Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Mehnatni muhofaza qilish
Mehnatni 
muhofaza 
qilish 
borasidagi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi siyosatining mohiyati “Mehnatni himoya qilish 
to‘g ‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida 
bay on etilgan.
Mehnatga oid qonunchilikda mehnatni muhofaza qilish 
masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ya’ni, barcha muassasalarda 
xafsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoiti 
tashkil etilishi lozim. Mehnatni muhofaza qilishga doir sharoitni 
yaratishga ish beruvchi mas’ul bo‘lib, buning uchun u qonun oldida 
javob beradi.
Ishga qabul vaqtida yoki boshqa ishga o ‘tkazishda ish 
beruvchi xodimga ish sharoitlari, jumladan kasbiy yoki boshqa 
kasalliklar xavfining mavjudligi, shu munosabati bilan lozim 
bo‘lgan imtiyozlar va qo‘shimcha haqlar, mehnatni muhofaza qilish 
holati, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida ma’lumot 
berishi lozim.
0 ‘z navbatida xodim, mehnatni muhofaza qilish borasidagi 
barcha talablarga, ish beruvchining mehnatni xavfsiz olib borish 
borasidagi farmoyishlariga izchil rioya etishi, shaxsiy himoya


vositalaridan foydalanishi, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf 
soluvchi vaziyatlar, shuningdek ish vaqtida yoki u bilan bog‘liq 
holatda vujudga kelgan har qanday baxtsiz hodisalar haqida 
shoshilinch xabar berishi lozim.
Qonunchilikka muvofiq ish beruvchiga alohida toifadagi 
xodimlami (18 yoshga to ‘lmagan; 60 yoshga to‘lgan erkaklar; 55 
yoshga to ‘lgan ayollar; nogironlar; noqulay mehnat sharoitida, 
tunggi ishlarda band xodimlar; aholiga bevosita xizmat 
ko‘rsatuvchilar va shu kabilar) ishga qabul vaqtida dastlabki, 
shuningdek ish jarayonida esa davriy tibbiy ko‘riklarini tashkil 
etish va o ‘tkazish majburiyati yuklatilgan.
0 ‘zR MK 214-moddasiga muvofiq, mehnat sharoiti noqulay 
ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan 
tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlaming ro‘yxati 
va ularni o‘tkazish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Xodimlar tibbiy ko‘rikni rad etishga haqqi yo‘q. Tibbiy 
ko‘rikdan o‘tishni rad etish, shuningdek tekshiruv natijalari 
bo‘yicha vrachlaming tavsiyalarini bajarmaslik xodimni ishdan 
chetlatish uchun asos hisoblanadi.
Ayni 
vaqtda, 
agarda 
xodim 
salomatlik 
holatining 
yomonlashuvini mehnat sharoitlari bilan bog‘liq deb taxmin etsa, u 
navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikni talab etishi mumkin.
Alohida ta’kidlash lozimki, xodimlar tibbiy ko‘rikdan o ‘tish 
bilan bog‘liq harajatlarni to‘lamaydi.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin