Respublikasining Qonuniga muvofiq o‘lim faktini qayd etish tartibi
0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan
belgilanadi (40-modda). Chet davlatlar tajribasi ushbu tartib (qoida,
yo‘riqnoma) asosan anesteziolog-reanimatolog va nevropatologlar
tomonidan ishlab chiqilishi lozimligidan dalolat beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
1992 yil 21 oktyabrdagi 551 - son buyrug‘i bilan tasdiqlangan
“Murdalar sud-tibbiy ekspertizasi qoidalari”ga muvofiq (11 ilova, 1.
13 band) murdaning sud-tibbiy ekspertizasi ilk murda o‘zgarishlari
vujudga kelgandan so‘ng (murdaning sovushi, murda dog‘i, murda
qotishi) boshlanishi mumkin. 0 ‘limdan so‘ng transplantatsiya
uchun a ’zo va to ‘qimalami imkon darajasida qisqa muddatlarda
olish lozimligini inobatga olib, qoidalar 0 ‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘lim
fakti qayd etilib, mos tarzdagi hujjat rasmiylashtirilgan holatda
yuqorida qayd etilgan o ‘zgarishlar rivojlanishini kutmasdan murda
tekshiruvini boshlashga imkon beradi. Ushbu hujjatning bir nusxasi
ekspertiza tayinlangan sud-tibiy ekspertga topshiriladi, va sud-
tibbiy ekspertiza muassasi arxivida xulosa nusxasi bilan birgalikda
saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: