Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Kasb yuzasidan xizmat vazifalarini lozim



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Kasb yuzasidan xizmat vazifalarini lozim
darajada bajarmaslik
Aksariyat holatlarda tibbiy xodimlar mazkur jinoyatni sodir 
etganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. 0 ‘zR JK 
116-moddasiga muvofiq, shaxsningo‘zkasbiga nisbatan beparvoligi 
yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan 
o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi 
badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazishga sabab bo‘lgan 
holatlar jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Ushbu-moddaning 
ikkinchi bandida qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga 
yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan shaxsning uzrli sababsiz unday 
yordam ko‘rsatmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast 
etkazilishiga sabab bo‘lgan holatlar uchun nisbatan jiddiyroq jazo 
belgilangan. Agarda yuqorida qilmishlar ehtiyotsizlik orqasidan


odamlar oMimiga, boshqacha og‘irroq oqibatlarga sabab bo‘Isa 
yanada og‘irroq jazo belgilangan.
Mazkur jinoyatning obyekti inson sog‘lig‘i va hayotidir. 
Sog‘liqqao‘rtaog‘iryoki og‘ir shikastko‘rinishidaziyon etkazilishi 
yoxud o ‘lim sodir bo‘lishi qilmishni jinoyat sifatidatasniflash uchun 
lozim bo‘lgan asosiy shartdir. Odamlar o ‘limi ikki yoki undan ortiq 
shaxsning o‘limini, va boshqa og‘ir oqibatlar esa - ikki yoki undan 
ortiq shaxslarga og‘ir shikast etkazilishini anglatadi.
Mazkur jinoyatlar subyekti tibbiyot, farmatsevtika xodimlari, 
shuningdek bu kabi vazifalar yuklatilgan boshqa sohalar vakillari 
bo‘lishi mumkin.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Qonuni 30-moddasi talablariga ko‘ra tibbiyot 
va farmatsevtika xodimlari bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam 
ko‘rsatishlari shart. So‘nggi holatga muvofiq zarurat holatlarda 
ushbu yordam fuqarolarga joydan va vaqtdan qat’iy nazar, ya’ni 
tibbiy muassasadan tashqarida va ishdan tashqari vaqtlarda ham 
ko‘rsatilishi shart.
Shu bilan birga, ushbu moddada, “vrachgacha birlamchi 
shoshilinch yordam voqea joyida militsiya, yong‘in xavfsizligi, 
transport tashkilotlari xodimlari, shuningdek qonunchilikda 
bu kabi yordam ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan sohalar vakillari 
tomonidan ko‘rsatilishi lozim”ligi nazarda tutilgan. Ta’kidlash 
lozimki, yuqorida qayd etilgan sohalar vakillarini o‘qitish dasturida 
vrachgacha shoshilinch yordam ko‘rsatish masalalari ham nazarda 
tutiladi.
Beparvolik va o‘z o ‘ziga ishonish ehtiyotsizlikning 
ko‘rinishlari sifatida jinoyatning subyektiv tomonini tashkil etadi. 
Demak, jinoiy javobgarlikka tortishning asosiy shartlaridan biri bu 
kasb yuzasidan xizmat vazifalarini uzrli sabablarsiz lozim darajada 
bajarmaslikdir. So‘nggi holatda yuklatilgan vazifani bajarishga 
monelik qiladigan tibbiy xodimning kasalligi, boshqa, nisbatan 
og‘irroq bernorga yordam ko‘rsatayotganligi sababli bandligi, zarur


bo‘lgan dori-darmonlar, asbob, uskuna, transportning yo‘qligi, 
tibbiy xodim hayotiga xavf soluvchi tabiiy ofatlar obyektiv 
sabablarga kiradi.
Dam olish va bayram kunlari, ishdan tashqari vaqt, mehnat 
ta’tilida bo‘lish, shoshilinch yordam ko‘rsatish lozim bo‘lgan 
holatlarda maxsus bilimlarning yo‘qligi, bemor bilan shaxsiy 
adovatlarning mavjudligi va boshqalar uzrli sabab sifatida e ’tirof 
etilmaydi.
Har bir holatda sabablaming uzrli ekanligi masalasini hal 
etish sudning tasarrufiga molikdir.
I. G. Vermelning (1988) fikriga ko‘ra tibbiy xodimlarni 
kasb yuzasidan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik 
uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun, noxush oqibatlar mavjud 
bo‘lgan holatlarda ham, uchta shartning mavjudligi ko‘zda tutiladi:
1. Tibbiy xodim harakatlarining obyektiv noto‘g ‘ri ekanligi 
va ulami umum tomonidan e’tirof etilgan va amaldagi rasmiy 
yo‘riqnoma, qoida, standartlarga zidligi va sh. k.
2. Tibbiy xodim o ‘z kasbiy tayyorgarligi va toifasiga mos 
tarzda zarar etkazishi mumkin bo‘lgan harakati yoki xarakatsizligi 
noto‘g‘ri ekanligini anglashi lozim. Bunda xodimning bilimlari, 
amaliy ko‘nikmalari va malakasi majmualari mavjud sharoitda 
unga to‘g‘ri qaror qabul qilish va uni bajarish real imkonini bergan.
3. Tibbiy xodimning harakati yoki harakatsizligi bevosita 
sabab-oqibatga bog‘lanishiga ega bo‘lgan jiddiy noxush oqibatlami 
yuzaga keltirganligi.
Fuqarolik javobgarlikni yuzaga keltirishda ham aynan ushbu 
shartlaming mavjud bo‘lishi ko'zda tutiladi.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin