Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Zararni qoplash bo‘yicha da’vo muddati



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Zararni qoplash bo‘yicha da’vo muddati
Da’vo muddati - shaxs o ‘zining buzilgan huquqini da’vo 
qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir.


Haqiqatdan ham, uzoq muddat o‘tgandan so‘ng bahsli holatlami 
to‘g‘ri hal etish imkoniyatlari cheklanadi. 0 ‘zRFK 150-moddasiga 
muvofiq, umumiy da’vo muddati - uch yil.
Da’vo muddati shaxs o ‘zining huquqi buzilganJigini bilgan 
yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o ‘ta boshlaydi. Muayyan ijro 
muddatiga ega bo‘lgan majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati ijro 
muddati tugagandan so‘ng о 4a boshlaydi ( 0 ‘zR FK 154-modda). 
Shu bilan birga qonun da’vo muddatini hisoblash bilan bog‘liq 
bo‘lgan alohida holatlami ko‘zda tutadi.
Shartnoma asosida tibbiy yordam ko‘rsatish
So‘nggi yillarda, ayniqsa sogiiqni saqlashning xususiy 
tizimida shartnoma asosida tibbiy xizmat ko‘rsatish amaliyoti keng 
tarqalmoqda.
Fuqarolik qonunchiligigi muvofiq ikki yoki bir necha 
shaxsning (jismoniy, yuridik) fuqarolik huquqlari va burchlarini 
vujudga keltirish, o ‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuv 
shartnoma deyiladi ( 0 ‘zR FK 353-modda). Fuqarolar va yuridik 
shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma ko‘zda 
tutilgan, 
shuningdek qonunda ta ’qiqlanmagan harakatlami 
bajarish maqsadida ham tuzilishi mumkin. Shartnoma tuzishga 
majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda ko‘zda tutilgan 
holatlar bundan mustasno ( 0 ‘zR FK 354-modda). Demak, nafaqat 
shartnoma, balki uning huquq va majburiyat ko‘rinishidagi 
mazmuni ham tomonlaming erkin ixtiyorini aks ettirish lozim.
Shartnoma bo‘yicha taraf o ‘z burchlarini bajarganligi uchun 
haq olishi yoki unga boshqa muqobil to ‘lov to‘lanishi lozim bo‘lsa, 
bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo‘ladi. Aks 
holda shartnoma haq talab etmaydigan deb hisoblanadi ( 0 ‘zR FK 
355-modda).
Turli xil, shu jumladan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda haq 
evaziga shartnoma tuziladi. Bunga muvofiq ijroji buyurtmachining 
topshirig4iga bilan ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan xizmatni


bajarish (muayyan harakatlami qilish yoki muayyan faoliyatni 
amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to'lash 
majburiyatini oladi ( 0 ‘zR FK 703-modda).
Buyurtmachi o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlar haqini haq 
evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda 
va tartibda to‘lashi shart. Agarda ijrochi na o ‘zi na buyurtmachi 
aybdor bo‘lmagan holda (masalan, tasodifiy holatlar vujudga 
kelgani sababli) xizmatni bajara olmagan taqdirda buyurtmachi 
ijrochiga uning harajatlarini to‘lashi shart, bunda ijrochining xizmat 
(xizmatlar) ko‘rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki 
olishi mumkin bo‘lgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtmachining 
aybi bilan xizmatni bajarish mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda, 
agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada bashqacha tartib nazarda 
tutilgan boim asa, xizmatlar bahosi butunlay to‘lanishi kerak ( 0 ‘zR 
FK 705-modda).
Ijrochi haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini 
umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda u keltirilgan 
zararni buyurtmachiga batamom to‘lashi shart, lekin bu to‘lov 
shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki 
baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas ( 0 ‘zR FK 706-modda).
Qonun haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor 
qilish imkonini beradigan ma’lum bir holatlarni nazarda tutadi. 
Xususan, buyurtmachi xizmatlarning belgilangan bahosini batamom 
to‘lash sharti bilan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini 
bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybi 
tufayli bekor qilingan holatlar bundan mustasno.
Ijrochi shartnoma bekor qilinishi tufayli buyurtmachiga 
etkazilgan zaraming hammasini to‘lash sharti bilangina haq evaziga 
xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, 
shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan 
mustasno ( 0 ‘zR FK 707-modda).



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin