Nazorat savollari:
1. Nima uchun 0 ‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash
tizimini isloh etish zaruriyati vujudga keldi?
2. Qishloq vrachlik punktlarini tashkil etish, umumiy
amaliyot shifokorlari tamoyillariga o ‘tish ilk bor qaysi me'yoriy
hujjatda qayd etilgan?
3. 0 ‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini isloh etishning
asosiy tamoyillarini sanab о‘ting.
4. 0 ‘zbekistonda sogMiqni saqlash tizimini isloh etishning
asosiy vazifalari nimadan iborat?
5. “0 ‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini
isloh etish Davlat dasturi” bo‘yicha islohotning asosiy yo‘nalishlari
qanday?
6. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini isloh etishning
asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
7. Uzluksiz tibbiy ta’lim kontseptsiyasining m ohiyati.
8.
Aholiga
malakali
tibbiy
yordam
ko‘rsatishda
ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining o‘mi va
ahamiyati.
9. 2007 yil 19 sentyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini
isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat
dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonida sog‘liqni saqlash
muassasalari tashkiliy tizimini qanday tarzda takomillashtirish
ko‘zda tutilgan?
10. Mazkur Farmon bo‘yicha tuman (shahar) tibbiyot
birlashmalarining asosiy vazifalari qanday?
IV Bob. BIOETIKA MUAMMOLARI
Axloq ijtimoiy ong shakli sifatida jamiyatda insonlaming
o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. Tarixan insonlarning
birgalikdagi hayoti va faoliyati jarayonida ma’naviyat deb
ataladigan va ulaming xulqini tartibga soladigan m a’lum bir odat,
qoida va me’yorlar majmuasi vujudga kelgan. “Etika” atamasi ilk
bor Aristotel tomonidan taklif etilgan bo‘lib, u xulq ma’naviyati
falsafasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan me’yorlami, ya’ni axloq
nazariyasini anglatadi (A. A. Grando).
Huquq va etika bilim va amaliyotning ikki mustaqil sohasini
tashkil etadi. Bunda huquq ma’naviyatning eng quyi chegarasi va
ma’lum ma’nodagi minimumi hisoblanib, uning talablariga rioya
etishda bilvosita yoki bevosita majburlashga imkon beriladi. Shu
bilan birga etika, ma’naviyat talablari ulami ixtiyoriy, mustqil
tarzda ijro etishni nazarda tutadi.
Ma’lum bir turdagi kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish axloq
me’yorlarida o‘ziga xos xususiyatlarni vujudga kelishiga sabab
bo‘ladi. Tibbiy xodimlaming etikasi birinchi navbatda insonlar
sog‘lig‘i va hayotini saqlash maqsadiga yo‘naltirilgan.
Tibbiy etika - tibbiy xodimlar faoliyatining o‘ziga xosligi
va jamiyatdagi o‘rni bilan belgilanadigan axloq me’yorlari va
tamoyillari majmuasidir (Yu. D. Sergeev, 1988). U shuningdek,
tibbiy faoliyatni tartibga soluvchi axloq me’yorlari va mezonlaridan
tashkil topgan kasbiy tibbiy xulq sifatida ham e ’tirof etiladi.
Shartli ravishda tibbiy etikani quyidagi tarixiy modellarini
farqlash mumkin:
- Gippokrat modeli (eramizgacha 460-3 77yy. ). Mazkur
modelning asosiy mazmuni “Qasamyod”da bayon etilgan. Ushbu
model patemalizmga (lotinchadan pater - ota) asoslangan, asosiy
tamoyili - “ziyon etkazma”.
- Paratselbs modeli (1493-1541yy. ). Bu model o‘rta
asrlarda shakllangan bo‘lib, uning tamoyillari aynan Paratselbs
tomonidan nisbatan aniqroq bayon etilgan. Vrach tomonidan
bemoming ishonchini qozonishga m o‘ljallangan oldingi modeldan
farqli ravishda, bunda patemalizmga vrach va bemor o‘rtasidagi
munosabatning shakli sifatida alohida ahamiyat beriladi. Ya’ni,
vrachga xuddi ota, ruhiy ustoz sifatida, bemorga esa -belgilangan
davolash tadbirlarini so‘zsiz bajaradigan farzand, tolib sifatida
qaraladi. Ushbu modelga ko‘ra bemor va vrach munosabatlari o ‘z
mohiyati bo‘yicha - vrachning muruwati natijasidir. Binobarin,
modelning asosiy tamoyili ham - “ezgulik, muruvvat qil”.
- Deontologik model. Deontologiya atamasi (deon. (grech.)
- burch) ingliz faylasufi I. Bentam (1748-1832yy.) tomonidan
kiritilgan bo‘lib, burch haqidagi ta ’limni anglatadi. Asosiy holatlar
uning “Deontologiya yoki axloq haqidagi ta’lim” kitobida bayon
etilgan (1831y. ). Ushbu model utilitarizm ta’limotiga asoslangan
bo‘lib, asosiy tamoyillari - “burchga sodiqlik”, “foyda keltirish”.
Ta’kidlash lozimki, deontologiya axloqiy burch haqidagi
ta’lim sifatida etikaning tarkibiy qismini tashkil etadi va vrach
etikasini tibbiy faoliyatning u yoki bu vaziyatidagi ma’lum bir
ko‘rinishi, ya’ni kasbiy axloqning amaldagi namoyishi hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan barcha uch model patemalizmga
va antropotsentrizm ta’limotiga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra
odam oliy tirik mavjudot sifatida tabiatning barcha tirik va o ‘lik
obyektlaridan foydalanish huquqiga ega. Mos tarzda ulaming
asosiy tamoyillari tibbiy xodimlaming majburiyatlaridan tashkil
topgan. Xususan, barcha muhtojlarga yordam berish, shifokor
sirini saqlash, bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, ziyon
etkazmaslik, qiynash, shafqatsiz ko‘rinishdagi yoki inson qadr-
qimmatini tahqirlovchi harakatlarda ishtirok etmaslik va sh. k.
- bioetika modeli. “Bioetika” atamasi 1970 yilda amerikalik
olim V. R. Potter (191 l-2001yy.) tomonidan taklif etilgan. Bioetika
bo‘yicha tashkil etilgan Strasburg simpoziumi (1990y.) ta’rifiga
ko‘ra, bioetika - tibbiyot vabiologiy a fanlari rivojlanishi jarayonida
vujudga keladigan axloqiy, huquqiy, ijtimoiy muammolami
o‘rganadigan bilim sohasidir. Amaliy etikaning bir qismi sifatida
bioetika sohalararo fan bo‘lib, asosiy maqsadi tibbiyot va biologiya
fanlari yutuqlarini tadbiq etish jarayonida yuzaga kelishi mumkin
boMgan salbiy oqibatlardan insonlar hayoti va sog‘lig‘ini himoya
qilishdir.
V. R. Potter o ‘zining “Bioetika-kelajakka yo‘l” (1971 y.)
kitobida tibbiy-biologik va gumanitar fanlar orasida erda hayotni
saqlash,
ilmiy-texnikaviy
taraqqiyot
oqibatlarini
inobatga
olish masalalarida mavjud muammolarni bartaraf etish uchun
muloqotlami davom ettirish imkonini beradigan bioetika haqidagi
zamonaviy tasaw ur asoslarini bayon etgan. Uning fikricha
bioetikaning asosiy g ‘oyasi umuminsoniy qadriyatlami tibbiy-
biologik dalillar bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqishdan iborat. Zero,
inson tirik tabiatning ajralmas qismi va bu taraqqiyotning tsivilizatsiya
bosqichida insoniyatni tur sifatida uzoq muddat yashab qolishi imkonini
beradigan asosiy omildir.
A. Shveytseming 1924 yilda chop etilgan “Madaniyat va etika”
nomli kitobi bioetikaning vujudga kelishida dastlabki bosqich sifatida
muhim ahamiyat kasb etgan. Ushbu kitobda u universal etika g‘oyasini
asoslab, uning mohiyatini “hayotni e’zozlash”, ya’ni barcha mavjudot
-flora va faunaga ma’naviy munosabatda bo‘lishtamoyili tashkil etadi.
A. Shveytser fikricha, ushbu munosabat keng qamrovli, universal va
chegarasiz bo‘lishi lozim. Ilk marotaba universal etikada biotsentrizm
ta’limoti e’lon qilingan bo‘lib, uning falsafiy asosini zo‘rlik ishlatmaslik
strategiyasi, barcha mavjudotga ziyon etkazmaslik tamoyili - aximsa
tashkil etadi. Aximsa yoglaming asosiy etik tamoyillaridan bin boiib,
quyidagicha ta’riflanadi: tirik jonzotlarga so‘z, fikr, his va ong osti
impulbslari bilan zarar etkazma. U Avestoda uch birlik sifatida namoyon
b o ig a n - ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu ish ko‘rinishidagi qadimiy axloqiy
tamoyillarga o‘xshashdir (Z. M. Muxamedova, 2004).
Bioetika antropotsentrik yo‘nalishdan voz kechib, biotsentrizm
tamoyillari asosida barcha tirik mavjudotga hurmat va insoniy
munosabatda bo‘lish zaruriyatini e’lon qilish orqali ma’naviyatni
tarbiyalash, madaniyat va dunyoqarashni shakllanishiga xizmat qiladi.
Fundamental tibbiy-biologik fanlami tezkor rivojlanishi,
yangi biotibbiy texnologiyalarning kashf etilishi ma’lum bir muhim
vazifalami hal etish bilan bir qatorda, tibbiy etika doirasidan chetga
chiqadigan o‘ta ahannyatli boshqa yangi muammolami yuzaga
kelishigi sabab bo‘ldi. Masalan, genetikaning muvaffaqiyatlari,
odam genomining ochilishi nafaqat ayrim to‘qimani, balki butun bir
organizmni klonlash imkoniyatini yuzaga keltirdi. Transplantologiya
sohasidagi muvoffaqiyatlar o‘z navbatida odam va murda donorligi
masalasida qator yangi muammolami vujudga keltirdi. Sun’iy
urugMantirish, surrogat onalikdan foydalanish keng tarqalmoqda.
Zamonaviy reanimatologiya oldin umidsiz hisoblangan bemorlami
hayotga qaytarmoqda. Jinsni o‘zgartirish borasida jarrohlik amaliyoti
masalalari hal etildi va shu kabilar.
So‘nggi holatlar o‘z navbatida yangi savollami vujudga
keltirmoqda:
- odamni klonlash mumkinmi?
- o ‘lim faktini qachon yuz bergan deb hisoblash lozim?
- qanday vaziyatda homilani tirik tug‘ilgan deb hisoblash
mumkin?
- umidsiz bemorlarga necha marta reanimatsiya tadbirlarini
o‘tkazish lozim?
- evtanaziya mumkinmi?
- hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan bemorlarga tibbiy
yordam ko‘rsatish kerakmi?
Zamonaviy fan yutuqlariga nisbatan “ijtimoiy sezgirlik”ning
ortishi, tekshiruv natijalarining ijtimoiy ambivalentligi (ham
ezgulik va ham yovuzlik maqsadlarida foydalanish imkoniyati)
muammoga o‘ta dolzarblik tusini beradi va bu o‘z navbatida
tadqiqotlami olib borish va natijalami amaliyotga tadbiq etish
bosqichlarida mos tarzdagi nazorat va boshqaruvni talab etadi (M.
S. Abdullaxo‘jaeva, 2007)
1947 yilda Nyumberg tribunali natsist jinoyatchilariga
nisbatan
hukmni
e ’lon
qilgan.
Sudlanuvchilar
orasida
kontslagerlarda saqlangan harbiy tutqunlarda turli xil noinsoniy
tibbiy tajribalar o‘tkazgan 23 ta nemis tibbiyotchi olimlari ham
bo‘lgan. Ular tomonidan inson a’zolariga turli xil yuqumli
kasallik qo‘zg‘atuvchilari, zaharli-moddalar, o ‘ta past haroratning
ta’siri, tez, arzon sterilizatsiya usullari, suyak, mushak, asab
to‘qimalarining
regeneratsiya
imkoniyatlari
o‘rganilgan,
shuningdek suyakni ko‘chirib o ‘tkazish amaliyotlari bajarilgan.
Natsist vrachlar tomonidan sodir etilgan yovuzliklar sud hukmiga
“Yo‘l qo‘yiladigan tibbiy tajribalar” nomli maxsus boMimning
kiritilishiga sabab bo‘lgan. Ushbu bo‘lim keyinchalik mustaqil
ko‘rinish oldi va “Nyumberg kodeksi” nomi bilan mashhur bo‘ldi.
U odamlarda tibbiy tajribalar o‘tkazish tartibini belgilovchi ilk
xalqaro hujjat sifatida e’tirof etiladi. Ushbu hujjatda birinchi
marta alohida olingan bir insonning manfaatlari jamiyat va fan
manfaatlaridan ustun ekanligi e ’tirof qilingan.
“Nyumberg kodeksi” o‘n banddan iborat bo‘lib, ulaming
birinchisida tibbiy va boshqa tajribalami o ‘tkazishda tajriba
o‘tkazilayotgan shaxsning ixtiyoriy roziligi mutlaq ko‘rinishdagi
asosiy shartlardan biri ekanligi ta’kidlangan. Kodeksda xavf va
zarami minimal daraj agacha kamaytirish, xavf va foydani mutanosib
tarzda taqsimlash zaruriyati, vrachlaming yuqori malakaga ega
bo‘lishi, shuningdek sinovlarga olingan shaxsni istagan vaqtda
tajribalardan voz kechish imkoniyati mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan.
0 ‘tgan asming ikkinchi yarmidan boshlab farmatsevtika
sanoatining
tez
suratlarda rivojlanishi
ham
bioetikaning
shakllanishiga turtki bo‘ldi. 1966 yil Germaniyada yuz bergan
talidamid fojeasidan so‘ng, ya’ni uxlatuvchi vosita sifatida
talidamid qabul qilgan homilador ayollardan 20 mingga yaqin
bolaning nuqsonlar bilan (oyoq-qo‘lsiz) tug‘ilishi, ilmiy tadqiqotlar
va klinik amaliyot o‘rtasidagi aloqalami tubdan o ‘zgartirib yubordi.
Biotibbiy tadqiqotlarning maqsadi sifatida endilikda nafaqat
samarali dori-darmonlar va tibbiy buyumlami ishlab chiqarish,
balki ulaming noxush oqibatlarini oldini olish ham inobatga olindi.
So‘nggi holat esa ko‘proq vaqt va mablag‘ talab etadi. Dori-
darmonlaming noxush oqibatlarini oldini olish (ya’ni, ulardan
foydalanishda xavfsizlikka erishish) fannatsevtika bioetikasi
predmetini tashkil etib, u o‘z navbatida klinik tajribalar o‘tkazishda,
dori-darmonlami ro‘yxatdan o ‘tkazish, ishlab chiqarish va sotishda
vujudga keladigan axloqiy, huquqiy, ijtimoiy, ekologik va yuridik
muammolami o ‘rganadi (D. A. Asadov va boshq., 2005).
1972 yil AQSHda ilm ahlini larzga keltirgan 1932-1972 у illar
oralig‘ida 400ta erkakda zaxmning latent shaklini tabiiy tarzda
kechishini o ‘rganish bo‘yicha o ‘tkazilgan tekshiruv natijalari chop
etilgan. Binobarin, kam ta’minlangan aholiga taalluqli bo‘lgan
bemorlarga imkoniyat bo‘lgan holatda lozim bo‘lgan davolash
chora-tadbirlari o‘tkazilmagan. Natijada 1974 yil AQSHda maxsus
komissiya tashkil etilib, uning ish yakunida Belsmontning “Ilmiy
tadqiqotlar obyekti bo‘lgan odamlami himoya qilish bo‘yicha etik
tamoyillar va qo‘llanmalar” (1978) hisoboti tuzildi. Ushbu hujjatda
tekshiruvlar, ya’ni tajriba va amaliyotning farqli xususiyatlari,
shuningdek etikaning shaxsga hurmat, foyda va haqqoniylik kabi
uchta muhim tamoyillari shakllantirilgan.
1964 yil Xalqaro tibbiy assotsiatsiya Xelsinki deklaratsiyasini
qabul qildi, unda vrachlar va boshqa mutaxassislar uchun ilmiy
tadqiqotlar o ‘tkazishda foydalanadigan qo‘llanmaning asosiy
tamoyillari bayon etilgan. Ushbu deklaratsiya doimo yangi
m a’lumotlar bilan to ‘ldirib boriladi. Jumladan, Xelbsinkida 2000
yil qayta chop etilgan deklaratsiya nashrida quyidagi tamoyillar
keltirilgan:
- tekshiruv ishtirokchisining yoki u muomalaga layoqatsiz
bo‘lsa, uning vakilining ixtiyoriy va m a’lumotli tarzda roziligi;
- tadqiqotchining tekshiriluvchi hayoti va sog‘lig‘i uchun
javobgarligi;
- tadqiqotchining yuqori malakali bo'lishi;
- bemomi shaxs sifatidagi huquqlarining himoya qilinishi;
- tekshiriluvchining tadqiqotlami istagan vaqtda tark etish
huquqi;
- tadqiqotlar bayonnomasini etika bo‘yicha qo'mitaga ko‘rib
chiqish, tavsiyalar berish va klinik sinovlar ustidan monitoring
o ‘tkazishi uchun taqdim etish.
Yangi tibbiy preparatlar va buyumlaming sifati, xavfsizligi
va samaradorligining ahamiyatli ekanligini inobatga olib, 1990
yil yirik farmatsevtika kompaniyalari vakillari tomonidan tashkil
etilgan garmonizatsiya bo‘yicha Xalqaro konferentsiya (ICH)
yangi dori-darmonlami ishlab chiqish, nazorat qilish va bozorga
olib chiqish jarayonlarini standartlashtirish masalalarini ко‘rib
chiqdi. Keyinroq ICHning lozim darajadagi klinik amaliyot
(Good Clinical Practice - GCP) qoidalari bo‘yicha direktivalari
tayyorlandi. Ular “Odamlar ishtirokida o‘tkaziladigan sinovlarni
ishlab chiqish, o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazish va xabar qilish
bo‘yicha xalqaro etika va ilmiy sifat standartlari” hisoblanadi. GCP
bo‘yicha direktivalar klinik sinovlar o ‘tkazish bo‘yicha standart
sifatida aksariyat farmatsevtika preparatlari va tibbiy buyumlar
ishlab chiqaruvchilar tomonidan qabul qilingan.
Tibbiy-biologik fanlaming tezkor suratlarda rivojlanishi
va ulaming natijalarini amaliyotda qo‘llashda salbiy oqibatlar
xavfming ortishi, o ‘tgan asrning 80 yillari oxirida Evropa Ittifoqi
tomonidan mos tarzdagi umumevropa hujjatini ishlab chiqishga
sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng 1993 yilda Evropa Ittifoqi Bosh
assambleyasi “Tibbiyot va biologiya yutuqlaridan foydalanish
munosabati bilan inson qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilish
Konventsiyasi”ni qabul qildi.
Hozirgi vaqtda totalitarizm va zo‘ravonliklaming (insonlarda
tajriba o‘tkazish, a’zo va to‘qimalar bilan amaliyotlar o‘tkazish)
yangi shakllarini tashkil topishi, insonlami moddiy holati, ijtimoiy
mavqei bo‘yicha tabaqalanish natijasida insonlararo munosabatlarda
insoniylikning yo‘qolishi, tibbiyotning tijoratga aylanishi, nasi
qoldirish bo‘yicha tabiiy qobiliyatning susayishi, oila institutining
inqirozi, erkak va ayol oppozitsiyasining fundamental tabiiy
ko‘rinishining buzilishi, mikroorganizmlar ustida olib borilgan
sinovlar oqibati sifatida yangi kasalliklaming vujudga kelishi
insoniyat uchun jiddiy xavfni yuzaga keltirdi. Bunday vaziyatda
ilmiy-texnika, jumladan tibbiy-biologik fanlar yutuqlaridan nojo‘ya
maqsadlarda foydalanishga qaratilgan harakatlami oldini olish
imkonini beradigan xalqaro bioetika qo‘mitalarini tuzish zaruriyati
yaqqol namoyon bo‘ladi. Turli xil ma’naviy-tibbiy va axloqiy
dunyoqarashlaming mavjudligini e ’tirof etgan holda, Butun jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti va Butun jahon tibbiy assotsiatsiyasi
xalqaro tibbiy-etika kodekslari va kelishuvlari yordamida
ushbu hamkorlikda yashash munosabatlarini boshqarib turadi
(D. A. Asadov, Z. M. Muxamedova, 2005).
Dostları ilə paylaş: |