, qoida tariqasida, mahsulot yetkazib berish bo'yicha shartnomalarda ko'rsatilgan.
2. Globallashuv – bu iqtisodiy, siyosiy, madaniy integratsiya (birlashuv) jarayoni. Yoki, dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari yagona tizim doirasida, о‘zaro bog‘liq holda faoliyat kо‘rsatishi.
Globallashuv jahon xо‘jaligida iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlarning tarkibiy о‘zgarishi oqibatida kelib chiqib, milliy doiradan hududlar doirasiga, hududlar doirasidan xalqaro doiraga qadar kengayib boradi. Ishchi kuchining xalqaro miqyosda kо‘chib yurishi, xarajatlar va daromadlarning milliy doiralardan chiqib ketishi, tovar va xizmatlar bozori kо‘lamining tobora kengayib borishi, moliyaviy resurslar harakati va boshqa omillar ta’sirida milliy iqtisodiyotlarning о‘zaro bog‘liqligi mustahkamlanib bormoqda.
Globallashuv tushunchasiga nisbatan yondashuvlarning xilma-xilligi. Jahon xо‘jaligining globallashuvi - XX asrning 1980 yillari oxiri - 1990 yillarning boshida keng ilmiy aylanmaga kiritilgan nisbatan yangi tushunchadir. Bu davrga qadar “globallashtirish” atamasi zamonaviy iqtisodiyotda - yirik xalqaro kompaniyalar mahsulotlarining alohida savdo bozorlari va muvofiq tarzda yagona milliy yoki xorijiy bozorni egallashga emas, balki hamma bozorlarda, ya’ni global miqyosda savdo qilishga yо‘naltirilgan korporativ strategiyalarni birlashtirish kabi muayyan, о‘ziga xos hodisani belgilash uchun foydalanilgan.
Globallashuv bosqichlarini milliy iqtisodiyotga nisbatan 2 turga ajratish mumkin:
A. Ichki globallashuv – ishlab chiqarish va savdo aloqalarining mamlakatning ichki hududidagi ichki omillar evaziga kengayishi;
B. Tashqi globallashuv – ishlab chiqarish va savdo aloqalarining milliy doiradan tashqaridagi omillar hisobiga rivojlantirilishi.
3. Hududiy dasturlarning samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir:
- yetarli darajada rivojlanmagan, umumrespublika darajasidan orqada qolayotgan hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning yagona metodikasini tasdiqlash;
- respublika shahar va qishloq tumanlaridagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni monitoring qilish, ularni rivojlanish darajalariga ko`ra tipologiyasini ishlab chiqish;
- hududiy dasturlarni, orqada qolgan tuman va shaharlarni qo`llab-quvvatlash dasturlarining loyihalarini ekspertizadan o`tkazishni tashkil etish. Joylarda hududlarni rivojlantirish dasturlarini samarali boshqarish maqsadida viloyat, shahar, tuman hokimliklariga quyidagi vazifalarni yuklash maqsadga muvofiq bo`ladi:
- hududiy rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish, hududiy dasturni tuzish bo`yicha takliflar berish;
- dastur asosida qo`llab-quvvatlashga muhtoj, muammoli shahar, tuman, aholi punktlarini ajratish va belgilash;
- ular asosida mahalliy dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish hududiy dasturlarni
respublikaning hududiy siyosati ustuvorliklari hamda tamoyillariga muvofiqlashtirish;
- mahalliy dasturlar loyihalarini ekspertizadan o`tkazish va ular asosida yagona hududiy dasturlarni shakllantirish hamda ularni ko`ribchiqish, tasdiqlash uchun hududiy rivojlantirish bo`yicha Respublika komissiyasiga taqdim etish;
- maxalliy dasturlarni amalga oshirishga rahbarlik qilib bajarilishini nazorat qilish, dastur
bo`yicha joriy axborotlar va hisobotlarni muntazam berib borish.


4. Xodimlar boshqaruvning fundamental bilimlariga tayanib, eng kam boshqaruv harajatlari bilan eng ko‘p ijtimoiy samara olishga intiladi. Oxirgi natija qanchalik yuqori, boshqaruv yo‘qotishlari qanchalik kam bo‘lsa, ijtimoiy menejmentning samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bu boradagi nazariyalarning paydo bo‘lishi XX - asr 80-90 yillarda G‘arbdagi boshqaruvchanlik revolutsiyasi natijasida yuzaga kelgan. U ijtimoiy soxadagi samarali boshqarish ta‘siri va uning bozor strukturasi, moliya, iqtisod, boshqaruv tuzulmalarining teskari bog‘likliklari bilan aloqador. Ijtimoiy boshqaruv sohasi ham ta‘sir etish ob‘ekti, ham sub‘ekti nuqtai-nazaridan mustaqil, ko‘p tuzilmali va ommaviy bo‘lib bormoqda, bu sohada o‘zgacha boshqaruvchi-mutaxassis paydo bo‘lmokda. Shartnoma bo‘yicha yollangan, natijalar bo‘yicha bosh-qaruv faoliyatiga mas‘ul bo‘lgan har bir menejer boshqaruv sohasida tadbirkorga aylanmoqda. Boshqaruv va boshqaruvchilar-ning alohida istituti-bozor shakllanmoqda. U davlat boshkaruvi bilan munosib raqobatlashmoqda. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bu nafaqat menejerlar, balki davlat boshqaruv organlarining ham mas‘uliyatli va professional jamoasini shakllantirishda asosiy mexanizm ekan.
Avval aytilganidek, nafaqat menejmentning klassik holat-lari rivojlanishi va chuqurlashuvi sodir bo‘lmoqda, balki «kovboylik menejmenti» ni ommaviy siqib chiqarish kuzatilmoqda. Uning o‘rniga madaniy hamkorlik tamoyillari, avvalambor ijtimoiy tashkilotda bozor raqobatida hamkorlik kelmoqda. Ijtimoiy sohada ko‘rsatkichlar va statistika to‘rt darajaga bo‘linadi: xalqaro, milliy, regional, mahalliy. Ular yagona kontseptual asosda qurilgan, yagona ahborot tizimi doirasida birlashgan va xalqaro me‘yorlarga mos.Umuman jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, federal va regional rivojlanish dasturlarini mukammallashtirish - bu inqirozni engib, «o‘quvchi»dan«o‘qituvchi»ga aylanishga imkon beradigan ustuvor yo‘nalishlar emas. Yaponiya tajribasi buning yaqqol isboti. AQShda korxonalarni sotib olib, yaponlar odatda moddiy-texnik jihozlarni, texnologiya, personalni o‘zgartirmaydilar, lekinpersonalni o‘qitish va mehnatga rag‘batlantirish, ishni tashkil etish yo‘li bilan boshqaruv tizimini yangidan tashkil etadilar. Boshqaruv va tashkilotchilik madaniyatining yangi tamoyillaridan foydalanib, aqliy faoliyat salohiyatini oshirib, ular qisqa vaqtda mahsulot sifati va mehnat unumdorligining yuqori natijalariga erishadilar.Boshqaruvda aql deganda maqsad sari boshlovchi «hulqni to‘g‘irlash yo‘li bilan turli, ayniqsa yangi holatlarga muvoffa-qiyatli ta‘sir ko‘rsatishgaqobiliyatlilik10» tushuniladi. Bunday qobiliyat inson tomonidan o‘qish va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonida egallanadi va rivojlanadi. U aqliy qobiliyatlarni doimo mukammallashtirishga chorlovchi har kunlik amaliyot natijasida rivojlanishi ham mumkin. Aqliy qobiliyat va mutaxassislik madaniy qimmatlikka ega bo‘lib, xizmatlar bozorida yuqori baholanadi. Bunday mulk egalari - menejerlar nafaqat katta xaq oladilar, balki yirik kapital, qimmatli qog‘ozlar, jamiyatda yuqori martabaga ega bo‘ladilar. Boshqaruv ilmi jamiyatning muhim resursi bo‘lib, ham jamiyat, ham alohida shaxsning umumiy madaniyatining bir qismi hisoblanadi.

Yüklə 107,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin