Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Jinoiy abort
Jinoiy abort ham tibbiy xodimlar faoliyatidan ko‘p 
uchraydigan jinoyatlardan biridir. 0 ‘zR JK 114-moddasining 
birinchi qismida shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan 
davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtai 
nazardan mumkin boim agan holda sun’iy ravishda homila


tushirganligi (abort) uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. Ushbu 
moddaning ikkinchi qismi sun’iy ravishda homila tushirishga 
huquqi boMmagan shaxsning bunday ishni amalga oshirishiga 
taalluqlidir.
Ushbu jinoyat obyekti homilador ayolning sog‘lig‘i va 
hayoti, jinoyat subyekti esa ham vrach - akusher-ginekologlar, 
shuningdek, boshqa mutaxassislikdagi vrachlar, o‘rta tibbiy 
xodimlar, ayrim holatlarda esa biron-bir tibbiy bilimi bo‘lmagan 
shaxslar ham bo‘lishi mumkin. Jinoyatning subyektiv tomoni 
qasddan sodir etilganligi, ya’ni sun’iy ravishda homila tushirishni 
amalga oshirgan shaxs, muolajaning mutlaqo qonunga zid 
ekanligini anglagan va ushbu harakatlar natijasida homiladorlik 
uzilishini oldindan ko‘ra bilgan, va shu kabi oqibat yuz berishini 
istagan. Aksariyat holatlarda shaxsiy manfaatning mavjudligi 
ushbu jinoyatning motivi hisoblanadi.
Mamlakatimizda ma’lum bir sharoitlarda va tegishli 
talablarga rioya etilganda homiladorlikni uzishga rasman ruxsat 
beriladi. Ya’ni, ayolning hohishi bilan 12 haftagacha homiladorlikni 
uzish amaliyotini ixtisoslashtirilgan muassasalarda o ‘tkazish 
mumkin. Ijtimoiy (22 haftagacha), tibbiy (muddatidan qat’i nazar) 
ko'rsatmalar mavjud bo‘lganda homiladorlikni uzish amaliyotini 
nisbatan kechroq muddatlarda ham o ‘tkazishga imkon beriladi. 
Ijtimoiy ko‘rsatmalar ro‘yxati 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasi, tibbiy ko‘rsatmalar esa - 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Ular sohaga 
taalluqli bo‘lgan me’yoriy hujjatlarda keltirilgan.
Ta’kidlash lozimki, ushbu operatsiya faqat vrach - akusher- 
ginekolog tomonidan, ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasa yoki 
tuzilmalarda belgilangan tartibga rioya etilgan holda amalga 
oshiriladi. Shunga ko‘ra homiladorlikni uzish amaliyotini 
boshqa mutaxassislikdagi vrachlar, ayniqsa o ‘rta tibbiy xodimlar 
(masalan: hamshiralar, akusherkalar) va tibbiy ma’lumoti 
bo‘lmagan shaxslar tomonidan o ‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Shunindek, homiladorlikni sun’iy ravishda uzish amaliyoti nafaqat 
tibbiy muassasalardan tashqarida, balki davolash-profilaktika 
muassasalarining boshqa profil tuzilmalarida ham o ‘tkazilishiga 
mumkin emas.
Jumladan, homiladorlikni sun’iy tarzda uzish amaliyotini 
o‘tkazishga tibbiy moneliklar sifatida quyidagilar hisoblanadi:
- homiladorlik muddatining 12 haftadan ortiqligi;
- o‘tkir yuqumli kasalliklar;
- jinsiy a’zolaming o‘tkir va o ‘tkir osti yallig‘lanish 
kasalliklari;
- organizmda joylashgan o‘midan qat’iy nazar yiringli 
o‘choqlaming mavjudligi;
- so‘nggi abortdan so‘ng 6 oydan kam muddatning o‘tganligi.
Tibbiyot nuqtai-nazaridan monelik qilishi mumkin bo‘lgan
boshqa holatlar homiladorlikni sun’iy ravishda uzish bo‘yicha 
maxsus yo‘riqnomalarda keltirilgan.
Homiladorlikni 
uzish tibbiy 
muassasadan tashqarida 
o‘tkazilganda ushbu tibbiy monelik holatlarining mavjudligi yoki 
yo‘qligi inobatga olinmaydi. Shuningdek, 0 ‘zR JK 114-moddasiga 
muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishda homiladorlikning muddati 
va amaliyotni o‘tkazish usuli ahamiyatli emas.
Agarda homiladorlikni uzish og‘ir tan jarohati etkazilishiga 
olib kelsa, ushbu jinoyat 0 ‘zR JK 114-moddasi “Jinoiy ravishda 
homila tushirish (abort)” bilan emas, balki jazo nisbatan jiddiyroq 
bo‘lgan 0 ‘zR JK 104-moddasi - “Qasddan og‘ir tan jarohati 
etkazish” bo‘yicha tasniflanadi.
Agar homiladorlikni uzish homilador ayolning o‘limiga yoki 
boshqa og‘ir oqibatlarga (nasi qoldirish qobiliyatini yo‘qotish, 
ruhiy kasalliklar vujudga kelishi) olib kelsa, jinoyat 0 ‘zR JK 
114-moddasining uchinchi bandi bo‘yicha tasniflanishi lozim.
Homilador ayolning o ‘zi homiladorlikni sun’iy tarzda 
to‘xtatish amaliyotini o‘tkazgan holatlarda jinoiy javobgarlik 
vujudga kelmaydi.


Shunindek, oxirgi zarurat holatida ayolning hayotiga tahdid 
solayotgan xavfni bartaraf etish maqsadida homiladorlikni uzish 
amaliyotining o‘tkazilishi, hattoki amaliyot tibbiy muassasadan 
tashqarida yoki tibbiy moneliklar bo‘lganda o‘tkazilgan holatlarda 
ham jinoiy javobgarlik vujudga kelmaydi.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin