Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Mehnat shartnomasini bekor qilish



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Mehnat shartnomasini bekor qilish
Alohida 
holatlarda 
mehnat 
shartnomasi 
asosidagi 
munosabatlar bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda xodim va 
ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar to‘xtatiladi, va ular o‘zaro 
huquq va majburiyatlardan ozod qilinadilar.
Mehnat shartnomasini bekor qilish uchun umumiy shartlar 
quyidagilar bo‘lishi mumkin:


- taraflaming kelishuviga ko‘ra;
- taraflaming birini tashabbusi bilan;
- muddatning tugashi bilan;
- taraflaming ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra 
(Y. Tursunov, 2004).
So‘nggi holat 0 ‘zR MK 97-moddasida batafsil yoritilgan.
Mehnat 
qonunchiligida 
xodimning 
tashabbusi 
bilan 
mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari keltirilgan ( 0 ‘zR 
MK 99-modda). Ya’ni, xodim ish beruvchini ikki hafta oldin 
yozma tarzda ogohlantirish bilan muddatsiz va muddatli mehnat 
shartnomalarini bekor qilishi huquqiga ega. Ushbu muddat 
o‘tgandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa 
xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi 
shart. Shu bilan birga mehnat shartnomasi taraflaming kelishuviga 
muvofiq ikki haftalik muddat o‘tguncha ham bekor qilinishi 
mumkin. Xodim ogohlantirish muddati o ‘tguncha o‘z arizasini 
qaytarib olishga haqlidir.
Agarda ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim 
bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan bo‘Isa, xodimning 
tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ariza 
o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor 
qilish haqidagi ariza u o‘z ishini davom ettirishning imkoni yo‘qligi 
(o‘quv yurtiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab 
qo‘yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollar) bilan 
bog‘liq bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos 
qilgan muddatda bekor qilishi kerak.
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashubbusi bilan 
bekor qilish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Xususan, ish bemvchi 
tomonidan ikkita muhim shart bajarilishi lozim;
1. Shartnomani bekor qilish Mehnat kodeksida ko‘zda 
tutilgan sabablarga ko‘ra amalga oshirilishi lozim;
2. Mehnat shartnomasini bekor qilishda ko‘zda tutilgan


barcha rasmiy talablarga qat’iy amal qilinishi shart (masalan, 
dastlabki ogohlantirish, boshqa ish taklif qilish va boshqalar).
0 ‘zR MK 100-moddasiga muvofiq quyidagi sabablardan 
birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli 
ekanligidan dalolat beradi:
1) 
texnologiyadagi, 
ishlab 
chiqarish 
va 
mehnatni 
tashkil qilishdagi o ‘zgarishlar, xodimlar sonini (shtati) yoki 
ish xususiyatining o ‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining 
qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi;
2) xodimning malakasi etarli boimaganligi yoki so g iig ‘i 
holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq b o iib qolishi;
3) xodimning o ‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda 
buzganligi. A w al mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodim 
intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan 
mehnat to ‘g ‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda 
nazarda tutilgan ta’sir choralari qoilanilgan kundan e’tiboran bir 
yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo‘ya 
harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda 
buzish hisoblanadi;
4) xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol 
ravishda buzganligi. Mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda 
buzishlarining ro‘yxati:
ichki mehnat tartib qoidalari;
korxona mulkdori bilan korxona rahbari o ‘rtasida tuzilgan 
mehnat shartnomasi;
ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qoilaniladigan intizom 
haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi.
Qilmishning qo‘pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir 
m o‘ayyan holda sodir qilingan nojo‘ya harakatning oqibatlariga 
qarab hal etiladi.
5) o ‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning 
ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek mehnat 
shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi cheklanishi sababli o ‘rindoshlar


bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;
6) 
mulkdoming o‘zgarishi sababli korxona rahbari bilan 
mehnat shartnomasining bekor qilinishi.
Xodim vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida va mehnat 
to‘g ‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda 
tutilgagn ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish 
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, 
korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.
Yuqorida qayd etilganidek, ish beruvchining tashabbusi 
bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, alohida rasmiy 
tartiblarga amal qilinishi shart bo‘lib, dastlabki ogohlantirish 
shular jumlasidandir. 0 ‘zR MK 102-moddasida ish beruvchining 
tashabbusi bilan turli sabablarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor 
qilinganda ogohlantirish muddatlari keltirilgan. Ya’ni, ish beruvchi 
mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni quyidagi 
muddatlarda yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart:
- texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil 
qilishdagi o‘zgarishlar, xodimlar sonini (shtati) yoki ish 
xususiyatining 
o ‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining 
qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan 
bekor qilinganda kamida ikki oy oldin;
- xodimning malakasi etarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i 
holatiga ko‘rabajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi munosabati 
bilan bekor qilinganda kamida ikki hafta oldin;
Taraflaming kelishuviga binoan yuqorida qayd etilgan 
holatlarda ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik 
kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.
Mehnat shartnomasi xodimning o‘z mehnat vazifalarini 
muntazam yoki bir marta qo‘pol buzishi munosabati bilan bekor 
qilinsa ish beruvchi xodimni mehnatga oid munosabatlaming bekor 
qilinishi to‘g ‘risida uch kun oldin xabardor qiladi yoki unga shunga 
mutanosib kompensatsiya to‘laydi.



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin