Nazorat savollari:
1. Ma’muriy qonunchilik vazifalari?
1. Ma’muriy huquqbuzarlik haqida tushuncha?
2. Ma’muriy qilmish jinoyatdan qanday farqlanadi?
3. Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan harakat m a’muriy
huquqbuzarlik hisoblanadimi?
4. Ma’muriy javobgarlik qaysi yoshdan yuzaga keladi. ?
5. Ma’muriy jazo turlari?
6. Ma’muriy jazolami qo‘llash tartibi?
7.
Tibbiy xodimlaming kasbhuquqbuzarliklari holatlarida
ma’muriy jazoning ko‘proq qaysi turi qo‘llaniladi?
8. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g ‘risidagi ishlami ko‘rib
chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlar?
9. Ma’muriy huquqbuzarliklami ko‘rib chiqish tartibi?
10. Ma’muriy huquqbuzarlik to ‘g‘risidagi bayonnomaga
qanday talablar mavjud?
11. Ma’muriy jazoga tartilayotgan shaxs qanday huquqlarga
ega?
12. Qanday holatlarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi
ishlar ко‘rib chiqilayotganda ekspertiza tayinlanadi?
13. Fuqarolaming huquq va erkinliklariga tajovuz qiliuvchi
ma’muriy huquqbuzarliklami sanab bering?
14. Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasida sodir etiladigan
ma’muriy huquqbuzarliklar?
15. Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi
ma’muriy huquqbuzarliklami sanab bering?
VIII bob. TIBBIY XODIMLARNING FUQAROVIY-
HUQUQIY JAVOBGARLIGI
Fuqarolik huquqi haqida tushuncha
Fuqarolik huquqi - fuqarolar va turli tashkilotlaming mulkiy
va u bilan bog‘liq bo‘lgan nomulkiy munosabatlarini tartibga
soluvchi huquqiy m e’yorlar tizimidir. Fuqarolik qonunchiligi
Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ hujjatlardan tashkil topadi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar subyekti sifatida ham
jismoniy (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar), ham yuridik shaxslar (tashkilotlar,
muassasalar, korxonalar va h. k .), fuqarolik subyekti maqomiga ega
bo‘lgan davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalar bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik subyekti maqomining asosiy sharti bu fuqarolik
protsessual huquq layoqati va fuqarolik protsessual muomala
layoqatining mavjudligidir. Agarda huquq layoqati subyektning
huquq va majburiyatlarga, ya’ni fuqarolik munosabatlaming
ishtirokchisi
bo‘lish
uchun
subyektning
ijtimoiy-huquqiy
imkoniyatlarga ega bo‘lishini ko‘zda tutsa, protsessual muomala
layoqati - subyektning o‘z harakatlari bilan o‘zi uchun fuqarolik
huquq va burchlami vujudga keltirish, shuningdek sodir etgan
fuqarolik huquqbuzarliklari uchun mustaqil javob bera olish
layoqatini anglatadi.
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan
pul va qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu
jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat
namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning
boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa
moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi. ( 0 ‘zR FK 81-modda).
Ta’kidlash lozimki, shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik
obro‘si ham nomulkiy huquqlarga taalluqli bo‘lib, fuqarolar ularni
sud orqali himoya qilishni talab etishlari mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi shaxsning huquq
va erkinliklarini himoya qilishni kafolatlaydi. Xususan, fuqarolik
huquqlarini himoya qilishning boshqa usullari qatorida zarami
to‘lash, ma’naviy ziyonni qoplashni ko‘rsatib o‘tish mumkin ( 0 ‘zR
FK 15-modda).
Dostları ilə paylaş: |