Variant №1 Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati



Yüklə 107,67 Kb.
səhifə28/40
tarix22.06.2023
ölçüsü107,67 Kb.
#134145
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
4-5-6

16 VARIANT
1.Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish uchun, avvalambor, 
hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni umumiy baholash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 
1. Hududning o`tgan davrdagi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga tavsif beriladi. Bunda 
hududning sanoat, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy salohiyatini baholashga alohida e`tibor qaratilishi lozim bo`ladi. 
2. Hududning iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish darajasi va ahvoli to``grisidagi tahlilga 
asoslanib, uning rivojlanishidagi ijobiy va salbiy tendentsiyalar, iqtisodiy rivojlanish rezervlari va foydalanilmagan imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, kelgusida hal etilishi lozim bo`lgan 
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar aniqlanadi. 
3. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning natijalari, ko`p ukladli 
iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlanishi, shuningdek, hududiy bozor infratuzilmasi ahvoli 
baholanadi. 
4. Hududdagi tarmoqlar va yirik sanoat korxonalarining o`tgan davrdagi faoliyati tahlil 
qilinadi, ularning ish natijalari yoki orqada qolishining sabablari va omillari aniqlanadi. 
5. Sanoat rivojlanishi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishi darajasi belgilanadi, ishlab 
chiqarish quvvatlarini eksportga yo`naltirilgan va import o`rnini bosadigan mahsulotlar ishlab 
chiqarishga qayta ixtisoslashtirish va kengaytirish uchun qo`shimcha zahiralar va resurslar 
aniqlanadi. Hudud imkoniyatlarini hisobga olgan holda ustuvor ahamiyatli tarmoqlar va ishlab 
chiqarishlar aniqlanadi. 
6. Hudud aholisini o`zida ishlab chiqarilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan 
ta`minlanganligi, ularni hududdan chiqarish va kiritish balansi, agroresurs salohiyatidan 
foydalanish samaradorligi, shuningdek, qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligi, va chorva mollari 
mahsuldorligining o`sishi (pasayishi) omillari hamda sabablari baholanadi.
2. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning innovatsion tavsifi, uni yuqori darajadagi fan sig‘imi, mahsulot sifati masalalarining muhimligi, xodimlarga bo‘lgan talabni o‘zgartirib,mehnatga ijodiy munosabatning va yuqori kasbiy mahorat ahamiyatini oshiribyubordi. Bu xodimlarni boshqarishni ijtimoiy — ruhiy masalalarida, uslub va tamoyillarida tubdan o‘zgarishni taqozo qilib qoldi. Mehnat resurslarini boshqarish tamoyillaridagi o‘zgarishlar, zamonaviy sharoitda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan motivlashtirish siyosatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Motivlashtirish siyosati mulkchilikning jamoa shakllarini rivojlantirish (aksionerlik va sheriklik kompaniyalari, kooperativlar) sharoitida xodimlarni boshqarishga jalb qilish umumiy maqsadlarga erishish uchun ma‘muriyatni xodimlar bilan hamkorligini kengaytirishga qaratilgan. Bu o‘z navbatida xodimlar potensial qobiliyatlarini rivojlantirishga, intensiv va mahsuldor mehnat qilishga, mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lishiga undaydi. Xodimlarni boshqaruvchilarning bosh maqsadi ishlab chiqarish, ijodiy mahsuldorlikni oshirishni boshqarish xodimlar sonini kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi; xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqish; xodimlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish qoidalarini ishlab chiqish, xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalar mutaxassis menejerlarning mustaqil kasb turidir. Z. Xayer menejerlar kasbiy vazifalarini aks ettiruvchi quyidagi umumlashgan tavsiyani keltiradi:
Menejerning vazifasi:
agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, unda bo‘ysunuvchilarni ayblamay shaxsiy mas‘uliyatni o‘ziga olishi;
xodimlar talantini va kasbiy malakasini yanada o‘sishiga imkoniyat yaratish;
belgilangan maqsadga erishish natijalarini tekshirishi, ammo buyruq berish orqali xodimlar tafakkuriga tazyiq o‘tkazmasligi;
xodimlar kamchiliklari va muvaffaqiyatsizliklariga xolislik bilan yondashish;
xodimlarni individual xususiyatlarini hisobga olish: har biriga o‘ziga xos yondashish;
xodimlar oldida o‘z mas‘uliyatini his qilish, ularning o‘rtog‘i bo‘lmay boshlig‘i bo‘lish;
xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash, o‘zaro harakatga omillash orqali belgilangan maqsadlarga erishish;
har bir xodimga uning mehnat natijalarini his qilishiga yordam berish;
xodimlarni birgalikda harakatga qobiliyatli qilish, ular harakatiga natijali va samarali tus berish, individual xususiyatlarini yuzaga chiqarishga imkoniyat tug‘dirish.
3. Moliya bozorining globallashuvi jahon bozor iqtisodiyoti rivojlanishining obyektiv va tabiiy jarayoni hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotining moliyaviy globallashuvi jarayonlari to’g’risida so’z yuritilar ekan, birinchi navbatda asosiy e‘tiborni soni o’sib borayotgan jahon va mintaqaviy moliya markazlariga qaratish lozim. Bularga quyidagilar kiradi:(xalqaro biznes markazi sifatida muhimligi bo’yicha pastga qarab) London, Nyu–York, Tokio, Singapur, Gonkong, Parij, Frankfurt, Seul, Toronto, Taybey, Shanxay, Dubay,Tel–Aviv, Moskva, Mexiko, San–Paulu,Stambul, Sankt–Peterburg55 . Xalqaro moliya bozorining globallashuvi xalqaro moliya bozori ishtirokchilarining operatsiyalari mamlakat va mintaqalar bo’yicha (filiallar tarmog’i, vakolatxona va sho’‘ba korxonalari tashkil etilishi orqali) xalqaro keng diversifikatsiyalashuvida kuzatilmoqda. Bu o’z navbatida, birja operatsiyalarida yagona qoida va standartlardan foydalanuvchi, global moliya markazlari, transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar, elektron birjalar va xalqaro moliya tashkilotlari tarmog’ini kengayishiga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini rivojlanishiga qarab, uning ishtirokchilari faoliyatini ikki xil tartibga solish amaliyoti taraqqiy topgan, ya’ni ular davlat va bozor munosabatlariga mos, yoki bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi. Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab-taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy oqimlarni ta’minlab beradi. Iqtisodiy agentlar alohida moliyaviy vositalar narxining (kursi yoki foiz stavkasi) o’zgarishi, shakllanishi orqali ularni sotib oluvchilarning talablarini va ularga bo’lgan taklifni aniqlaydilar. Bunda, xalqaro moliya bozori o’zini-o’zi tartibga soluvchi tizim sifatida namoyon bo’ladi (4-rasmga qarang).
Iqtisodiyot sektorlaridagi turli bozorlarga o’xshab, moliya bozori ham o’z-o’zini tartibga solish imkoniyatiga qaramasdan mutlaq barqaror tizim sifatida namoyon bo’lmaydi, turli sharoitlarda tizimning turli kamchiliklari oshkor bo’ladi. Moliya bozori ko’plab sub’ektiv omillar, ya’ni siyosiy, ijtimoiy, informatsion, madaniy va boshqa omillar ta’sirida har doim ham o’z-o’zini tartibga solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat aralashuvi talab etiladi. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, xalqaro moliya bozori rivojlanishining zamonaviy bosqichida ham monetarizm va keynschilik tamoyillaridan birgalikda foydalanib, jarayonlarni tartibga solish maqsadga muvofiqdir.
Moliya bozorini davlat va bozor mexanizmi orqali tartibga solish usullarini quyidagi mantiqiy juftliklarga birlashtirish mumkin:
- iqtisodiy tizim xususiyatiga ko’ra: bevosita (mazkur bozorning barcha segmentlariga bir xilda ta’sir etuvchi huqumat, halqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish va qatorlar, qonuniy-huquqiy, me’yoriy hujjatlar qo’rinishida) va bilvosita (xalqaro moliya bozorida iqtisodiy shart-sharoitlar qanchalik erkin bo’lsa, shunchalik ushbu bozorga bilvosita ta’sir etish darajasi kengayib boraveradi, ya’ni iqtisodiy agentlar manfaatiga qaratilgan tartibga solish usullari bozor qonuniyatlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, Markaziy banklarning ochiq bozor, xorijiy valyutalar bilan bog’liq interventsiya, svop operatsiyalari, hisob (qayta moliyalash) stavkasini o’zgartirish, majburiy zaxira me’yorlarini o’zgartirish, REPO va h.k. kabi) usullar;
- bozor turi, ko’lami va uning segmentlariga ko’ra: umumiy (bozorning barcha segmentlariga birdek ta’sir etuvchi) va maxsus (bozorning alohida bir segmentiga ta’sir etish uchun qo’llaniladigan) usullar;
- amal qilish muddatiga ko’ra: tarkibiy (o’rta va uzoq muddatli, strategik maqsadlarni amalga oshirishga mo’ljallangan) va joriy (bozorga operativ (tezkor) ta’sir etishga mo’ljallangan, taktik) usullar.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, yuqoridagi barcha usullar moliya bozorida sinxron tarzda, ya’ni bir-biriga mos holda, o’zaro bir-birini to’ldirib ishlaydi.


4. Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlari belgilanadi. Rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Dasturda hududni iqtisodiy va ijtimoiy istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va ko`rsatkichlari bayon qilinadi. Bunda asosiy e`tibor yangi ishchi o`rinlari, tabiiy, moliyaviy, mehnat resurslari, ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanishga qaratiladi.
Bu yo`nalishlar quyidagi tadbirlarga qaratilishi lozim:
1. Hududning istiqboldagi ehtiyojlari va hududlararo ayriboshlash imkoniyatlarini kengaytirish asosida iqtisodiy maqbul tarmoq va ishlab chiqarishlar aniqlanadi. Istiqbolda tarmoqlarni rivojlantirishning iqtisodiy ko`rsatkichlari, tarmoq tarkibining o`zgarishi, eksportga yo`naltirilgan va import o`rnini bosuvchi mahsulotlar hajmi prognoz qilinadi. Bunda amaldagi korxonalarni texnik, texnologik va tashkiliy jihatdan yangilash muammolariga alohida e`tibor qaratiladi. Buning uchun ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
yanada chuqurlashtiriladi, nisbatan kichik korxonalar rivojlantiriladi. Bu korxonalarda mahalliy mineral-xom ashyo va qishloq xo`jalik resurslaridan foydalaniladi.
2. Hududda yangi korxonalarni qurish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish, ixtisosligini o`zgartirish zarurligi asoslanadi; yirik ob`ektlarga qo`shimcha mabla`glar jalb qilish hisob-kitoblari amalga oshiriladi.
3. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari, ekin maydonlari tarkibining o`zgarishi, qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning natural hajmi prognoz qilinadi. Shuningdek, qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligi hamda chorva mollari
mahsuldorligini oshirish yo`llari va manbalari belgilanadi. Yangi texnologiyalarni joriy etish ko`zda tutiladi.
4. Hududda xom ashyolarni, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan tugallangan tsikldagi ishlab chiqarish tarmoqlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash va sotish shaxobchalarini vujudga keltirish, xorijiy investitsiyali qo`shma korxonalarni vujudga keltirish
orqali yangi zamonaviy texnologiyalarni, xo`jalik yuritish shakllari va boshqarish usullarini joriy etish.
5. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va tabiiy resurslardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida transport tizimi va kommunikatsiyalarni rivojlantirish istiqbollarini asoslash.
6. Mulkdorlar sinfini vujudga keltirish bo`yicha vazifalarni hal etish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, ularning iqtisodiyotdagi ulushini ko`paytirish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish.
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish ko`lami, parametrlari belgilanadi. Bunda tashqi savdo tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga, mahalliy xom ashyo resurslarini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyali korxonalarni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir.
8. Dasturda tabiiy tashqi muhitni, tabiatni muhofaza qilish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish tadbirlari, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari ham o`z ifodasini topadi. Har bir hududiy dasturda uni amalga oshirish mexanizmi ko`zda tutilishi kerak. Bu mexanizmda dasturni moliyaviy, iqtisodiy resurslar bilan ta`minlanishi muhim o`rin tutadi.
Dasturni ishlab chiqishda har bir tadbir va tarmoq bo`yicha turli resurslarga bo`lgan talab, ehtiyoj hisob-kitob qilinadi. Shundan so`ng dastur bo`yicha uning resurslar bilan ta`minlanish manbalari aniqlanadi. Dasturlarda resurslar balanslashtiriladi. Maqsadlar va
resurslar o`rtasidagi muvofiqlik ta`minlanadi. Dasturlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirishda, avvalambor maxalliy resurslar va imkoniyatlar hisobga olinadi. Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mahalliy byudjet, tadbirkorlar
va korxonalar o`z mabla`glari, fermer va dehqon xo`jaliklari, aholi mabla`glarini jalb qilinadigan xorijiy investorlar, hududdan tashqaridagi tashkilot, korxonalar mabla`glarini hamda bank kreditlarini hududiy dasturni amalga oshirishga jalb qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishlari lozim bo`ladi. Shuningdek, hududiy dasturlarni amalga oshirishda respublika byudjeti va byudjetdan
tashqari jam`garmalar, O`zbekiston Respublika taraqqiyot va tiklanish jam`garmasi mabla`glarini ham jalb etish mumkin.
Dasturlarni ishlab chiqishda undan kutilayotgan natijalar qanday bo`lishi oldindan belgilanishi lozim. Dasturlarni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari sifatida hududiy yalpi ichki mahsulot, sanoat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari, umumiy hajmi aholi jon boshiga ishlab chiqarish sur`atlari olinadi. Shuningdek, aholi turmush darajasi va uning ish bilan bandligi, aholi jon boshiga daromadlarning o`sishi, hudud aholisining gaz, elektr energiya, toza ichimlik suvi, uy-joy bilan ta`minlanishining yaxshilanishi, hududning o`zini-o`zi oziq-ovqat, boshqa iste`mol tovarlari bilan
ta`minlanishining yaxshilanishi ko`rsatkichlari dasturlarning bajarilishi natijalari hisoblanadi.

Yüklə 107,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin