Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.



Z. A, G‘iyosov
VRACH FAOLIYATINING
HUQUQIY ASOSLAM
0 (zbekiston Respublikasi Oliy v a o ‘rta maxsus ta ’lim
vazirligi tomonidan tibbiyot oliy o ‘quvу urtlari uchun
darslik sifatida tavsiya etilgan.
Toshkent-2012 y.


UDK 616.3(075)
51.1(50‘)+58
G38
G‘iyosov Z.A.
Vrach faoliyatining hususiy asoslari / Z.A. G'iyosov.
-Toshkent: «Tafakkur-Bo‘stoni», 2012. -168 b.
KBK 51.1(50‘)+58
Taqrizchilar:
A. I. Iskandarov
— Toshkent pediatriya instituti sud tibbiyoti 
va tibbiyot huquqi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari 
doktori, 
professor.
R. J. Ruziev 
— 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi I. Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti 
direktori, huquqshunoslik fanlari doktori, professor.
Darslik namunaviy dasturga mos tarzda tuzilgan va unda 
fuqarolar sog‘lig'ini saqlash borasidagi qonunchilik asoslari
0 ‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish, bioetikaning 
zamonaviy muammolari, tibbiy yordam ko‘rsatishda turli xil 
huquqiy munosabatlarning xususiyatlari, shuningdek tibbiy 
xodimlaming kasb huquqbuzarliklari bayon etilgan.
Tibbiy xodimlar javobgarlikka tortilgan holatlarda komission 
sud-tibbiy ekspertizalar o4kazish masalalariga e ’tibor berilgan.
Oliy tibbiy o‘quv yurtlarining talabalari va rezidentlariga 
m o‘ljallangan.
ISBN - 978 9943-362-61-1
©«Tafakkur-Bo‘stoni», 2012 й.


KIRISH
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash davlat siyosatining ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mazkur tushuncha har bir fuqaroning 
jismoniy va ruhiy salomatiligini muhofaza etish va mustahkamlash, 
uzoq hamda faol hayot kechirishi va sog‘lig‘ini yo‘qotganda tibbiy 
va boshqa yordam olishiga qaratilgan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, 
madaniy, ijtimoiy, ilmiy, tibbiy, sanitar-gigienik va epidemiologik 
chora-tadbirlaming majmuasini o‘zida mujassamlashtiradi. Zero, 
davlat fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza etishni tegishli qonun va 
me’yoriy hujjatlar bilan belgilaydi va kafolatlaydi. Fuqarolaming 
bu sohadagi huquqlarining buzilishi mos tarzdagi huquqiy 
javobgarlikka olib keladi.
0 ‘zbekistonda huquqiy davlatning barpo etilishi, demokratik 
j amiy atning vuj udgakelishi, fuqarolar sog ‘ lig‘ ini saqlash masalasiga 
e’tiboming kuchayishi, jumladan, mamlakatda sog‘liqni saqlash 
tizimining isloh etilishi barcha tibbiyot xodimlarining faoliyatini 
huquqiy jihatdan aniq me’yorlashni taqozo etadi. Fuqarolaming 
sog‘lig‘i va hayoti faqat tibbiy faoliyat obyekti bo‘lmasdan, balki 
turli xil huquqiy faoliyat jihatlariga ega. Binobarin, jamiyatda 
huquqiy savodxonlik va madaniyat darajasining ortishi ushbu 
zaruriyatni yana bir bor ta’kidlaydi. Shu sababli tibbiyot xodimlari 
faoliyatini huquqiy me’yorlash, fuqarolaming sog‘liqni saqlash 
bo‘yicha qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish muammosi 
alohida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
Tibbiyot xodimlarida tegishli huquqiy tayyorgarlikning 
yo‘qligi yoki uning etarli darajada emasligi fuqarolar sog‘lig‘ini 
saqlash borasidagi ishlarga jiddiy ziyon keltiradi va sogMiqni 
saqlash sohasida qonunchilikni ta’minlash darajasini pasaytiradi. 
Bu esa o ‘z navbatida ayrim holatlarda tibbiyot xodimlari faoliyatiga 
nisbatan ko‘plab e’tiroz, shikoyatlaming vujudga kelishiga sabab 
bo‘lib, ularning murakkab holatga tushishiga, ba’zan esa jinoiy 
javobgarlikka tortilishiga olib keladi.
Har bir tibbiyot xodimi umum qabul qilingan axloqiy, etik va


huquqiy me’yorlarga rioya qilgan holda, nafaqat o ‘ziga yuklatilgan 
vazifalarni aniq bilishi va sifatli bajarishi zarur, balki ushbu 
vazifalami umuman yoki lozim darajada bajarmaganda yuzaga 
kelishi mumkin boig an javobgarlik haqida to ‘liq tasavvurga ega 
bo‘lishi kerak.
Ta’kidlash lozimki, tibbiy faoliyat faqat sogiiqni saqlash 
sohasidagi qonunchilik bilan belgilanmay, balki keng m a’noda 
fuqarolik, mehnat, oila, ma’muriy vajinoiy huquqlar ta’sir doirasiga 
ham kiradi. Chunonchi, huquqiy m e’yorlarning buzilishi hollarida 
belgilangan mas’uliyatni bilmaslik tibbiyot xodimlarini huquqiy 
javobgarlikdan ozod etmaydi. Bu esa tibbiy faoliyat ko‘rsatishni 
“yuqori xavf guruhiga mansub sohaga” aylantiradi.
Shunday qilib, vrach va boshqa tibbiyot xodimlarida 
huquqiy tayyorgarlikning talab darajasida boiishi ularda huquqiy 
madaniyatni, davlat va jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyatni 
shakllantiruvchi asosboiib, sogiiqni saqlashsohasidaqonuniylikni 
mustahkamlashga xizmat qiladi, fuqarolar so g iig in i saqlash bilan 
bog iiq faoliyatda vrach va boshqa tibbiyot xodimlarining o ‘mini 
va ahamiyatini oshiradi.
Qayd etilganlami inobatga olgan holda 2002 yilda 
0 ‘zbekistonda oliy tibbiy ta iim dasturiga yangi fan - “Vrach 
faoliyatining huquqiy asoslari” yoki boshqacha nomlaganda 
“Tibbiyot huquqi” kiritildi. Bu fanni o ‘qitishda ko‘zda tutilgan 
masalalami bilish tibbiyot xodimlarining mustaqil, erkin, samarali 
faoliyat ko‘rsatishidamuhim omil b o iib xizmat qilishi shubhasizdir.
Mazkur darslik ushbu fan bo‘yicha amaldagi tasdiqlangan 
namunaviy dasturga mos tarzda yozilgan b o iib , unda tibbiy 
faoliyatning turli huquqiy jihatlariga doir dasturda keltirilgan 
masalalar yoritilgan.



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin