69
bo‘tqasimon massa hosil bo‘lib, tez qotib qolish xususiyatga ega.
Gipsli bog‘lamlar ko‘pincha oyoq, qo‘llar singanda qo‘llanadi.
Gipsli bog‘lam shikastlangan joyni qimirlatmasdan turib harakat-
lanishga imkon beradi,ammo shikastlangan
joy qimirlab tursa,
uning sog‘ayishi uzoq cho‘zilib ketadi.
Bunday bog‘lamlarni qo‘llash muddati ham har xil bo‘ladi. U bir
necha haftadan 1,5–2 oygacha va bundan ham oshiq olinmasligi
mumkin. Gipsli bog‘lamlarning quyidagi turlari mavjud:
a) olinadigan;
b) ko‘priksimon (uzun-uzun);
d) derazasimon;
e) langet-sirkulyarli.
Sirkulyar bog‘lam. Gipsli bint
suv quyilgan tosga solinadi,
bunda suv sathining balandligi bint qalinligidan ikki hissa oshiq
bo‘lishi kerak. Bintni suvga sekin solinsa asta-sekin suvni o‘ziga
singdirib oladi. Bintdan havo pufakchalari
chiqmasa u yaxshi
bo‘kkan hisoblanadi, keyin tosdan olib siqiladi. Bintni qattiq siqish
mumkin emas. Bintni siqqanda namlangan gips chiqib ketmasligi
uchun bintlarning har ikkala uchi mahkam qilib tutiladi va bir
boshdan o‘rtaga qaratib siqiladi. Bint mahkam va noto‘g‘ri siqilsa,
gips oqib tushadi yoki parcha-parcha bo‘lib
qotib qoladi va tekis
yotmaydi. Gipsli bog‘lam odatda 5–10–15 daqiqa ichida qotadi. Bu
muddat o‘tguncha tananing shikastlangan qismi qanday holatda
bog‘langan bo‘lsa,shu holatda turishi kerak.
Derazasimon bog‘lam. Bu bog‘lam bilan oyoqlarni bog‘lash
mumkin. Yaraning katta kichikligiga qarab bog‘lamni yechmasdan
uning bir qismi kesiladi. Yarani bog‘laganda
yiring va boshqa
ajralmalar bog‘lam tagiga oqib kirmasligiga e’tibor berish lozim,
buning uchun «deraza» atrofiga paxta, yaxshisi spirt yoki kolloid
eritmasidagi ishqorga ho‘llangan paxta qo‘yish qulay.
Shinali gipsli bog‘lamlar. Yara qimirlamaydigan qilib bog‘la-
nadi, ko‘pincha Obuxov shinalari ishlatiladi. Shinalar ho‘l gipsli
bint bilan o‘rab bog‘lanadi. Bu oyoq, elka bo‘g‘imlarini ham yaxshi
immobilizatsiya qiladi.